Xaritagrafik tadqiqot usuli – voqea-hodisalarni bilish, ilmiy tahlil qilish va oldindan aytib berish uchun tayyor geografik xaritalardan foydalanish usuli. Xaritagrafik tadqiqot usuli ular quyidagilardan iborat: 1) xaritalarga qarab voqeahodisalarning joylashishi, aloqalari va dinamikasini bevosita koʻz bilan aniqlab tahlil qilish; 2) grafik tahlil – xaritalar asosida profillar va kesmalar chizish, blok diagrammalar, grafiklar va boshqa diagrammalar tuzish; 3) grafoanalitik ishlar – xaritada tasvirlangan obʼyektlarning koordinatalari, masofalari va balandligi, maydoni, hajmi, burchagi va boshqa xususiyatlarini xaritadan aniqlash; 4) bir xil voqea hodisalar (havo temperaturasi, aholi zichligi, hosildorlik va boshqalar)ni xaritalarga qarab tadqiq etishda koʻllaniladigan matematikstatistik tahlil; 5) xaritadan olingan dastlabki maʼlumotlar asosida voqea hodisalarni matematikxaritagrafik modellashtirish. Bular koʻpincha birgalikda ishlatiladi.

Yana qarang

tahrir