Xoʻjayin kuni yoki boshliq kuni (inglizcha: Boss' Day, Boss's Day yoki Bosses Day) — brigadirdan tortib mamlakat prezidentigacha boʻlgan barcha darajadagi jamoalar rahbarlari uchun kasb bayrami. Ushbu sana har yili 16-oktabrda nishonlanadi.

Xoʻjayin kuni uchun sharlar

"Xoʻjayin kuni"ning tarixi va nishonlanishi

tahrir

Barcha darajadagi rahbarlar uchun ushbu kasb bayramini oʻtkazish gʻoyasi Amerika Qoʻshma Shtatlariga tegishli ekanligi umumiy qabul qilinadi. Aksariyat internet portallari 1958-yilda bu bayramni har yili oʻtkazish tashabbusi bilan chiqqan Chikago shahridan boʻlgan amerikalik Patrisiya Beyz Xaroski ekanligini taʼkidlamoqda[1]. Shuningdek, 1958-yilda Patrisiya Beyz Xaroskiy AQSh Savdo Palatasida „Xoʻjayin kuni“ ni roʻyxatdan oʻtkazdi[2]. Balki Patrisiyaga ustunlik berilganining sababi, uning tashabbusi birinchi marta rasmiy shaxs tomonidan eshitilganidadir, chunki 1962-yilda Illinoys gubernatori uning gʻoyasini yoqtirgan va u dunyoda birinchi marta bu sanaga rasmiy maqom bergan[3].

16-oktabrni Patrisiya Xaroski tasodifan tanlamadi: u „State Insurance“da otasining kotibi boʻlib ishlagan, uning tugʻilgan kuni aynan oʻsha kuni edi.

„Xoʻjayin kuni“ tezda sayyoramiz boʻylab tarqaldi va bugungi kunda u nafaqat AQShda, balki Buyuk Britaniya, Avstraliya va Janubiy Afrikada ham nishonlanadi.

Manbalar

tahrir

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir