Xakan
(Xakan QFYdan yoʻnaltirildi)
Xakan qishlogʻi — Andijon shahridan janubda joylashgan qadimgi qishloq[1]. Xakan soʻzi aslida „Xoqon“ soʻzining xalq tomonidan buzib aytilishidir. Milodiy V asrda Turk xoqonligi tashkil topganida Fargʻona vodiysi ushbu xoqonlik tarkibidagi bir hokimlik boʻlgan. Andijon shahri tarixini oʻrganish maqsadida olib borilgan tekshirishlar natijalari shuni koʻrsatadiki, Turk xoqonligiga qarashli boʻlgan Fargʻona hokimligining markazi hozirgi Xakan qishlogʻida joylashganligini aytib oʻtishgan. Shuningdek Bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur ham oʻzining Boburnoma asarida Andijonning „Xakan darvozasi“ va Xakan arigʻi haqida yozib qoldirgan.
Xakan Xoqon | |
---|---|
qishloq | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Telefon kodi | +998 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Andijon viloyati“. adliya.uz. 2023-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.