Xazinalar sayyorasi (inglizcha: Treasure Planet) 2002-yilda ekranlarga chiqarilgan ilmiy fantastika, sarguzasht va jangari janrlaridagi animatsion filmdir.[2] Walt Disney Pictures va Walt Disney Feature Animation studiyasi tomonidan ishlangan, Buena Vista Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Film gʻoyasi shotland yozuvchisi Robert Louis Stevensonning „Xazinalar oroli“ romaniga asoslangan. Film rejissorlari — John Musker va Ron Clements, ssenariy mualliflari — Ron Clements, John Musker va Rob Edwards. Filmda bosh qahramonlarga Joseph Gordon-Levitt, Brian Murray, Emma Thompson, David Hyde Pierce, Martin Short, Michael Wincott, Laurie Metcalf, Roscoe Lee Browne va Patrick McGoohan ovoz bergan.

Treasure Planet

Film posteri
Rejissyor(lar)
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Hikoya
Qaysi asarga
asoslangan
Xazinalar oroli
Robert Louis Stevenson
Rollarda
Bastakor(lar) James Newton Howard
Muharrir(lar) Michael Kelly
Studiya(lar) Walt Disney Pictures
Walt Disney Feature Animation
Distribyutor Buena Vista Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 27-noyabr, 2002-yil(2002-11-27)
Davomiyligi 95 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $140 million[1]
Daromadi $110 million[1]

Mazmuni tahrir

Film jasur qahramon boʻlib ulgʻayayotgan bolakay Jim Hawkins haqida hikoya qiladi. Bolakay yoshligida gʻayrioddiy hali hech kim topolmagan xazinalar va butun bir sayyorani topgan qaroqchi Flint haqida afsonalarni eshitgan. Jim vaqt oʻtgach afsonalarni unutadi va odatiy hayotini yashashni  davom etayotgan bir vaqtda u qulab tushgan qaroqchiga yordam beradi qaroqchi xazinani unga beradi va soʻngra bu xazinani maxluqlarga bermasligini aytadi va joni uziladi. Shundan soʻng u yana xazinalar sayyorasini izlashga kirishadi. Jimga ularning oilaviy doʻsti boʻlgan Delbert ham hamrohlik qiladi. Ammo xazina tomon borish doʻstlar tasavvur qilganchalik oson boʻlmasligini bilmas edi. Sayohat davomida Jim oshpazga yordamchi boʻladi. Oshpaz Jimga sayohat davomida turli xil saboqlar bera boshlaydi. Jim oshpazga oʻz orzusi insonlar qoyil qolishi haqida aytadi. Shu vaqtda kema silkinadi va ular tomon turli xil jismlar uchib kela boshlaydi shunda ular qora tuynuk tomon ketayotganini sezib qolishadi. Ular qora tuynukdan omon qolishadi. Biroq janob Mr. Arrow qora tuynuk ichida qolib ketadi. Shundan soʻng Brian Murray ning jamoasi qoʻzgʻolon boshlaydi ular kapitanning xonasiga yashirinib oladi ular esa eshikni buzib kirishadi. Xaritani olish uchun Jim va kapitanning orttidan borishadi shunda Devil Jim bilan hazillashib xaritani olib ketib qoladi. Jim Devilning ortidan boradi va xaritani olib kemadan ketadi. Yerga borgada aslida xarita aslida Devil boʻlib chiqadi. Bu vaqtda Kapitan yaralangan edi.

Ovoz berganlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Treasure Planet 2002“. Box Office Mojo (6-dekabr 2002-yil). 29-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2007-yil.
  2. „Treasure Planet“ (en-us). pluggedin. Qaraldi: 20-mart 2021-yil.

Havolalar tahrir