Khashuri (gruzincha: ხაშური  [cɑʃuɾi]) — Gruziyaning markaziy qismidagi shaharlardan biri boʻlib, Gruziyadagi 9-chi yirik aholi punkti hisoblanadi. Shuningdek bu shahar Khashuri munitsipalitetining maʼmuriy markazidir. U Shida Kartli tekisligida, Suramula daryosi boʻyida, dengiz sathidan 700 metr (2,300 fut) balandlikda joylashgan.

Khashuri birinchi marta 1693-yilgi hujjatlarda tilga olingan boʻlib. Zamonaviy Khashuri 1872-yilda Rossiyaning Buyuk Gertsogi , Kavkaz vitse-qiroli Mixail Nikolaevich sharafiga „Mixaylovo“ deb nomlangan oddiy temir yoʻl bekati sifatida tashkil etilgan. 1917-yilda u Khashuri deb oʻzgartirilgan. Shaharga birinchi marta 1921-yilda shahar maqomi berilgan. U 1928-yildan 1934-yilgacha Iosif Stalin sharafiga Stalinisi nomi bilan atalgan. XIX asrda etakchi Tbilisi-Poti magistral liniyasidan keyin Khashuri asta-sekin asosiy transport markaziga aylanadi. Avvalari temir va avtomobil yoʻllari faqat Borjomi va Akhaltsikhe tomon yoʻnalgan edi. 1921-yilga kelib katta shahar deb eʼlon qilingan. Shahar aholisi 26135 nafar (2014-yilgi maʼlumot). Shaharda temir yoʻl transporti, shisha idishlar ishlab chiqarish va oziq-ovqat sanoati korxonalari, taʼlim va madaniyat muassasalari (xalq teatri, oʻlkashunoslik muzeyi) ham bor. Shaharda 19-asrda qurilgan minoralar, Avliyo Ioann va Avliyo Dengiz cherkovlari saqlanib qolgan. Shuningdek shaharda Khasurida Urbnisi va Ruisi yeparxiyasi minbari va qarorgohi bor.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir