Xoja Ahror madrasasi
Xoja Ahror madrasasi — Samarqand madrasasi. Xoja Ahror madrasasi 1469-yilda Samarqandda Temuriylar sulolasi davrida Xoja Ubaydulloh Ahror tomonidan bunyod etilgan. Dargoh eng mashhur oliy toifadagi madrasalardan biri boʻlgan. Madrasa toʻgʻrisida Abu Tohirxoja Samariya asarida shunday yozadi: „Yaxshilar qutbi, solihlar gʻavsi Nosir ul-millat va-d-din hazrat Xoja ahror (uning sirri pok boʻlsin) madrasasi. Ushbu madrasa shaharning ichida, janub tomonda, Soʻzangaron darvozasiga boriladigan katta yoʻlning kun botaridadir. Xoja Ahror bilim egalarini sevardi, majlisi hamisha olim kishilar bilan toʻlgan edi. Shu sababdan ilm ahli uchun u yerda bir oliy madrasa soldirdi. Samarqandning buzuqchilik chogʻida ushbu madrasa buzilgan edi. Sunnatning muhiysi Amir Maʼsum Gʻoziy (Amir Shohmurod) Ulugʻbek madrasasining janubidagi buzilgan Alayka koʻkaldosh jome madrasasining gʻishtlarini din ulamosining fatvosi bilan keltirib, hazrat Xoja Ahror (sirlari muqaddas boʻlsin) oliy madrasani boshqatdan soldiradi va vaqflarini belgilaydi. Hozir unda dars oʻtiladi va hujralarida talabalar yashaydi“. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Mazkur madrasa uchun hijriy 874-yil rajab oyining 22-kunida (1470-yil 25-yanvar) Xoja Ubaydulloh Ahror katta miqdorda vaqf mulklari vaqf qilgan. Mazkur madrasa 1 ta mutavvali tomonidan boshqarilgan. Dargohda 62 nafar talaba tahsil olgan. Mazkur madrasa „madrasayi safed“ nomi bilan ham atalgan. Xoja Ahror madrasasida XIX asr oʻrtalarida „Usmon Qur’oni“ saqlangan[1]. Amerikalik sayyoh Yujin Skayler oʻz estaliklarida ushbu inshoot haqida: S„hu yodgorliklarining eng ajoyibi yirik toʻrt burchakli Xoja Ahror masjididir. U baland peshtoqli va ravoqli eshilari, bezakli koshinlari haligacha yaxshi saqlangan. Ustunlar tepasida forscha sheʼrlar koʻzga tashlanadi. Ichkarisida talabalar uchun hujralar, kirishdan roʻparada keng sahnli masjid bor ekan. Borgan paytimizda mudarrislar va talabalar shom namozini ado etishayotgan edi“[2].
Madrasa | |
Xoja Ahror madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand viloyati |
Shahar | Samarqand |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Xoja Ubaydulloh Ahror |
Homiylar | Xoja Ubaydulloh Ahror |
Binokorlik | 1469-yil—??? |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 31 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Meʼmorchiligi
tahrirXoja Ahror madrasasi 31 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.