Xanlar Ahmedov
Xanlar Ahmed oʻgʻli Ahmedov (ozarbayjoncha: Xanlar Əhməd oğlu Əhmədov; 1946-yili Bokuda tug‘ilgan) — ozarbayjonlik haykaltarosh, Ozarbayjon Respublikasi xalq rassomi (2006-yilda), Ozarbayjon Davlat madaniyat va sanʼat universiteti dotsenti.
Xanlar Ahmedov | |
Haqiqiy ismi | 1946-yil 12-iyun (76 yosh) Boku, Ozarbayjon SSR |
Tavalludi | |
Millati | SSSR Ozarbayjon |
Biografiyasi
tahrirXonlar Ahmed oʻgʻli Ahmedov 1946-yil 12-iyunda Boku shahrida tugʻilgan. A.Azimzoda nomidagi Ozarbayjon davlat rassomchilik texnikumini va Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan[1].
1975-yilda SSSR Rassomlar uyushmasiga aʼzo bo‘lgan. Shuningdek, Ozarbayjon Rassomlar uyushmasi aʼzosi ham hisoblangan. Ahmedovning monumental asarlari orasida Xo‘jayli qirg‘iniga bag‘ishlangan turkum, „Bolali ona“, „Ota faryodi“, „Tomris ona“, „Layli va Majnun“ kompozitsiyalari, „Ozodlik prospekti bekati“ nomli metrodagi relyef va tarixiy asarlari mavjud[1].
1984-yilda Shushada Ahmedov Namig Dadashov bilan birgalikda ozarbayjon bastakori Uzeyir Gadjibekov va opera xonandasi Bul-Bulning bronza byustlari oʻrnatilgan[1].
2021-yil sentabr oyida Boku shahrining Sabail tumani hududidagi „Icherisheher“ metro bekati oldida Xonlar Ahmedov[2]. tomonidan bokulik millioner va xayriyachi Hoji Zeynalabdin Tagiyevga haykal qo‘yilgan. Yodgorlikning ochilishi 2022-yil 18-yanvar kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan[3].
A.Ahmedov asarlari Fransiya, Germaniya, Eron, Polsha, Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda namoyish etilgan. Ayrimlari muzey va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi[1].
Xanlar Ahmedov — Ozarbayjon davlat madaniyat va sanʼat universiteti dotsenti hisoblanadi[1].
2002-yilda Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyevning farmoni bilan Xanlar Ahmedovga Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni[4], 2006-yilda esa Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan Ozarbayjon xalq artisti unvoni berilgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Ханлар Ахмедов и Намиг Дадашов рассказали о создании бюстов, возвращенных в Шушу: Перед домом Бюльбюля был еще памятник юному вокалисту“. trend.az. 2022-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
- ↑ „В центре Баку установлен памятник меценату и просветителю Гаджи Зейналабдину Тагиеву“. 2022-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
- ↑ „Президент Азербайджана открыл памятник Гаджи Зейналабдину Тагиеву“. 2022-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
- ↑ „Текст указа президента Азербайджана Гейдара Алиева от 30 мая 2002 года“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
- ↑ „Текст распоряжения президента Азербайджана Ильхама Алиева от 29 декабря 2006 года“. 2021-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.