Xaim Lvovich Smolitskiy (1912-yil 6-noyabr, Fargʻona – 2003-yil 23-iyun, Sankt-Peterburg) – sovet va rus matematigi, fizika-matematika fanlari doktori, differensial va integral tenglamalar boʻyicha mutaxassis.

Xaim Smolitskiy
ruscha: Хаим Львович Смолицкий
Tavalludi 1912-yil 5-noyabr
Fargʻona, Rossiya imperiyasi
Vafoti 2003-yil 23-iyun
Sankt-Peterburg, Rossiya
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi Sovet Ittifoqi
Rossiya Rossiya
Taʼlimi Sankt-Peterburg davlat universiteti fizika-matematika fakulteti
Ilmiy darajasi fizika-matematika fanlari doktori

Biografiyasi

tahrir

Yoshligi

tahrir

Xaim Smolitskiy Fargʻonadagi kambagʻal farmatsevt Lev Iosifovich Smolitskiy oilasida tavallud topgan. 1936-yilda Leningrad davlat universitetining matematika-mexanika fakultetini tamomlagan va oʻsha universitetda aspiranturada oʻqishini davom ettirish uchun qolgan. Dissertatsiyani yozish bilan bir vaqtning oʻzida Leningrad kino muhandislari instituti Oliy matematika kafedrasida assistent boʻlib ishlagan. 1940-yilda matematika fanlari boʻyicha professor Nikolay Maksimovich Gyunter rahbarligida fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Qurolli Kuchlardagi xizmati

tahrir

Smolitskiy 1940-yil oktyabr oyida F. E. Dzerjinskiy nomidagi Oliy dengiz muhandislik maktabida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritgan. Oʻshandan uning butun hayoti Qurolli Kuchlar bilan chambarchas bogʻliq boʻlib kelgan.

1941-yil sentyabr oyidan 1944-yil iyun oyigacha Smolitskiy Leningrad va boshqa shaharlarning zenit batareyasi vzvod komandiri sifatida janglarda ishtirok etgan va bir necha bor koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun mukofotlar bilan taqdirlangan.

1944-yil urush oxirida aviatsiya boʻyicha malakasini oshirgan. Qizil Armiyaning Leningrad Harbiy-havo kuchlari akademiyasining matematika kafedrasi oʻqituvchisi etib tayinlangan.

Ilmiy faoliyati

tahrir

Xaim Smolitskiy 1948-yildan Smolitskiy matematika institutining Leningrad filiali doirasida atom loyihasi boʻyicha maxfiy guruhda ishtirok etgan[1] (akademik L. V. Kantorovich). Guruh birinchi va ikkinchi atom bombalari uchun turli yadroviy zaryadlarning kritik massalarini hisoblash bilan shugʻullangan[2]. Guruhdan Smolitskiydan tashqari N. M. Terentiyev, V. S. Vladimirov, V. N. Kublanovka, G. Y. Nikolayev va boshqalar oʻrin olgan.

1950-yilda fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Uning ushbu dissertatsiyani himoya qilishdagi ilmiy raqiblaridan biri akademik V. I. Smirnov boʻlgan. 1951-yilda Smolitskiy professor darajasini olishga muvaffaq boʻlgan.

1958-yilda A. F. Mojayskiy nomidagi Leningrad Qizil Bayroq ordeni havo kuchlari muhandislik akademiyasida avtomatik boshqaruv nazariyasi sohasidagi atoqli olim E. P. Popov tashabbusi bilan mamlakat harbiy universitetlarida ilk kompyuter kafedralaridan biri tashkil etilgan boʻlib, u yerga katta oʻqituvchi lavozimiga oʻsha paytda differensial va integral hisoblash sohasidagi taniqli olim Smolitskiy taklif qilinadi va ularga „Hisoblash matematikasi“, „Matematikaning maxsus boblari“, „Ehtimollar nazariyasi“ va boshqa kurslar beriladi.

1972-yilda Smolitskiy elektron hisoblash texnikasi kafedrasidan ajralib chiqqan kompyuter dasturlari boʻlimiga oʻtadi. 1976-yilda matematika kafedrasiga qaytib keladi va u yerda 1992-yilgacha (80 yoshigacha) dars beradi.

Qiziqarli faktlar

tahrir

Smolitskiy hayotining muhim qismi armiya bilan bogʻliq boʻlishiga qaramay, u yerdagi faoliyati davomida aslida hech qachon askarlar oldida oʻzini qoʻmondonlardek tutmagan. Urush yillarida zenit batareyasining vzvodiga qanday qoʻmondonlik qilganligi haqida soʻrashganida, u: „Men buyruq bermadim, men soʻradim“ deya javob bergan. Smolitskiy olijanob inson boʻlganligi uchun ham hamkasblari juda hurmat qilishgan va u bilan iliq munosabatda boʻlishgan.

1962-yilda Smolitskiy tavalludining 50 yilligi mamlakat boʻylab keng nishonlanadi. Ushbu yubileyda S. M. Lozinskiy Smolitskiyga shunday taʼrif beradi: „Xaim Lvovich – ajoyib mutaxassis, ilm-fanni chuqur egallagan inson, ammo shunga qaramay, hayratlanarli darajada kamtarin odam. Agar u qaysidir soha bilan biroz tanishman desa, demak, u bu masalani juda puxta biladi va tushunadi. Agar u ozmi-koʻpmi nimanidir tushunganini aytsa, demak, bu Xaim Lvovichning ushbu masalani toʻlaqonli tushunib yetganini anglatadi va siz bu borada savollaringizga javob olish undan boshqasiga murojaat qilishingizga hojat qolmaydi. Xaim Lvovich hech qachon „Men buni yaxshi tushundim“ degan soʻzni aytmagan“.

Harbiy xizmat yillarida Smolitskiy boʻlimning eng yaxshi oʻq otuvchilaridan biri hisoblangan, u, shuningdek, suzish va changʻi sporti bilan ham shugʻullangan.

Xaim Smolitskiy umrining oxirigacha yangi bilimlarni egallashga harakat qiladi, matematik muammolarni hal qilishga urinadi. 85 yoshida shaxsiy kompyuter sotib oladi va Paskal tilida dasturlashni oʻzlashtiradi. 90 yoshida esa obyektga yoʻnaltirilgan dasturlashga qiziqib qoladi va uni oʻrganishga muvaffaq boʻladi.

Vafoti

tahrir

Xaim Lvovich Smolitskiy 2003-yil 23-iyunda Sankt-Peterburgda vafot etgan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir