Bosh menuni ochish

Xitoy yozuvi xit. an’anaviy 漢字, soddalashtrilgan 汉字, pinyin: hànzì - soʻz va morfemalarni yozishda maxsus belgilar — iyerogliflar qoʻllanadigan yozuv. Xitoy yozuvida iyerogliflar shakli turli kombinatsiyalarda takrorlanuvchi 1 dan 36 tagacha boʻlgan standart chiziqlardan tashkil topadi. Iyerogliflar maʼlum yozuv qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda muayyan tartibda (chapdan oʻngga, yuqoridan pastga) yoziladi. Eng qad, piktogrammaiyerogliflar mil. av. 2ming yillik oʻrtalariga mansub. Xitoy yozuvi tarixida iyerogliflarning 7 xil — gu ven (qad. yozuv), da juan (katta belgili yozuv), syao juan (kichik belgili yozuv), li shu (rasmiy yozuv), sing shu (yarim tez yozuv), sao shu (tez yozuv), kay shu (namunali yozuv) kabi yozilish uslublari boʻlib, ular 4—5 ming yil davomida biri birining oʻrnini egallagan holda shaklan oʻzgarib, takomillashib borgan. Xoz. paytda mil. 1—2-asrlarda ishlab chiqilgan "kay shu" husnixat turidan keng foydalanilmoqda.

Xitoy yozuvi
Yozuv tipi ideografik
Tillar xitoy tili, yapon tili, avval qo‘llaganlar: vyetnam tili, koreys tili
Paydo bo‘lish joyi Xitoy
Hudud Xitoy Xalq Respublikasi, Xitoy Respublikasi, Yaponiya, Singapur, Malayziya
Yaratilgan sanasi tm. eramizdan 2000 yil avval
Davr eramizdan 2000 yil oldin - bugungi kungacha
Yozuv yo‘nalishi chapdan o‘ngga, avval - tepadan pastga, o‘ngdan chapga
Belgilar soni 60 000 atrofida
Tarixiy hujjat szyaguven
Qardoshlari koreys xancha yozuvi, yapon kandzi yozuvi
Yunikod ko‘lami U+4E00…U+9FA5, U+20000…U+2A6D6 va b.
ISO 15924 Hani, 500
An'anaviy va soddalashtirilgan iyerogliflar

Xitoy yozuvi da iyerogliflarning umumiy soni 60 mingdan koʻggroq boʻlib, shulardan taxminan 96 foizi murakkab (ikki va undan ortiq qism — chiziqsan tuzilgan) va 4 foizi sodda (faqat bir qismdan iborat) iyerogliflar hisoblanadi. Hozirgi xitoy tilida taxminan 8—10 ming iyeroglif qoʻllanadi.

Xitoy anʼanalarida iyerogliflarning 6 turkumi farklanib, ular 3 guruhga ajratiladi: 1) piktogrammalar va ideogrammalar — 1500 atrofida boʻlib, ular eng qad. sodda belgilar, shuningdek, mavhumroq maʼnolarni ifodalovchi aralash belgilardan iborat; 2) fonogrammalar (iyerogliflarning koʻpchiligi) — soʻz yoki morfemaning maʼnosiga ishora qiluvchi ochqich (kalit)lardan iborat murakkab belgilar hamda belgining aniq yoki taxminan talaffuzini koʻrsatuvchi fonetik belgilardir. Ochqichlar har doim sodda belgilar koʻrinishida, fonetik belgilar esa sodda va murakkab holatda boʻladi. Xitoy lugʻatlarida iyerogliflar odatda ochqichlar boʻyicha joylashtiriladi; 3) "oʻzlashma" iyerogliflar — dastlab muayyan soʻzlarni yozish uchun yaratilgan, keyinchalik boshqa, mavhum maʼnoli soʻzlarni yozish uchun qoʻllangan turli koʻrinishdagi belgilar. Ayni bir iyeroglif maʼnosi bir xil boʻlsada, turli laxjalarda fonetik jihatdan farqlanuvchi soʻzlarni, shuningdek, qad. va hozirgi tidda talaffuz jihatdan anchagina farq qiluvchi soʻzlarni yozish uchun qoʻllanadi.

Xitoy yozuvi dastlab Yaponiya, Koreya va Vyetnam xalklari tomonidan muayyan miqdordagi xitoycha soʻzlar bilan oʻzlashtiriladi. 20-asr oʻrtalarida iyerogliflardan faqat Yaponiya va Jan. Koreyada (yapon boʻgʻinli yozuvi va koreys alifbosi bilan qoʻshilgan holda) foydalana boshlandi. Bugungi kunda Jan. Koreyada Taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanib, keng isteʼmol uchun qabul qilingan 2000 ta iyeroglifdan foydalanilmoqda.

1958 y. fevralda XXRning Xitoy iyerogliflarini isloh qilish qoʻmitasi tomonidan iyerogliflarning talaffuzi uchun lotin grafikasi asosida 26 harfdan iborat transkripsion alifbo qabul qilindi. Ushbu alifbo hozirgi kunda jamiyatning barcha sohalarida keng qoʻllanmoqda. Xitoy yozuvini isloh qilish va alifboli yozuvga oʻtish lahjalarning koʻpligi va tarqokligi, madaniy meros va til muammolari sababli katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. 1956 yildan XXR da iyerogliflarni grafik jihatdan soddalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xitoy iyerogliflarining tarixan rivojlanishiTahrirlash

Arxaik Zhuanshu (Sin sulolasi) Amaldagi iyerogliflar Soddalashtirilgan
iyerogliflar
Pinyin Ma’nosi
    rén inson
    ayol
    bola
    quyosh
    yuè oy
    shān tog‘
    chuān daryo
    shuǐ suv
    yomg‘ir
    zhú bambuk
    taxta
    ot
    niǎo qush
    guī toshbaqa
    lóng ajdar

AdabiyotTahrirlash

  • Istrin V.A., Vozniknoveniye i razvitiye pisma, M., 1965; Fridrix I., Istoriya pisma, per. s nem., M., 1979; Mahmutxoʻjayev M. H., Bekmurotov I. N ., Xitoy yozuvi (iyerogliflari) haqida, T., 1990.

Ismat Bekmurotov.