Xalimov Alimjon
Xalimov Alimjon (1912-yil 30-may, Buxoro – 1984-yil 12-iyun) – oʻzbek-sovet kompozitori, dirijyor, musiqa oʻqituvchisi. Qoraqalpogʻiston ASSRda xizmat koʻrsatgan artist. Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1957-yil). Qoraqalpogʻiston ASSR xalq artisti. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston ASSR davlat mukofoti laureati (1967-yil)[1].
Xalimov Alimjon | |
---|---|
Tavalludi |
1912-yil 30-may Buxoro,
Buxoro amirligi |
Vafoti |
1984-yil 12-iyun Buxoro |
Fuqaroligi | o'zbek |
Kasbi | kompozitor, drijyor, musiqa muallimi |
Hayoti
tahrirTaniqli xalq xonandasi domla Halim Ibodovning oʻgʻli. 1933-yilda Samarqand musiqa va xoreografiya institutini, 1958-yilda Toshkent konservatoriyasini tamomlagan. G. A. Mushel shogirdi. 1933-yilda Toshkent teatrida gʻijjakchi boʻlib ishlagan.
1934—1941-yillarda u Moskva konservatoriyasi qoshidagi milliy opera studiyasining dirijyorlik va xor fakultetida tahsil olgan va bir vaqtning oʻzida professor G. I. Litinskiy sinfida kompozitsiyani oʻrgangan.
1941—1968-yillarda Toshkent, Fargʻona, Nukus teatrlarida dirijyor, musiqa ustozi, ayni paytda Nukus musiqa-xoreografiya bilim yurtida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
1967—1977-yillarda – Oʻzbekiston SSR Bastakorlar uyushmasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi boʻlib ishlagan.
U 150 ga yaqin qoraqalpoq xalq qoʻshiq va kuylarini toʻplagan va yozib olgan, ularning koʻpchiligi „Oʻzbek xalq musiqasi“ (1959-yil) nashrining 8-jildiga kiritilgan[2].
Musiqiy asarlari
tahrirUning 40 dan ortiq musiqali drama va komediyalar barchasi Nukusda sahnalashtirilgan.
Suymegenge suykenbe (1945-yil; 1956-yil 2-nashr), Aral qizi (1947-yil), Amudaryo (1948-yil), Berdaq (1950-yil; 1958-yil 2-nashr), Behzod fojeasi (1952-yil), Jaylovda toʻy (1953-yil), Dos julekler (1966-yil), Axmaq podsho (1968-yil).
Solistlar, xor va orkestr uchun:
Qoraqalpogʻistondan kantata (1958-yil), Partiya haqida (1959-yil)[3], „Qirq qiz“ vokal-simfonik poemasi (1958-yil).
Simfonik orkestr uchun siutalardilya, oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri uchun asarlar,
Qoraqalpoq va oʻzbek shoirlari matnlari asosida yaratilgan qoʻshiqlari:
„Nukusdan salom“
„Mening respublikam“
„Odamlar baxti“
Drama teatri tomoshalari uchun musiqalar bastalagan[3].