Xoʻjakarzon ota ziyoratgohi – Samarqand viloyati Narpay tumani hududida joylashgan qadamjo[1].

Xoʻjakarzon ota ziyoratgohi
Joylashuv Samarqand
Bagʻishlangan Xoja Korzanuro
Turi Ziyoratgoh
Material Pishiq g'isht
Xarita

Tarixshunos A. K. Bogaduxovning yozishicha, Korzanuroning jasadi uning nomi bilan ataladigan qabristonga dafn etilgan. Qadimgi manba va rivoyatlarda u inson baland boʻyli, jasur, dovyurak, harbiycha taʼlim va eʼtiqodga ega boʻlgan pahlavon kishi sifatida taʼriflanadi. Bu joyda joylashgan sagʻananing boʻyi 9 metrga tengligi ham Korzanuro uzun inson boʻlgani bildiradi[2]. XIX asrning oʻrtalarida qurilgan maqbaraning ilk shakli uch gumbazli va bir xonali boʻlgan. Bu turdagi uch gumbazli maqbaralar bunyod etilishi Doniyor paygʻambar va Xoja Abdudarun maqbaralarida foydalanilgan. Binoning topilgan gʻisht devori maqbaraning ilk meʼmoriy ahvolini koʻrsatib beradi. Bundan tashqari, tadqiqotlar davomida tarixiy obidaning gʻarbiy qismida toʻrt ustunli chiroyli ayvoni ham boʻlganidan dalolat beradi.

„Boburnoma“ asarida va „Donishnoma“ gazetasining 1998-yil 27-fevraldagi tahririda Boburning piri Xoja Ahror Valiyning farzandi Xoja Yahyo oʻz farzandlari bilan haj ziyoratiga yoʻlga chiqqanda taxminan Kattaqoʻrgʻondan keyin, Shayboniyxon josuslari tarafidan oʻldirilgan. Shu hudud ayni damda Narpay tumanining „Xoʻjakarzon“ qishlogʻi hududiga mos keladi.

1860—1885-yillarda Amir Muzaffarxon hokimyatidan ayrilib, ruslarga mustamlaka boʻlib qolgan. Hozirgi Narpay tumani hududidagi qishloqlar ulkan boʻlishiga qaramasdan, dushman bilan kurashlar katta talafotsiz oʻtmasdi. Shunday paytda Xoʻja Qosim Korzanuroga oʻxshagan yigitlar kurashga chiqqan.

Rivoyat qilishlaricha, Qosim Korzanuro juda ham dovyurak boʻlishi bilan birga, tengsiz kuch-qudrat egasi ham edi. Xotini rus millatiga mansub boʻlgan. Janglarda dushman oʻqlari uning qalqonli kiyimiga tegib toʻkilgan, ammo badaniga shikast yetkazmagan. Keyinchalik rus qoʻmondonlari Xoja Qosimdagi bu xislat sirini rafiqasidan bilib olishga urinishgan. Elparvar botirning boshi joynamoz ustida sajdaga yetib turgan paytda xotini tomonidan pichoqlab oʻldiriladi. Negaki uni oʻldirishning bundan boshqa iloji boʻlmagan. Shu tarzda „Xoja Korzan“, yaʼni „Xotini pichogʻidan oʻldirilgan“ yoxud „pichoqlab oʻldirilgan Xoja“ talqinidagi nomlar bora-bora xalq orasida Xoʻjakarzon atamasining paydo boʻlishiga asos boʻlgan.

Hozirda „Xoʻjakarzon“ maqbarasi qabristonning janubiy-gʻarbiy tomonida joylashgan.

Manbalar

tahrir