Xalifa Hasan madrasasi — Samarqand madrasasi. Xalifa Hasan madrasasi Samarqandda joylashgan boʻlib, Buxoro amirligi davrida Amir Nasrulloxon davrida 13 hujradan iborat boʻlgan. Mazkur madrasada 1 nafar mudarris, 1 farrosh, 1 meshkobchi faoliyat yuritgan. Xalifa Hasan madrasasi vaqf mulki mavjud boʻlib, mutavvali tomonidan boshqarilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Mazkur madrasada 26 nafar talaba tahsil olgan. N. P. Ostroumovning 1914-yilgi hisobotiga koʻra madrasa 1275-yili (1858—1859) yilda bunyod etilgan boʻlib, 1 nafar mudarris 22 talabaga dars berilgan va 11 hujradan iborat ekanligini yozgan[1]. Komiljon Kattayev tadqiqotlariga koʻra madrasa XIX asrda Xalifa Muhammad Hasan tomonidan Soʻfi Roziq guzarida 12 hujrali boʻlib, hijriy 1276-yili (1859—1860) qilib bunyod etilgan. Mazkur madrasaning vaqf hujjatlari mavjud. Vaqf hujjatiga koʻra Xalifa Hasan muhri bosilgan va hujjat hijriy 1255-yil (1839—1840) tasdiqlangan. Mazkur madrasa uchun Xalifa Hasan Samarqandda qurilgan madrasa uchun Siyob volosti, Bogʻibaland oqsoqolligiga qarashli Choʻpon Ota mavzesida 35 tanob yerini vaqf qilgan. Mazkur vaqf mulkidan yiliga 21 rubl mablagʻ olingan. 1882, 1883, 1884-yillarda madrasaga mulla Abdurashidxoja mutavvali boʻlgan. Bundan tashqari madrasaning 1885—1890-yillarga oid vaqf hujjatlari ham mavjud. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan[2].

Madrasa
Xalifa Hasan madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Xalifa Muhammad Hasan
Homiylar Xalifa Muhammad Hasan
Binokorlik 1858—1859-yillar—???
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 13 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Meʼmorchiligi

tahrir

Xalifa Hasan madrasasi 13 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.

Manbalar

tahrir
  1. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520-bet.