Ayiqmurut

noklar (Pyrus) turkumiga mansub turi
(Xirsmurutdan yoʻnaltirildi)

Ayiqmurut, xirsmurut (Pyrus regelii) – ra’nodoshlar oilasiga mansub past boʻyli daraxt. Oʻrta Osiyo (Fapbiy Tyanshan, Pomir-Oloy)da tarqalgan. Toshkent, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida oʻsadi. Ayiqmurut noqulay, suvsiz, toshloq sharoitda, quruq togʻ yon bagʻirlarida va hatto qoyalarning yoriqlarida ham uchraydi. Aprelda gullab, avgustning oxiri va sentabr boshlarida pishadi. Mevasi dumaloq, qattiq, diametri 2–3 sm. A.ning mevasi uzilib, 10–12 kun oʻtgach, yumshab shira tortganidan soʻng iste’mol qilinadi. Mevasining qaynatmasidan tomoq ogʻrigʻini davolash va yuqumli kasalliklarning oldini olishda foydalaniladi. Ayiqmurutdan payvandtag sifatida, yangi nok navlari yetishtirishda, quruqtuproqli janubiy togʻ yon bagʻirlarini oʻzlashtirishda va manzarali oʻsimlik sifatida foydalanish mumkin.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil