Xitoy astrologiyasi – xitoy madaniyatida qabul qilingan xronologik ketma-ketlikni belgilab, har bir oy yili 12 ta muqaddas hayvonlardan biriga bogʻlangan va bir vaqtning oʻzida 10 ta unsur shakllardan biri bilan belgilangan tizim. Muqaddas hayvonlar va ularga bogʻlangan unsurli shakllarning aylanma tartibi afsona orqali oʻrnatilgan tartibda davom etadi. Afsonaga koʻra, xitoy astrologiyasining paydo boʻlishi mifologik „Sariq imperator“ Xuan-di (miloddan avvalgi taxminan 2600-yillar) bilan bogʻliq. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, u Chjou sulolasi davrida (sulola Xitoyda taxminan 800 yil hukmronlik qilgan) asos solingan va Xan sulolasi davrida (miloddan avvalgi 206-yildan milodiy 207-yilgacha) rivojlangan. Aynan shu davrda anʼanaviy xitoy madaniyatining asosiy elementlari: Yin va Yang falsafasi, besh element nazariyasi va Konfutsiy taʼlimoti birlashtirilib: xitoy tibbiyoti, alkimyosi[1] va astrologiyasiga asos qilib olingan[2].

Xitoy taqvimining tuzilishi: yillar

tahrir

Xitoy zodiakining asosi quyidagi davrlar yotadi:

10 yillik davr – „samoviy ustunlar“ davri. Qadimgi Xitoy falsafasining ikki muhim gʻoyasiga tayanadi. Har bir besh element yoki unsurlardan biri (metall, daraxt, suv, olov va yer) ikki yil davom etadi – birinchi yil „yang“ shaklida, ikkinchi yil „yin“ shaklida. Xitoycha „sin“ soʻzi „element“ deb tarjima qilinsa ham, aslida „oʻzgaruvchan holat“ yoki „rivojlanish fazasi“ degan maʼnoni anglatadi[3].

12 yillik davr – „yer shoxlari“ yoki „xitoy zodiaki“ davri. Aynan 12 yillik davr xitoycha astrologlarda katta qiziqish uygʻotgan. Zodiakal hayvonlarning (sichqon, hoʻkiz, yoʻlbars va hokazo) xususiyatlari, shakli, mazmuni va ishonchliligi bilan ajralib turadi[4].

60 yillik davr bu 10 yillik va 12 yillik davrning oʻzaro taʼsiri natijasidir. Har bir yil „yin va yang“, element va hayvon bilan tavsiflanadi.

Qadimgi xitoyliklar xitoy davr taqvimining birinchi yilini miloddan avvalgi 2697-yil deb hisoblashgan. Bu sanani baʼzida Xuan-di imperatorining tugʻilgan yili deb hisoblashadi. Keyinchalik ayrim sabablarga koʻra yil hisobining boshlanishi 300 yil keyinga koʻchirilgan. Bu yil hisobi esa keyinchalik „anʼanaviy“ deb atalgan.

Amaldagi 60 yillik davr 1984-yilda boshlangan. 2023-yil xitoy taqvimining 34-tsiklining 40-yili hisoblanadi.

60 yillik tsikl ikki ieroglif bilan belgilanadi, birinchi iyeroglif 10 yillik, ikkinchisi esa 12 yillik davrdagi tartib raqamini bildiradi. Bu ikki ieroglif „binom“ deb ataladi[5].

Oy, kun va soat

tahrir

Xuddi shunday tizim oylar, kunlar va soatlarga ham qoʻllanadi. Yillar uchun katta davr 60 yil davom etadi. Oylarga – besh yil, kunlarga – 60 kun (taxminan ikki oy) va soatlarga – besh kun (qadimgi xitoy soati 120 daqiqa boʻlib, sutka 12 soatdan iborat boʻlgan). Insonning tugʻilgan oyini yoki kunini aniqlash uchun maxsus jadvallar mavjud. Oylik hisob-kitoblar uchun lunnar yoki astrologik taqvimlar ishlatiladi.

Barcha davrlar bir-biridan mustaqil ravishda davom etadi. Masalan, yil boshlanishida boshqa ritmlar nolga qaytmaydi.

Har bir davr yana bir binomni qoʻshadi. Tugʻilgan vaqtga asoslangan toʻrtta binom yoki sakkiz „taqdir belgisi“ insonning butun umri davomidagi voqealikni belgilaydi, deb hisoblangan.

Xitoy zodiaki

tahrir

Xitoycha zodiak (xitoycha: 生肖, pinyin shēngxiào), „xitoycha 12-yillik zodiak“ (xitoycha: 中国十二生肖, pinyin Zhōngguó shí'èr shēngxiào) – maxsus sxema boʻlib, har bir yil 12 yillik davrga muvofiq hayvon va uning taxminiy xususiyatlariga mos keladi.

Besh unsur

tahrir

Sharq munajjimlar bashoratiga koʻra, yer yuzidagi barcha mavjudotlar va narsalar beshta asosiy unsurdan iborat. Bu – yer, daraxt, olov, metall va suv. Ular, shuningdek, rivojlanishning beshta fazasida kechadigan oʻzgarishlar sifatida ham tushuniladi, yaʼni osmon, yer va insonning oʻzgarishlari[6].

 
U-sin pentagrammasi.

Misol uchun:

  • Daraxt: shakllantirish, kun tartibini, izzat, doimiylik, tinchlikni;
  • Olov: yoqish, maqsadni belgilash, amalga oshirish, shijoat, energiya, dinamika, kurashga tayyorlik;
  • Yer: mustahkamlash, barqarorlik va muvozanat yaratish, gʻamxoʻrlik, aniqlik, qatʼiyat, doimiylik;
  • Metall: shakllantirish, xavf-xatarga tayyorlik, ochiq koʻngillilik, adolat, ob’ektivlik, energiya, ehtiyotkorlik, hosil yigʻish;
  • Suv: ozod qilish, davr oxiri va yangi narsaga intilish, ehtiyotkorlik, unumdorlik, puxta oʻylab ishlash, xayolparastlikka moyillikni anglatadi.

Sharqiy zodiak doirasidagi har bir hayvon ijobiy, neytral va salbiy hususiyatlarga ega. Qaysi hayvon hozirgi yilni boshqarishidan qatʼi nazar, yilda oʻziga xos bir sifat boʻladi, bu esa omadli yoki ziddiyatli voqealar kombinatsiyalarini yaratadi. Boshqacha qilib aytganda, munajjimlar fikricha, hususiyatlarning taʼsirini hisobga olgan holda, inson uchun eng omadli yillar, u tugʻilgan yili boshqaradigan hayvonning yillari boʻlishi shart emas boʻlgan.

Suratda U-sin pentagrammasi unsurlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir qoidalarini aks ettiradi:

  • Daraxt Olovni keltirib chiqaradi, Metall tomonidan yoʻq qilinadi.
  • Olov Yerni yaratadi, Suv tomonidan yoʻq qilinadi.
  • Yer Metallarni yaratadi, Daraxt tomonidan yoʻq qilinadi.
  • Metall Suvni yaratadi, Olov tomonidan yoʻq qilinadi.
  • Suv Daraxtni yaratadi, Yer tomonidan yoʻq qilinadi.

Aynan shu taʼsirlar inson taqdirini talqin qilish, uning uchun muayyan yil, kun yoki oy qanday foydali ekanligini aniqlash uchun ishlatiladi. Shuningdek, ikki kishining mosligi ham aniqlanadi.

Yin va Yang

tahrir

Yin va yang – bu qadimgi xitoy falsafasidagi Daosizmning ikki tushunchasidir. Ular qarama-qarshi va bir-birini toʻldiruvchi prinsiplar sifatida tavsiflanadi. Yin ayollik, passiv, qabul qiluvchi, gʻamxoʻr, ijodkor boʻlmagan, inkor qilishga mos keladi. Unga Yer, Oy, soyalar, tun, va juft sonlar kiradi. Yang erkaklik, faol, harakatchan, dinamik, boshlovchi, unumdor, ijodiy, tasdiqlovchilikka mos keladi. Unga Quyosh va yorugʻlik, osmon va kun, shuningdek, toq sonlar kiradi.

Yin va yang taʼlimotiga koʻra, yin yilida odamlar toʻplagan kuch va resurslardan foydalanib, tugallanmagan ishlarni yakunlashga eʼtibor qaratadi. Yang yilida odam yangi ishlarni boshlaydi va yuqoriga koʻtariladi.

Xitoy taqvimida har bir hayvon erkak yoki ayol jihatlariga mos keladi. Misol uchun, sichqon yili har doim Yang, Sigir yili Yin, Yoʻlbars yili Yang, Quyon yili Yin, Ajdar yili Yang, Ilon yili Yin, Ot yili Yang, Echkilar yoki Qoʻylar yili Yin, Maymun yili Yang, Xoʻroz yili Yin, It yili Yang, Toʻngʻiz yili Yinga mos keladi.

1900-2043 yillar uchun Xitoy taqvimi

tahrir

Jadvalda qaysi belgi qaysi hayvon bilan bogʻliqligini va Yangi yilning birinchi kuni koʻrsatilgan. Rang yil bilan bogʻliq boʻlgan unsurni koʻrsatadi: qizil = olov, sariq = yer, oq = metall, koʻk = suv, yashil = daraxt.

Kalamush yoki sichqon Xoʻkiz Yoʻlbars Quyon yoki mushuk Ajdarho Ilon Ot Qoʻy Maymun Xoʻroz It Toʻngʻiz
1900
31-yanvar
1901
19-fevral
1902
8-fevral
1903
29-yanvar
1904
16-fevral
1905
4-fevral
1906
25-yanvar
1907
13-fevral
1908
2-fevral
1909
22-yanvar
1910
10-fevral
1911
30-yanvar
1912
18-fevral
1913
6-fevral
1914
26-yanvar
1915
14-fevral
1916
3-fevral
1917
23-yanvar
1918
11-fevral
1919
1-fevral
1920
20-fevral
1921
8-fevral
1922
28-yanvar
1923
16-fevral
1924
5-fevral
1925
25-yanvar
1926
13-fevral
1927
2-fevral
1928
23-yanvar
1929
10-fevral
1930
30-yanvar
1931
17-fevral
1932
6-fevral
1933
26-yanvar
1934
14-fevral
1935
4-fevral
1936
24-yanvar
1937
11-fevral
1938
31-yanvar
1939
19-fevral
1940
8-fevral
1941
27-yanvar
1942
15-fevral
1943
5-fevral
1944
25-yanvar
1945
13-fevral
1946
2-fevral
1947
22-yanvar
1948
10-fevral
1949
29-yanvar
1950
17-fevral
1951
6-fevral
1952
27-yanvar
1953
14-fevral
1954
3-fevral
1955
24-yanvar
1956
12-fevral
1957
31-yanvar
1958
18-fevral
1959
8-fevral
1960
28-yanvar
1961
15-fevral
1962
5-fevral
1963
25-yanvar
1964
13-fevral
1965
2-fevral
1966
21-yanvar
1967
9-fevral
1968
30-yanvar
1969
17-fevral
1970
6-fevral
1971
27-yanvar
1972
15-fevral
1973
3-fevral
1974
23-yanvar
1975
11-fevral
1976
31-yanvar
1977
18-fevral
1978
7-fevral
1979
28-yanvar
1980
16-fevral
1981
5-fevral
1982
25-yanvar
1983
13-fevral
1984
2-fevral
1985
20-fevral
1986
9-fevral
1987
29-yanvar
1988
17-fevral
1989
6-fevral
1990
27-yanvar
1991
15-fevral
1992
4-fevral
1993
23-yanvar
1994
10-fevral
1995
31-yanvar
1996
19-fevral
1997
7-fevral
1998
28-yanvar
1999
16-fevral
2000
5-fevral
2001
24-yanvar
2002
12-fevral
2003
1-fevral
2004
22-yanvar
2005
9-fevral
2006
29-yanvar
2007
18-fevral
2008
7-fevral
2009
26-yanvar
2010
14-fevral
2011
3-fevral
2012
23-yanvar
2013
10-fevral
2014
31-yanvar
2015
19-fevral
2016
8-fevral
2017
28-yanvar
2018
16-fevral
2019
5-fevral
2020
25-yanvar
2021
12-fevral
2022
1-fevral
2023
22-yanvar
2024
10-fevral
2025
29-yanvar
2026
17-fevral
2027
6-fevral
2028
26-yanvar
2029
13-fevral
2030
3-fevral
2031
23-yanvar
2032
11-fevral
2033
31-yanvar
2034
19-fevral
2035
8-fevral
2036
28-yanvar
2037
15-fevral
2038
4-fevral
2039
24-yanvar
2040
12-fevral
2041
1-fevral
2042
22-yanvar
2043
10-fevral
Kalamush yoki sichqon Xoʻkiz Yoʻlbars Quyon yoki mushuk Ajdarho Ilon Ot Qoʻy Maymun Xoʻroz It Toʻngʻiz

Qadimgi Xitoyliklar hayotida taqvimning roli

tahrir

Taqvimni saqlash vazifasi saroy olimlari va astrologlariga topshirilgan boʻlgan. U hatto imperatorning eng muhim majburiyati hisoblangan. Bu uning Yer va Osmon oʻrtasidagi vositachilik rolini bajarishining eng muhim tarkibiy qismi boʻlgan. Imperator fasllarning kelishini eʼlon qilgan.

Manbalar

tahrir
  1. Xiaochun Sun, Jacob Kistemaker.. The Chinese sky during the Han: constellating stars and society. BRILL, 1997 — 3-4-bet. ISBN ISBN 9789004107373. 
  2. Райан В. Ф.. Баня в полночь. Исторический обзор магии и гаданий в России / Ответственный редактор тома А. Чернецов.. М.: Новое Литературное Обозрение, 2006. ISBN ISBN 5-86793-444-6.. 
  3. Wolfram Eberhard. A Dictionary of Chinese Symbols. London.: Routledge and Keegan Paul, 1986 — 93; 105; 309.-bet. 
  4. Theodora Lau. The Handbook of Chinese Horoscopes. Souvenir Press, New York., 2005 — 8, 30-5, 60-4, 88-94, 118-24, 148-53, 178-84, 208-13, 238-44, 270-78, 306-12, 338-44.-bet. 
  5. Jean-Michel de Kermadec.. Das große Buch der chinesischen Astrologie.. Obris Verlag, München., 2000. 
  6. Harald Weber. Das chinesische Horoskop. Astra-Verlag. Leipzig, 1930 — 26-32-bet.