Xitoyda inson metapnevmovirusi (hMPV) tarqalishi (2024 — hozir)

Inson metapnevmovirusi (hMPV) – Paramiksoviruslar oilasiga mansub virus hisoblanib, insonlarda, ayniqsa bolalar va immuniteti zaif odamlarda nafas olish yoʻllari kasalliklarini keltirib chiqaradi. Xitoyda ushbu virusga kasallanish bilan ilk holat 2024-yil 16-dekabr kuni kuzatildi. 2025-yil yanvar oyiga kelib, kasallanish holatlari keskin oshib bormoqda va mamlakat sogʻliqni saqlash tizimiga bosim oʻtkazmoqda. Dunyoning oʻnga yaqin mamlakatlarida ushbu virus bilan kasallanish qayd etilmoqda.

Xitoyda inson metapnevmovirusi (hMPV) tarqalishi

Inson metapnevmovirusining tuzilishi va genomi
Kasallik Inson metapnevmovirusi (hMPV)
Joylashuv Xitoy bayrogʻi Xitoy
Gon Kong bayrogʻi Gonkong
Malayziya bayrogʻi Malayziya
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston[1]
Ukraina bayrogʻi Ukraina
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Hindiston bayrogʻi Hindiston [2]
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston[manba kerak]
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston[3]
Birinchi holati Pekin, Xitoy
Sana 16-dekabr 2024 – hozir
Tasdiqlangan holatlar nomaʼlum[4]

Oʻzbekistonda yanvar oyi boshida ijtimoiy tarmoqlarda shifoxonalar ushbu virusga chalingan bolalar bilan toʻlib ketganligi haqidagi har xil videoroliklar tarqala boshladi. Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika pediatriya markazi metapnevmovirus bilan kasallangan bolalar bilan toʻlgani haqidagi xabarlarni rad etdi[5][6].

Alomatlar

tahrir

hMPV belgilari COVID-19 va gripp kabi boshqa nafas yoʻli bilan bogʻliq infeksiyalarga oʻxshaydi. Eng keng tarqalgan alomatlarga quyidagilar kiradi:

Baʼzi bemorlarda pnevmoniya va surunkali nafas olish kasalliklarining kuchayishi kabi asoratlar paydo boʻlishi mumkin

Manbalar

tahrir