Xiva qudugʻi
Xiva qudugʻi – Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: Mil.avv. III—I asrlar. Xorazm viloyatining Xiva shahrida joylashgan. Obyekt manzili: „Ichan-qal’a“ MFY, Boʻyoqchilar koʻchasi, 107-uy. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. „Ichan-qal’a“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv xuquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan – davlat muhofazasiga olingan[1][2].
Xiva qudugʻi | |
---|---|
Joylashuvi | Xiva, Xorazm viloyati |
Koordinatalar | 41°22′52″N 60°21′34″E / 41.38106119923065°N 60.35951164870615°E |
Turi | quduq |
Ilk eslanishi | miloddan avvalgi V asr |
Qarovchi | Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi |
Tarixi
tahrirAholi orasidagi afsonalardan biri Xiva qudugʻini Nuh alayhissalomning oʻgʻli Som qazgan. Qazish paytida Som va uning odamlari oʻzlarining changʻogʻini qondirishib, „Hey voh!, Hey voh!“ („Oh, qanday ajoyib“) deyishgan va quduq nomi shundan kelib chiqqan[3][4]. Boshqalarda esa quduq joylashgan hudud Buyuk Ipak yoʻlida boʻlgan boʻlib, uzoq yoʻldan kelgan sayohatchilar buloqdagi suvdan ichib, „Hey voh!“ („Oh, qanday ajoyib“) deyishgan[5][6]. Bu soʻz soʻngra Xeyvak – Xivaq – Xiva nomiga oʻzgarib borgan. Bu soʻz „saroy“ maʼnosini bildiradi[7]. Asta-sekinlik bilan quduq atrofida odamlar yashay boshlagan. Keyinchalik bu odamlar qarorgohi oʻrnida Xiva shahri vujudga kelgan[8]. Xiva shahridagi quduq haqidagi maʼlumot birinchi marta miloddan avvalgi V asrda qayd etilgan[5][9].
Tarixchilarning tadqiqotlariga koʻra, Xiva qudugʻini qurish uchun maxsus loy Xiva shahri yaqinidagi 2 kilometr uzoqlikda joylashgan Govukkoʻl degan hududdan qazib olingan. Hozirgi vaqtda bu joyda katta koʻl mavjud boʻlib, undan hali ham yuqori sifatli loy qazib olinadi[10].
Quduq Ichan qalʼa devorining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan, yaʼni shaharning shimoli-gʻarbiy burchagida bir xususiy uy ichida saqlanib qolingan[11]. XX asrning 70-yillarida quduq Saʼdulla ismli kishining uyida boʻlgan. Oʻsha paytda quduqning chuqurligi oʻn metrcha boʻlib, qududqning eng pastki qismi saksovul daraxtidan terilgani va uning ustidan esa pishgan gʻishtlar terilgani aniqlangan. Bu esa quduq qadimgi boʻlgani hamda keyinchalik taʼmirlashganligidan dalolat beradi. Mana shu taʼmirlash paytida ustki qismi pishgan gʻishtlar bilan terilgan, pastki qismida suv chiqib turgani tufayli taʼmirlashning imkoni boʻlmagan[12].
Manbalar
tahrir- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz.
- ↑ „ГОРОД-СКАЗКА, ГОРОД-МЕЧТА“.
- ↑ „Xiva – o‘tmishga ochilgan vaqt darvozasi“.
- ↑ 5,0 5,1 „Xiva—Xeyvak qudugʻi“. 2024-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „ЛЕГЕНДЫ ИЧАН-КАЛЫ“ (2019-yil 1-iyul).
- ↑ „Joy nomlari qanday kelib chiqadi?“.
- ↑ „Легенда о колодце Хейвак.“.
- ↑ „Каково состояние подземных вод в Узбекистане?“ (2023-yil 12-sentyabr).
- ↑ „Колодец Хейвак в Хиве“ (2020-yil 9-dekabr).
- ↑ „Колодец Хейвак“.
- ↑ „Xivaq qudugʻi“.