Xoʻja egiz ziyoratgohi — Fargʻona viloyati Marg‘ilon shahridagi Ipak yoʻli mahallasi Xo‘ja Egiz koʻchasida joylashgan qadamjo. Xo‘ja Egiz kompleksi mozor va masjiddan iborat. Ziyoratgohni arablarning Movarounnahrga dastlabki kirib kelish davri bilan bog‘laydilar. Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning sahobalaridan bo‘lgan sarkarda Sayid Xoja Ibrohim ismli islom lashkarboshisi Marg‘ilonga kelgan paytda janglarning birida shahid bo‘lgan va shu yerga dafn qilingan. Uning bo‘yi baland, novcha bo‘lganligi uchun „Xo‘ja Egiz“ nomini olgan ekan[1]. Bu rivoyat haqiqatga to‘g‘ri kelmasada, biroq ziyoratgohning mashhurligi, bu mozorda o‘z davrining ulug‘ zotlaridan biri dafn etilganligidan dalolat beradi. Qo‘qon xonligi davrida ham Xo‘ja Egiz ziyoratgohi bo‘lib, Marg‘ilon shahrining muqaddas joylaridan biri sifatida aholining ziyoratgohiga aylangan edi. Ammo mozor sovetlar mafkurasida muqaddas ziyoratgohlarga nisbatan salbiy qarashlarning mavjudligi bois Sobiq ittifoq davrida buzib tashlangan.

Xo‘ja Egiz kompleksi
Joylashuv Marg‘ilon, O‘zbekiston
Turi Majmua
Qurila boshlagan XIII—XIV asrlar
Qurilish tamomlangan XX asr oxiri
Xarita
Koordinatalari 40.460465°0′0″N 71.711701°0′0″E / 40.46046°N 71.71170°E / 40.46046; 71.71170

1994-yilga kelib, Xo‘ja Egiz mozori qayta tiklangan. Mozorni qayta barpo etishda uning saqlanib qolgan poydevorlarini ko‘rgan ustalar g‘oyat taajjubga tushganlar. Chunki, mozorning poydevorlari uch- to‘rt qavatdan iborat bo‘lib, ziyoratgohning VI-VII asr muqaddam bunyod etilganidan dalolat beradi[2].

Masjid XX asrning oxirida ziyoratgohga tutash eski masjid o‘rnida bunyod qilingan. Meʼmori nomaʼlum. Bu masjidning ham ayvon qismi saqlanib qolgan, qishki nomozxona shiftining naqshlari ustidan bo‘yoqlab tashlangan. Hozirda ushbu masjidda „Abdullox Ibn Maʼsud“ rasmiy masjidi faoliyat ko‘rsatmoqda. Masjid imom-xatibi: Dilshodbek Shadiyev[3] (2023-yil iyun holatiga koʻra)

Kompleks Ipak yo‘li MFY hududidagi Xo‘ja Egiz ko‘chasi 117a uyda joylashgan.

Manbalar

tahrir
  1. Rasuljon Mirzaahmedov, Azizbek Murtazayev, Asilbek Murtazayev. Marg‘ilon zamini javohirlari. Farg'ona 2014 — 64-bet. ISBN 978-9943-4272-1-1. 
  2. Nodirbek Abdulahatov, O'ktamjon Eshonboboyev „Ko'hna Marg'ilon ziyoratgohlari“. ziyouz.com. Qaraldi: 1-iyun 2023-yil.
  3. „ФАРҒОНА ВИЛОЯТИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-iyun 2023-yil.