Xolboʻta Toʻraqulov
Xolboʻta Abilovich Toʻraqulov (1949-yil 15-may, Qoʻrli qishlogʻi, Ishtixon tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2022-yil, Jizzax shahri, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori (2000), professor (2003).
Xolboʻta Abilovich Toʻraqulov | |
---|---|
Tavalludi |
15-may 1949-yil Ishtixon tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti |
2022-yil (73 yoshda) Jizzax shahri, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | mexanika-matematika olimi |
Sohasi | mexanika-matematika |
Taʼlimi | Samarqand davlat univeristeti |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirXolboʻta Toʻraqulov 1949-yil 15-may Ishtixon tumani, Qoʻrli qishlogʻi dehqon oilasida tugʻilgan[1]. 1967—1973-yillarda Samarqand davlat univeristeti mexanika-matematika fakultetida tahsil olgan. 1973—1977-yillarda Ishtixon tumani 58-maktabning matematika fani oʻqituvchisi, 1977—1978-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti „Oliy matematika“ kafedrasi oʻqituvchisi, 1978—1981-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kibernetika instituti aspiranti, 1981—1983-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Kibernetika“ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi qoshidagi respublika avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi maxsus loyiha konstruktorlik byurosida muhandisi va Jizzax byurosi rahbari, 1983—1984-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti „Oʻqitishning texnik vositalari“ kafedrasi katya oʻqituvchisi, 1984—1989-yillarda institutning „Umumiy texnika fanlari“ kafedrasi mudiri, 1989—1997-yillarda institutning „Kasb ta’limi“ fakulteti dekani, 1997—2013-yillarda institutning pedagogika fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan[1].
Oilasi
tahrir5 nafar farzandlari bor. Farzandlaridan biri professor Toʻraqulov Olim Xolboʻtayevich bugungi kunda Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktori.
Vafoti
tahrirOlim 2022-yilda vafot etgan[2].
Ilmiy faoliyati
tahrirXolboʻta Toʻraqulov 500 ga yaqin ilmiy ishlar, jumladan, 50 dam ziyod monografiya, oʻquv qoʻllanma, metodik tavsiya, risolalar, 300 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[3]. 1982-yilda „Inson koʻrish yoʻlidagi buzilishlarning matematik modellarini yaratish va uni zamonaviy hisoblash texnikasi vositalari yordamida amapiyotga joriy etish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi, 2000-yilda „Glaukoma kasalliklarini tashxislash, davolash jarayonlarining optimal variantlarini topishning matematik modellarini yaratishni avtomatlashtirish“ mavzusida doktorlik dissertatsini himoya qilib, texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan[3]. 1987-yilda dotsent, 2003-yilda professor ilmiy unovini berilgan. Rossiya Federatsiyasi Pedagogik ta’lim xalqaro fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (2003), Pedagogik ta’lim xalqaro fanlar akademiyasi akademigi (2005)[1].
Mukofotlari
tahrir- „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni (1986);
- Aleksandr Grigorevich Nebolsin nomidagi xalqaro mukofot laureti (2008)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „Ilmga baxshida hayot“ (2023-yil 16-may).
- ↑ 3,0 3,1 Toʻraqulov Xolboʻta Abilovich bibliografik koʻrsatgich. Jizzax: Jizzax davlat pedagogika instituti, 2009 — 111 bet-bet.