Xorvatiya televideniyesi
Xorvatiyada ilk televideniye 1956-yildan faoliyat yurita boshlagan. 2012-yil holatiga koʻra, Xorvatiya Respublikasida yoki Xorvatiya bozori va translayatsiyasi uchun ishlab chiqilib, IPTV (Internet), kabel yoki sunʼiy yoʻldosh orqali uzatiladigan 10 ta umummilliy, 21 ta hududiy DVB-T (yer usti raqamli video eshittirish vositalari) telekanallar, shuningdek 30 dan ortiq boshqa kanallar mavjud boʻlgan. Xorvatiyadagi elektron aloqa bozorini Xorvatiyaning tarmoq sanoatlarini tartibga solish organi (HAKOM) tartibga solib, tashkilot efirga uzatish litsenziyalari taqdim etadi va bozorni nazorat qiladi. DVB-T va sunʼiy yoʻldosh uzatish infratuzilmasi Odašiljači i veze (OiV) nomli davlat kompaniyasi ishlab chiqqan boʻlib, tuzilmani aynan shu kompaniya qoʻllab-quvvatlaydi.
Xorvatiyada birinchi televizion signal Philips oʻzining televizor tizimini birinchi marotaba ommaga namoyish qilgan 1939-yilgi Zagreb yarmarkasida uzatilgan. Dastlabki muntazam eshittirishlar 1956-yilda, Yugoslaviya radio televideniye tizimidagi birinchi telestansiya Zagreb televideniyesi tashkil etilgach, boshlangan. Rangli eshittirishlarni 1972-yildan efirga uzatish boshlangan. Qamrov va kanallar soni barqaror ravishda oʻsib borib, 2000-yillarda Xorvatiyada toʻrtta kanal faoliyat yuritgan. DVB-T signallarini uzatish 2002-yilda boshlanib, 2010-yilda raqamli almashinuv toʻliq yakunlangan. Oʻsha davrda IPTV, kabel televideniye va sunʼiy yoʻldosh televideniyesi bozorlari sezilarli darajada oʻsgan. 2011-yilga kelib aholining atigi 60.7 foizi faqat DVB-T televizoridan foydalangan boʻlib, qolganlari IPTV, kabel va sunʼiy yoʻldosh televideniyesidan foydalangan.
2012-yil yanvar holatiga koʻra, DVB-T uchta multipleksda efirga uzatila boshlangan. DVB-T eshittirishlari Xorvatiya hududining toʻqqizta asosiy hududida va yirik shaharlariga mos keladigan kichikroq mahalliy hududlarda oʻz faoliyatini boshlagan. HDTV DVB-T test dasturi 2007-yildan 2011-yilgacha efirga uzatilgan boʻlsa-da, yuqori aniqlikdagi televideniye (HDTV) faqat IPTV orqali efirga uzatilgan. 2011-yilda DVB-T2 test translyatsiyasi oʻtkazilgan.
2019-yil noyabr holatiga koʻra, barcha milliy kanallar uchta DVB-T va bitta DVB-T2 (HEVC/H.265) MUXes orqali tarqatilgan. 2020-yil iyundan DVB-T MUXesning faoliyati toʻxtailgandan soʻng, barcha kanallar ikkita DVB-T2 (HEVC/H.265) MUXes orqali efirga uzatila boshlangan.
Xorvatiyadagi barcha ommaviy axborot vositalari global muammolar va mamlakatda sodir boʻlayotgan mavzularning yoritib berilmayotgani uchun tanqid qilingan. Xorvatiyadagi barcha yirik telekanallar odatda kommersializmning haddan tashqari taʼsiri ostida deb hisoblanilgan. Davlatga tegishli Xorvatiya radiotelevideniyesi Xorvatiyadagi diaspora, kam sonli aholiga moʻljallangan taʼlim dasturlari, hujjatli filmlar, dasturlarni ishlab chiqarish va efirga uzatish uchun moʻljallangan. Xorvatiya televideniyesi nodavlat notijorat tashkilotlariga oʻz muammolarini jamoatchilikka yetkazish va Xorvatiya hukumatining faoliyatini yoritishda katta ahamiyatga ega. Televideniye Xorvatiya aholisining 57 % i uchun asosiy axborot manbai hisoblanadi.
Televideniyedan foydalanish
tahrirYevropada ilk marotaba uzatilgan televideniye tasvirlari Zagrebda efirga uzatilgan. 1939-yil 26-avgustdan boshlab 4-sentyabrgacha Zagreb yarmarkasida qisqa vaqt davomida Philips televizor koʻrgazmasi tashkil qilingan. Erik Klaas de Vries kompaniyasi yarmarkadagi Niderlandiya pavilyonida transmitter va kam sonli tomoshabinga ega Flibs televizorini boshqargan. Yarmarka gazetasi ushbu tadbirni London va Berlindagi telekoʻrsatuvlardan keyingi birinchi teleefir sifatida eʼlon qilgan. Dastur komediya, opera, musiqa spektakllari va Xorvatiyadagi boshqa telekoʻrsatuvlardan iborat boʻlgan[1].
1956-yilda 1939-yilgi Zagreb yarmarkasidan keyingi birinchi telekoʻrsatuv namoyish qilingan[2]. Medvednicada transmitteri Tomislavov Dom mehmonxonasiga oʻrnatilgan va 1956-yil 15-may kuni kechqurun Avstriya va Italiya kanallarida (shu jumladan Rai 1) efirga uzatilgan. Birinchi jonli efir 1956-yil 7-sentyabrda Zagreb yarmarkasining ochilishini efirga uzatgan va Zagreb televideniyesi 29-noyabrdan muntazam efirga uzatila boshlangan[3].
Taraqqiyoti
tahrirZagreb telemarkazi Yugoslaviya radio televideniyasiga (JRT – Yugoslaviya televizion stansiyalarining tashkiloti) aʼzo boʻlgan va JRT uchun Eurovision texnik markazi vazifasini bajargan. 1972-yilda Zagreb Televideniyesi oʻzining ikkinchi telekanalini translyatsiya qilishni boshlagan va 1975-yilda oʻz dasturlarini rangli tarzda berib borgan. Uchinchi Television Zagreb kanali 1988-yilda, telematn xizmati esa 1990-yilda ishga tushirilgan.
Zagreb televideniyesining nomi Yugoslaviya parchalanganidan soʻng Xorvatiya radiotelevideniyesiga (HRT) oʻzgartirilgan. Xorvatiya radiotelevideniyesi Yevropa radioeshittirishlar ittifoqiga aʼzo boʻlgan. Biroq HRT infratuzilmasiga urush tufayli jiddiy zarar yetkazilgan edi. Uning ushbu holatda 80 % uzatgichlari va 30 ta aloqa stantsiyalari zarar koʻrgan.
1999-yil oktyabr oyida uchta mamlakatda HRT kanallari tomonidan kecha-yu kunduz efirlar uzatila boshlangan. Ammo 2002-yilda HRT 3 oʻz faoliyatini toʻxtatgan[5]. 2000-yilda Xorvatiyaning birinchi xususiy televideniyesi Nova TV oʻz faoliyatini boshlagan[6]. Keyinchalik, 2004-yil 30-aprelda boshqa xususiy teleradiokompaniya RTL TV ham faoliyat yurita boshlagan. Nova TV va RTL TV ham bitta analog telekanal hisoblanishgan[7].
2002-yilda Odašiljači i veze mustaqil kompaniya sifatida tashkil etilgan. U ilgari HRTning bir qismi boʻlgan va unga Xorvatiyadagi televizion uzatish infratuzilmasini saqlash vazifasi yuklatilgan[8]. 2014-yilda Xorvatiyada yigirma oltita telestansiya, jumladan, toʻrtta umummilliy kanal faoliyat yuritgan[9].
Analog eshittirishning tugashi
tahrir2010-yilda Xorvatiya hukumati simulkastni (asosiy kanallarning bir vaqtda analog va raqamli DVB-T translyatsiyasi) rasman tugatishga qaror qilgan[10]. Oʻsha vaqtda Xorvatiya hududida toʻqqizta raqamli televideniye tarmogʻi faoliyat olib borgan. 2010-yil 26-yanvardan boshlab analogli eshittirish tarmogʻi bosqichma-bosqich oʻchirilgan. 2010-yil 5-oktyabrda televideniye toʻliq raqamli tizimga oʻtgan. Ammo boshqa hududlarda analog eshittirishlar uzatila boshlangan[11][12]. Xorvatiyadagi soʻnggi analog televizor uzatuv 2011-yil 30-sentyabrda yopilgan. Chunki DVB-T qamrovi Xorvatiya aholisining 98,5 % iga kengaytirilgan. Taxminan 6000 aholi DVB-T yoki analog telekoʻrsatuvlarni tomosha qilmay qoʻyishgan[13].
Nomi | 2010-yilda analogli eshittirishlarning oʻchirilish sanalari |
---|---|
D05 | 26-yanvar |
D03 | 3-mart |
D07 | 30-mart |
D09 | 27-aprel |
D01 | 25-may |
D02 | 29-iyun |
D06 | 20-iyul |
D08 | 7-sentyabr |
D04 | 5-oktyabr |
DVB-T televideniyesi
tahrir2002-yil mayda DVB-T signallarining birinchi sinov translyatsiyalari Zagrebda oʻtkazilgan. 2008-yilda hukumat Xorvatiya Respublikasi uchun raqamli televideniyega oʻtishning analogli strategiyasini ishlab chiqqan[14]. 2008-yil iyul oyida Xorvatiya hukumati 106 millionni (taxminan, 14.1 million yevro) ommaviy axborot vositalari rivoji uchun yoʻnaltirgan[15]. Xorvatiya radiotelevideniyesi (HRT) faol tomoshabinlariga 75 kunalik (10 yevro) DVB-Tdan foydalanish uchun chegirma kuponlarini taqdim etgan[16]. Birinchi ikkita multipleks (MUX A va MUX B) 2009-yil aprel oyida, uchinchisi (MUX D) 2010-yil iyul oyida ishga tushirilgan.
2010-yil 5-oktyabrda DVB-Tga oʻtish deyarli yakunlangan. Chunki barcha asosiy analog teleuzatishlar bosqichma-bosqich toʻxtatilgan boʻlib, Xorvatiyadagi DVB-T translyatsiyalarining hammasi standart aniqlikdagi MPEG-2 tizimiga oʻta boshlagan[17]. MUX A Xorvatiya aholisining 98.5 % idan koʻprogʻini qamrab oladi. MUX A va MUX B har bir multipleks taqsimlangan mintaqa aholisining 95 % dan ortigʻi uchun foydalaniladigan tizim hisoblanadi. MUX D esa Xorvatiya aholisining taxminan 90 % i va har bir hudud aholisining kamida 70 % ini qamrab oladi[18]. Xorvatiyada faqat DVB-T televizoridan foydalanadigan aholi soni 897 496 kishini (umumiy aholining 60.7 % ini) tashkil qiladi[19].
Xorvatiyada axborot televizion infratuzilmasi Odašiljači i veze (OIV) tomonidan boshqariladi. Kompaniya 2002-yilda elektron aloqa infratuzilmasini rivojlantiruvchi va qoʻllab-quvvatlovchi boʻlinma HRT korporativ tizimidan ajrab chiqqib, mustaqil tashkilot sifatida faoliyatini boshlagan[20][21]. 2012-yil yanvar holatiga koʻra, OIV 222 ta televizion uzatgichlar va radioeshittirish reley stantsiyalarini boshqargan va ularga xizmat koʻrsatgan[22].
Raqamli televideniyening toʻqqizta asosiy hududi Xorvatiyaning katta qismini qamrab oladi va mahalliy teleradiokompaniyalar uchun moʻljallangan qoʻshimcha, geografik jihatdan kichik boʻlgan hududlarni (odatda bitta shaharni) qamrab olgan. DVB-T televizorining asosiy taqsimlangan hududlariga D1–D9 belgilari berilgan. D1 mintaqasi Osijek-Baranja va Vukovar-Sirmiya okruglarini, shuningdek, Oprisavcidan sharqda joylashgan Brod-Posavina okrugining qismlarini oʻz ichiga olgan. D2 hududi Brod-Posavina okrugining qolgan qismini, Pojega-Slavoniya va Virovitica-Podravina okruglarini va deyarli barcha Bjelovar-Bilogora okruglarini (Bjelovar shahridan shimoldagi hudud va Sisak-Moslavina okrugining bir qismi bundan mustasno) qamrab oladi. Novska D3 mintaqasi D2 hududiga kirmaydigan Bjelovar-Bilogora okrugining bir qismini, shuningdek, Koprivnica-Križevci, Varaždin va Međimurje okruglarini oʻz ichiga oladi. D4 hududiga Sisak-Moslavina okrugi (Novska atrofidagi hududlardan tashqari), Krapina-Zagorje va Zagreb okruglari, Zagreb shahri va Karlovak okrugining shimoliy qismi (shu jumladan, Karlovak va Duga-Resa) kiradi[23].
D5 hududi Istriya okrugi va Primorje-Gorski Kotar okrugini (Ravna Goraning sharqiy qismidagi okrugning bir qismi va Pag orolidagi Novalja atrofi bundan mustasno) va Lika-Senj okrugining Krke orollari qarshisidagi qirgʻoqboʻyi hududlarini oʻz ichiga oladi. D6 hududi D4 va D5 hududlari tarkibiga kirmagan Primorje-Gorski Kotar va Lika-Senj okruglarining bir qismini (Lovinak janubi va xuddi shu okrugning Pag oroli qarshisidagi qirgʻoq qismlari bundan mustasno) oʻz ichiga oladi . Bu ikki hudud Zadar va Šibenik-Knin okruglari bilan birga D7 mintaqasining bir qismidir. D8 hududi butun Split-Dalmatiya okrugini, shuningdek Dubrovnik-Neretva okrugining Ploche va Metkovich atrofidagi qismlarni, Dubrava gʻarbidagi Pelješac yarim orolining bir qismini, Korčula va Lastovo orollarini oʻz ichiga oladi. Soʻnggi D9 hududiga Dubrovnik-Neretva okrugining qolgan qismlari kiradi[24].
Shuningdek, maʼlum shaharlar va ularning yaqin atrofini qamrab oluvchi 12 ta mahalliy DVB-T televizion hududi mavjud boʻlib, ularga Osijekda d11, Slavonski Brodda d21, Varaždin va Čakovecda d31, Zagreb, Velika Goritsada d44, Yastrebarskoda d45, Karlovakda d46, Duga Resada, d53 Viska, Novka va Novkaning katta qismini qamrab oluvchi hududlar kiradi. Pula, Rovinjda d54, Zadarda d71, Šibenikda d72, Split, Trogir, Omiš, Šolta oroli va Brač orolining katta qismini qamrab olgan Dubrovnik d82 va d91 ham ushbu hududlar safiga kiradi[25]. 2015-yilda Sveta Nedelya shahrida „L-ZA“ nomli mahalliy multipleks UHF 41 da mahalliy TV Zapad kanali tomonidan efirga uzatila boshlangan.
2010-yil dekabr DVB-T translyatsiyasi boshlanganida Italiyadaning shimoli-gʻarbiy qismlarida, keyinroq Zadar va Sibenik atrofidagi hududlarda shovqin kuzatilgan. Ushbu holatga italyan transmitterlari tomonidan Xorvatiya hududidagi simli chastotalardan foydalanish va transmitterning yuqori quvvati sabab boʻlgan. Shikoyat haqida Xorvatiya tarmoq sanoatini tartibga solish organi (HAKOM) tomonidan Italiya davlat boshqaruv organiga murojaat qilingan[26][27]. 2011-yil fevraligacha Odašiljači i veze (OIV)ning signal modulyatsiyasini kuchaytirish va shovqinlarni kamaytirish uchun zararlangan hududlarda qoʻshimcha transmitterlar oʻrnatilgan va million kuna (taxminan, 133 000 yevro) sarflangan[28]. Garchi, 2011-yil avgustda Italiyaning iqtisodiy rivojlanish vaziri Paolo Romani muammolarni qisqa vaqt ichida hal qilish kerakligini eʼlon qilgan boʻlsa-da, (bezovtalikka sabab boʻlgan transmitter oʻchirilgan va yana bir nechtasining quvvati qisqartirilgan) 2011-yilda vaziyat toʻliq hal qilinmagan. Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radiodan foydalanishni tartibga solish kengashi ushbu vaziyatni hal qilish uchun jarayonga jalb qilingan[29][30]. Shu bilan birga, raqamli televideniye signallarini qabul qilishni yaxshilash maqsadida boshqa texnik yechimlar ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan[31].
Butun mamlakat kanallari
tahrir2014-yil may holatiga koʻra, butun mamlakat boʻylab oʻn bitta bepul DVB-T telekanali mavjud boʻlib, ularning toʻrttasi HRT, uchtasi RTL TV, ikkitasi Nova TV, qolgan ikkitasi Xorvatiya Olimpiya qoʻmitasi va Author doo kompaniyalari tomonidan faoliyat olib borgan. Hukumatning elektron Xorvatiya boʻyicha markaziy davlat maʼmuriy idorasi ham kam sonli telekanallarga egalik qilgan. HRT kanallari va Moja uprava kanali davlatga tegishli boʻlgan. Qolgan oʻnta DVB-T telekanali xususiy mulk hisoblangan[32]. Doma TV Nova TV guruhining bir qismi sifatida faoliyat olib borgan[33]. 2007-yildan beri telekoʻrsatuv auditoriyasini oʻlchash Nielsen kompaniyasi tomonidan 1086 ta aholi punkti bergan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi va barcha ommaviy axborot vositalarining (bosma nashr, radio, televideniye) auditoriyasini oʻrganishda qoʻllanadi. 2012-yil yanvar oyidan boshlab HRT, RTL TV va Nova TVning auditoriyasi ham shu yoʻsinda hisoblab borilmoqda[34][35].
HRT 1, Nova TV va RTL TV kanallarining dasturlari tartibsiz boʻlib, ular yangiliklar, turli ssenariy va ssenariysiz koʻngilochar dasturlar, shuningdek, hujjatli filmlarni efirlarga uzatishga qaratilgan[36]. Bundan tashqari, qonuniy ravishda Xorvatiya radiotelevideniyesi Xorvatiya diasporasiga, Xorvatiyadagi milliy, madaniy va tabiiy merosni saqlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga, demokratiya va fuqarolik jamiyatini targʻib qilishga qaratilgan kontent va yoshlarning taʼlimini yorituvchi dasturlarni tayyorlash va efirga uzatishi shart hisoblanadi. Shuningdek, televideniyeda milliy filmlar, teledasturlar va musiqalarni ham uzluksiz tarzda ommaga uzatib berishlari majburiy hisoblanadi[37]. Mamlakatda sport yoki musiqa kabi axboriy dasturlarini taqdim etishga ixtisoslashgan kanallar ham faoliyat yuritadi va ularning taxminiy hisobda mamlakat ommaviy axborot vositalarining quyidagi foizlarni egallagani taʼkidlanadi[38].
Nom | Mulkdor | Dasturlash | Tur | Tartiblar (4+) | Yil | MUX |
---|---|---|---|---|---|---|
HRT 1 | Hrvatska radiotelevideniyesi | Bosh | Davlat televideniye xizmati | 17,83% | 1956* | A |
HRT 2 | Hrvatska radiotelevideniyesi | Bosh | Davlat televideniye xizmati | 6,05% | 1972* | A |
HRT 3 | Hrvatska radiotelevideniyesi | Ilmiy, hujjatli, madaniy dasturlar | Davlat televideniye xizmati | 1,78% | 1988* | B |
HRT 4 | Hrvatska radiotelevideniyesi | Yangiliklar | Davlat televideniye xizmati | 3,41% | 2012* | B |
Nova TV | Nova TV | Bosh | Xususiy kanal | 23,26% | 2000 | A |
RTL | RTL Hrvatska | Bosh | Xususiy kanal | 13,40% | 2004 | A |
Doma TV | Nova TV | Seriya | Xususiy kanal | 5,48% | 2011 | B |
RTL 2 | RTL Hrvatska | Seriya | Xususiy kanal | 4,29% | 2011 | B |
SPTV | HoO TV | Sport | Xususiy kanal | 0% | 2011 | D |
RTL Kockica | RTL Hrvatska | Bolalar va oila uchun | Xususiy kanal | 2,70% | 2014 | D |
CMC | Muallif | Musiqa | Xususiy kanal | 1,42% | 2011 | D |
*Eslatma: 1990-yilgacha Zagreb JRT TV statistikasi[40]. |
Hududiy va mahalliy kanallar
tahrirXorvatiyada MUX D da 21 ta xalqaro DVB-T telekanali faoliyat yuritadi. 2011-yil holatigan koʻra ayrim hududlarda translyatsiya qilingan kanallardan toʻrttasi faoliyat olib borgan boʻlib, mahalliy hududlardagi DVB-T televideniyelari dekabr oyida faoliyat olib bormagan. Toʻrtta hududiy telekanallar bir nechta hududda efirga uzatilgan. Barcha mintaqaviy va mahalliy kanallar bepul tarzda axborot uzatishga qaratilgan boʻlib, 2012-yil yanvar oyidan boshlab Z1 TVisi Nielsen kompaniyasining kabel va sunʼiy yoʻldosh televideniyesi bilan faoliyat olib borgan[41][42][43].
Nom | Hudud | Dasturlash | Tur | Yil |
---|---|---|---|---|
Plava Vinkovačka | D1 | Hududiy | Xususiy televideniye | 201? |
Slavonije i Baranje TV (STV) | D1 | Hududiy | Xususiy televideniye | 1992 |
Osječka TV | D1 | Hududiy | Xususiy televideniye | 2007 |
Slavonskobrodska TV (SBTV) | D2 | Hududiy | Xususiy televideniye | 200? |
Plava TV | D2 | Hududiy | Xususiy televideniye | 2017 |
Varaždinska TV (VTV Varaždin) | D3 | Hududiy | Xususiy televideniye | 1999 |
OTV | D4 | Hududiy | Xususiy televideniye | 1989 |
Mreža TV (Xorvatiya TV kanali) | D4 | Hududiy | Xususiy televideniye | 20?? |
Zagrebačka TV (Z1) | D4 | Hududiy | Xususiy televideniye | 2002 |
Trend TV | d44, d45, d46 | Mahalliy | Xususiy televideniye | 2003 |
Laudato TV | d44, d45, d46 | Mahalliy | Xususiy televideniye | 2015 |
Kanal RI | D5 | Hududiy | Xususiy televideniye | 1999 |
TV Nova | D5 | Hududiy | Xususiy televideniye | 1996 |
Diadora TV | D7 | Hududiy | Xususiy televideniye | 2018 |
Jadran TV | D8 | Hududiy | Xususiy televideniye | 2001 |
Libertas TV | D9 | Hududiy | Xususiy televideniye | 2018 |
Zapad TV | L-ZA | Mahalliy | Xususiy televideniye | 2009 |
HDTV va DVB-T2
tahrir2007-yil mart oyida Zagrebda eksperimental yuqori aniqlikdagi televideniye (HDTV) eshittirishlari uzatila boshlangan. 2008-yilda Split, Rijeka va Osijek televideniye shtab kvartiralari kengaytirilgan. 2011-yil fevralda HD formatdagi eksperimental translatsiya tugallangan[45]. Xorvatiya radiotelevideniyesi va Nova TV tomonidan boshqarilgan ikkita eksperimental HDTV kanali faoliyat yuritgan. Xorvatiya hukumati tomonidan ishlab chiqilgan raqamli televideniyega oʻtish va DVB-T HDTV kanallarini translyatsiya qilish MPEG-4 tomonidan amalga oshirilgan[46][47]. 2011-yil 11-oktyabrda Zagrebda H.264/MPEG-4 AVC kodlash va shartli kirish tizimidan foydalangan holda yuqori aniqlikdagi DVB-T2 translyatsiyasi boshlangan[48].
Multiplekslar
tahrirXorvatiyada uchta faol multipleksi (MUX) faoliyat yuritgan. MUX A va MUX B milliy kanallar uchun, MUX D esa mahalliy va milliy kanallar uchun efir uzatishga qaratilgan. MUX A-da HRT 1, HRT 2, RTL va Nova TV kanallari eng koʻp tomoshabinga egaligi bilan ajralib turgan. MUX B TV-da HRT 3, HRT 4, RTL 2 va Doma TV kabi telekanallarda esa eng koʻp efirlar namoyish qilingan. MUX D mahalliy telekanallarga qoʻshimcha ravishda Sport TV (SPTV), RTL Kockica va Xorvatiya musiqa kanali (CMC) kabi yuqori reytingli uchta kanal mamlakat boʻylab faoliyat olib borgan[49].
MUX Bdagi ikkita telekanalga litsenziya berish boʻyicha tanlov 2010-yil iyul oyida eʼlon qilingan va HAKOM quyidagi kanallar uchun takliflar olgan: RTL 2, Doma TV, OBN va KN. Nihoyat, litsenziyalar RTL 2 va Doma TVga berilgan[50]. RTL2 va Doma TV 2011-yil 2-yanvardan efirga uzatila boshlangan. Mux D mahalliy translyatsiya uchun litsenziyalar 2010-yil dekabr oyida Xorvatiya musiqa kanali (CMC), Sportska TV (Xorvatiya Olimpiya Qoʻmitasiga tegishli telekenal) va KN telekanallariga berilgan. Ular 2011-yil mart oyining oxiri va aprel oyi boshidan efirga chiqish uchun oʻz faoliyatini boshlagan[51].
KN dastlab MUX B-da translyatsiya qilingan. Litsenziyaga ega boʻlish uchun telekanal 6 oylik sinov holatida boʻlgan va keyinchalik boshqa multiplekslar MUX D tarkibida (MUX D – mahalliy va mamlakat boʻylab xizmatlarni bir vaqtning oʻzida amalga oshirishga qaratilgan) oʻz faoliyatini davom ettirgan . MUX B tarkibida ikkita yangi kanal, HRT 3 va HRT 4 faoliyat olib borgan. Ikkalasi 2012-yil oxirigacha oʻz faoliyatini toʻliq olib borishi koʻzda tutilgan[52].
Boʻlim | Multiplekslar | Kanal |
---|---|---|
D1 | MUX M1 (36-kanal)
(Kanal 36) |
HDTV1 |
HDTV2 | ||
RTL HD | ||
NOVA TV HD | ||
HD | ||
HD | ||
RTL 2 HD | ||
Doma TV HD | ||
MUX M2 (44-kanal)
(kanal 44) |
Sportka TV HD | |
RTL KOCKICA HD | ||
CMC HD | ||
Plava vinkovacka HD | ||
STV HD | ||
OSJECKA TV HD | ||
D2 | MUX M1 (39-kanal)
(Kanal 39) |
HDTV1 |
HDTV2 | ||
RTL HD | ||
NOVA TV HD | ||
HD | ||
HD | ||
RTL 2 HD | ||
Doma TV HD | ||
MUX M2 (43-kanal)
(kanal 43) |
Sportka TV HD | |
RTL KOCKICA HD | ||
CMC HD | ||
SBTV HD | ||
Plava TV HD | ||
D3 | MUX M1 (25-kanal)
(25-kanal) ) |
HDTV1 |
HDTV2 | ||
RTL HD | ||
NOVA TV HD | ||
HD | ||
HD | ||
RTL 2 HD | ||
Doma TV HD | ||
MUX M2 (34-kanal)
(Kanal 34) |
Sportka TV HD | |
RTL KOCKICA HD | ||
CMC HD | ||
VTV VARAZDIN | ||
D4 | MUX M1 (25-kanal)
(25-kanal) ) |
HDTV1 |
HDTV2 | ||
RTL HD | ||
NOVA TV HD | ||
HD | ||
HD | ||
RTL 2 HD | ||
Doma TV HD | ||
MUX M2 (40-kanal)
(kanal 40) |
Sportka TV HD | |
RTL KOCKICA HD | ||
CMC HD | ||
OTV HD | ||
MrezaZG HD | ||
Z1 HD | ||
d44-d45-d46 | MUX L1 (22-kanal)
(Kanal 22) |
Laudato TV HD |
Trend TV HD | ||
D5 | MUX M1 (28-kanal)
(Kanal 28) |
HDTV1 |
HDTV2 | ||
RTL HD | ||
NOVA TV HD | ||
HD | ||
HD | ||
RTL 2 HD | ||
Doma TV HD | ||
MUX M2 (23-kanal)
(Kanal 23) |
Sportka TV HD | |
RTL KOCKICA HD | ||
CMC HD | ||
KANAL RI HD | ||
TV NOVA HD | ||
D6 | MUX M1 (30-kanal)
(Kanal 30) |
HDTV1 |
HDTV2 | ||
RTL HD | ||
NOVA TV HD | ||
HD | ||
HD | ||
RTL 2 HD | ||
Doma TV HD | ||
MUX M2 (46-kanal)
(Kanal 46) |
Sportka TV HD | |
RTL KOCKICA HD | ||
CMC HD | ||
D7 | MUX M1 (51-kanal)
(Kanal 51) |
HDTV1 |
HDTV2 | ||
RTL HD | ||
NOVA TV HD | ||
HD | ||
HD | ||
RTL 2 HD | ||
Doma TV HD | ||
MUX M2 (22-kanal)
(Kanal 22) |
Sportka TV HD | |
RTL KOCKICA HD | ||
CMC HD | ||
DIADORA TV HD | ||
D8 | MUX M1 (33-kanal)
(Kanal 33) |
HDTV1 |
HDTV2 | ||
RTL HD | ||
NOVA TV HD | ||
HD | ||
HD | ||
RTL 2 HD | ||
Doma TV HD | ||
MUX M2 (53-kanal)
(Kanal 53) |
Sportka TV HD | |
RTL KOCKICA HD | ||
CMC HD | ||
JADRAN HD TV | ||
MrezaST HD | ||
D9 | MUX M1 (21-kanal)
(kanal 21) |
HDTV1 |
HDTV2 | ||
RTL HD | ||
NOVA TV HD | ||
HD | ||
HD | ||
RTL 2 HD | ||
Doma TV HD | ||
MUX M2 (59-kanal)
(Kanal 59) |
Sportka TV HD | |
RTL KOCKICA HD | ||
CMC HD | ||
Libertas TV HD | ||
L-ZA | MUX L (kanal 43) | ZAPAD TV |
IPTV, kabel va sunʼiy yoʻldosh televideniyesi
tahrirIPTV bozori tez rivojlanmoqda. 2009 va 2010-yillar oraligʻida IPTVga ulangan aholi soni 23% ga oʻsib, qariyb 300 000 tani tashkil etgan. IPTVdan foydalangan davlatlar qatorida Xorvatiya beshinchi oʻrinni egallab, Singapur, Gonkong, Kipr va Estoniyadan keyingi oʻrinda turadi[54]. 2011-yilning uchinchi choragida ularning soni yanada ortib, jami 349 138 kishini tashkil etgan. Bu Xorvatiya aholisining 23.6% ini tashkil qiladi. Shu bilan birga, kabel televideniyesiga ulangan 144 439 aholi va sunʼiy yoʻldosh televideniyesidan foydalanadiganlar soni 104 635 kishini (Xorvatiya aholisining 9.8 va 7.1 % ini tashkil qiladi) tashkil qilgan[55]. Xorvatiyadagi yetakchi IPTV provayderi MaxTV xizmatiga ega T-Hrvatski Telekom (T-HT), A1 Hrvatskaga (2018-yil 1-oktyabrgacha Vipnet) tegishli B.net esa mamlakatdagi yetakchi kabel televideniyesi provayderi hisoblanadi. 2018-yil 1-oktyabrdan B.net A1 IPTVning bir qismiga aylangan[56]. 2009-yildan baʼzi IPTV provayderlariga HDTV oʻrnatilishi taklif qilingan[57]. Boshqa IPTV provayderlari Optima, Iskon (T-HTga tegishli), Amis va boshqalarni oʻz ichiga olgan. IPTV va sunʼiy yoʻldosh televideniyesi (Maxtv SAT, A1 SAT, Total TV va hokazo) provayderlari odatda DVB-Tda mavjud boʻlgan barcha kanallar bilan hamkorlikda ishlashgan. Xorijiy kanallarning katta qismi dublyaj (kamdan-kam hollarda) yoki subtitrlar orqali montajlashtirilgan. Ikkita eng yirik IPTV va kabel televideniyesi provayderlari (DVB-Tda translyatsiya qilinuvchi kanallardan tashqari) Xorvatiyada faoliyat yuritayotgan 31 ta kanaldan iborat edi[58][59][60]. HRT, RTL, Nova TV va Z1 TV tomonidan uzatiladigan kabel va sunʼiy yoʻldosh telekanallarining auditoriyasi Nielsen kompaniyasi tomonidan aniqlab berilgan[61][62].
Nom | Dasturlash | |
---|---|---|
Arena Sport 1 | Sport | |
Arena Sport 2 | Sport | |
Arena Sport 3 | Sport | |
Arena Sport 4 | Sport | |
Arena Sport 5 | Sport | |
Arena Sport 6 | Sport | |
Arena Sport 7 | Sport | |
Arena Sport 8 | Sport | |
Arena Sport 9 | Sport | |
Arena Sport 10 | Sport | |
GP1 | Sport | |
Jang kanallari | Sport | |
Jugoton TV | Musiqa | |
DMC TV | Musiqa | |
Kino TV | Film | |
Kinoyulduzlar va Thriller | Oʻyin-kulgi va kundalik | |
Cinestar Premiere 1 va 2 | Film | |
CineStar TV | Oʻyin-kulgi va kundalik | |
Toʻliq televizor | Ish | |
Televideniye | Musiqa | |
5-kanal | Hududiy | |
Klasik TV | Oʻyin-kulgi va kundalik | |
MediaTravel.tv | Hujjatli film | |
Mini Nova | Bolalar | |
Orlando TV | Bolalar | |
Orlando bolalar | Bolalar | |
Narodna TV | Musiqa | |
RTL jinoyatlari | Seriya | |
RTL Ishtiyoq | Seriya | |
RTL | Seriya | |
Saborska televideniyesi | Parlament televideniyesi | |
Top Shop TV | Axboriy | |
Večernji.hr | Yangiliklar | |
Zdrava TV-7 | Oʻyin-kulgi va kundalik | |
Visat tarixi | Hujjatli filmlar | |
N1 | Yangiliklar | |
|
Hujjatli filmlar | |
Viasat Nature | Hujjatli filmlar | |
National Geographic | Hujjatli filmlar | |
Tarix 1 va 2 | Hujjatli filmlar | |
|
Hujjatli filmlar | |
RT | Yangiliklar | |
CNN | Yangiliklar | |
Klasik TV | Eski Yugoslaviya filmlari | |
Televizor 1000 | Filmlar | |
"Euronews" | Yangiliklar | |
FOX | Filmlar | |
HBO | Filmlar | |
Nikelodeon | Bolalar | |
MTV | Musiqa |
Maxsus sunʼiy yoʻldosh kanallari
tahrirHRT Yevropa, Yaqin Sharq, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Avstraliya va Yangi Zelandiya uchun maxsus sunʼiy yoʻldosh kanallari orqali efirga uzatilgan[67]. Eutelsat 16A (Viaccess shartli kirishdan foydalangan holda) sunʼiy yoʻldoshi orqali Yevropa va Yaqin Sharqqa uzatiladigan kanallar: HRT 1, HRT 2, HRT 3 va HRT 4 qatoriga kiradi. Sunʼiy yoʻldosh kanallari HRT tomonidan radio kanallarining translyatsiyasi uchun ham foydalanilgan[68].
Ismi | Dasturlash turi | Hududi | Shifr kodi | Sunʼiy yoʻldosh nomi |
---|---|---|---|---|
HRT 1 | Umumiy | Yevropa va Yaqin Sharq | FTA/ Viaccess 3.0 | Eutelsat 16A |
HRT 2 | Umumiy | Yevropa va Yaqin Sharq | Viaccess 3.0 | Eutelsat 16A |
HRT 3 | Ilmiy va hujjatli dasturlar | Yevropa va Yaqin Sharq | Viaccess 3.0 | Eutelsat 16A |
HRT 4 | Yangiliklar | Yevropa va Yaqin Sharq | FTA/Viaccess 3.0 | Eutelsat 16A |
Geografik mintaqa | Aholi ulushi |
---|---|
Slavoniya | 79% |
Lika, Kordun, Banovina | 63% |
Shimoliy Xorvatiya | 61% |
Shimoliy Xorvatiya qirgʻoqlari | 59% |
Dalmatiya | 47% |
Zagreb va uning atrofidagi hududlar | 43% |
Oʻrtacha | 57% |
OAVni tartibga solish
tahrirXorvatiyadagi televideniye sanoati Xorvatiya tarmoq sanoatini tartibga solish organi (HAKOM) tomonidan tartibga solinadi. HAKOM 2008-yil 26-iyundagi Elektron aloqalar toʻgʻrisidagi qonun asosida tashkil etilgan. Qonunning 5-moddasiga muvofiq, HAKOMga elektron aloqa xizmatlari va infratuzilma sohasida bozor raqobatini va xizmatlardan foydalanuvchilarning manfaatlarini ragʻbatlantirish va himoya qilish, shu bilan birga Yevropa Ittifoqining ichki bozorini rivojlantirishga hissa qoʻshish vazifasi yuklangan[73]. HAKOMning asosiy maqsadi isteʼmolchilar uchun arzon narxlarda elektron aloqa bozorining barqaror rivojlanishini taʼminlash, bozorga investitsiyalarni kiritish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash va Xorvatiyada ommaviy axborot vositalari sifatiga hissa qoʻshishdan iborat[74]. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga solish Xorvatiyada joylashgan davlat va xususiy teleradiokompaniyalarga tegishli majburiy tartibga soluvchi elektron ommaviy axborot vositalari kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Voyaga yetmaganlarni himoya qilishga qaratilgan qonun ertalab soat yettidan soat toʻqqiz, oʻn yoki oʻn birgacha boʻlgan vaqt oraligʻida zoʻravonlik, beadab holatlar, mast qiluvchi moddalar va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish va voyaga yetmaganlarning rivojlanishiga zarar yetkazuvchi boshqa sahna koʻrinishlarini turli ekranlarda tasvirlashni cheklaydi va muayyan dasturning reytingiga qarab dasturlarni mos ravishda 12, 15 yoki 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar uchun eslatma ham koʻrsatib oʻtishilishini nazoratga oladi. Bunday cheklov taʼlim, hujjatli, ilmiy yoki yangiliklar dasturlariga taalluqli emas[75].
HAKOM Xorvatiyada elektron televideniyening barcha turlari uchun translatsiya litsenziyalarini berishga, baholashga, bekor qilishga, aloqa-sanoat kompaniyalarining birlashishini tasdiqlashga, amaldagi qoidalarni buzgan shaxslarga jarima solishga va sohani doimiy nazorat qilishga qaratilgan[76].
Tilni mahalliylashtirish
tahrirMilliy qonunchilik Xorvatiyadagi barcha teledasturlar xorvat tilida, tarjima, dublyaj yoki subtitr yordamida amalga oshirilishini talab qiladi. Umuman olganda, multfilmlar va hujjatli filmlar va shunga oʻxshash dasturlarning hikoya qismlaridan tashqari barcha xorijiy dasturlar taglavhalarga ega holda namoyish qilinadi. Buni oʻzgartirishga urinish 2006-yilda Nova TV tomonidan, serial dublyaj qilinganida amalga oshirilgan. Ammo bu harakat tomoshabinlar va tanqidchilarning salbiy munosabatiga sabab boʻlib, tajriba toʻxtatilishiga olib kelgan[77]. Soʻngra, Elektron OAV Kengashi tomonidan serb tilida tayyorlangan televizion dasturlarni mahalliylashtirishni talab qiluvchi rasmiy soʻrovlar amalga oshirilgan[78]. Oxir-oqibat, bu muammo yopiq taglavhalar uchun ishlatiladigan telematn xizmatidan foydalangan holda subtitrlash orqali hal qilingan[79].
Ijtimoiy taʼsiri
tahrirXorvatiya televideniyesi mamlakatdagi boshqa barcha ommaviy axborot vositalari kabi bir tomondan global muammolar va tendensiyalar, ikkinchi tomondan milliy mavzularning toʻlaqonli qamrab olinmaganligi uchun tanqid qilingan. Xorvatiyadagi barcha yirik televizion tarmoqlar haddan tashqari kommersiya taʼsiri ostida deb hisoblanadi. Bu milliy madaniyat va ijtimoiy masalalarni targʻib qilishga unchalik eʼtibor bermaydigan xususiy telekoʻrsatuvchilarning xalqaro mulkchilik tuzilmalari, shuningdek, davlat tomonidan boshqariladigan HRTning reklama beruvchilarni dasturlash kontentini tartibga solish va HRTda cheklangan reklamaga qaramay, tomoshabinlarning eʼtiborini tortadigan dasturlar orqali jalb qilish boʻyicha ishlar rejalashtiriladi[80][81]. HRT maxsus qonun bilan cheklangan boʻlib, ushbu teleradiokompaniya prime time vaqtida kechqurun soat 6 dan 10 gacha reklama berib borishga qaratilgan[82]. Boshqa tomondan, HRT Xorvatiyadagi televizorlarga ega boʻlganlarga Xorvatiyadagi oʻrtacha oylik sof ish haqining 1.5 % miqdorida toʻlanadigan soliqdan daromad oladi[83]. 2012-yilda yillik foyda 80 kunani (10.60 yevro) tashkil etgan[84]. 2010-yilda esa HRTning yillik daromadi 1.2 milliard kunani (160 million yevro) tashkil qilgan[85].
Xorvatiyada televideniyening ijtimoiy taʼsiri nomukammal va oʻzgaruvchan sifatga ega deb hisoblansa-da, televideniye jamiyatda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki u nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz muammolarini jamoatchilikka yetkazish, hukumat va Xorvatiya siyosatining boshqa jihatlarini tanqid qilish vazifasini bajaradi[86]. Televideniye Xorvatiyada eng keng tarqalgan maʼlumot manbai hisoblanadi. Xorvatiya aholisining oʻrtacha 57 % i asosiy axborot manbai sifatida televizordan foydalanadi. Bu foiz geografik mintaqaga qarab sezilarli darajada farqlanadi. Zagrebdagi 43 % va poytaxt atrofidagi hududlardan Slavoniadagi 79 % gacha boʻlgan aholi televizordan foydalanadi. Internet ikkinchi eng koʻp foydalaniladigan axborot manbai boʻlib, oʻrtacha 19 % ni tashkil qiladi[87]. 2014-yilda mamlakatda 1.755 million televizor roʻyxatdan oʻtkazilgani qayd qilingan[87].
Eski kanallar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Ivana Rimac; Ivana Živko. „1939. prva TV slika u Hrvatskoj“ (hr). Jutarnji list (2008-yil 26-avgust). 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ Ivana Rimac; Ivana Živko. „1939. prva TV slika u Hrvatskoj“ (hr). Jutarnji list (2008-yil 26-avgust). 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „The Evolution of Croatian Radio and Television“. Croatian Radiotelevision (2009-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „The Evolution of Croatian Radio and Television“. Croatian Radiotelevision (2009-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „The Evolution of Croatian Radio and Television“. Croatian Radiotelevision (2009-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „O nama“ (hr). Nova TV (Croatia). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „RTL počeo emitirati program“ (hr). index.hr (2004-yil 30-aprel). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „The Evolution of Croatian Radio and Television“. Croatian Radiotelevision (2009-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „About us“. Odašiljači i veze. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Strategies and Studies“. Croatian Regulatory Authority for Network Industries. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „Karta gašenja analognog signala“ (hr). Vlada Republike Hrvatske –službeni web portal. Government of Croatia (2009). 2012-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Rokovi gašenja analogne TV“ (hr). Croatian Radiotelevision (2010-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2010-yil 5-oktyabr.
- ↑ „DIGITALNI PROBLEMI Milna na Braču - crna TV rupa“ (hr). Slobodna Dalmacija (2011-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 8-aprel.
- ↑ „Strategies and Studies“. Croatian Regulatory Authority for Network Industries. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „Croatia to convert to digital broadcasting in 2011“. Government of Croatia (2008-yil 31-iyul). 2014-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „Kupon za popust pri kupnji digitalnog prijamnika – tijek realizacije od podjele kupona do isplate trgovcima“ (hr). Government of Croatia (2009-yil 29-iyun). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „DVB-T – Television of the New Era“. Odašiljači i veze. 2019-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-dekabr.
- ↑ „DTV – Plan and status“. Odašiljači i veze. 2019-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „Tromjesečni usporedni podaci tržišta elektroničkih komunikacija u Republici Hrvatskoj, treće tromjesečje 2011. godine“ (hr). Croatian Regulatory Authority for Network Industries. 2013-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „The Evolution of Croatian Radio and Television“. Croatian Radiotelevision (2009-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „About us“. Odašiljači i veze. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Odašiljači digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. 2014-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-dekabr.
- ↑ „Odašiljači digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. 2014-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-dekabr.
- ↑ „Odašiljači digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. 2014-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-dekabr.
- ↑ „Odašiljači digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. 2014-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-dekabr.
- ↑ „HAKOM intenzivno radi na uklanjanju smetnji u digitalnom TV signalu na području Istre“ (hr). Nacional (weekly) (2010-yil 16-dekabr). 2011-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ Sanja Stapić. „Nećemo dopustiti da Dalmacija i Istra gledaju samo talijanske programe“ (hr). Slobodna Dalmacija (2011-yil 9-fevral). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „Priopćenje uprave OIV-a na probleme u prijemu DVB-T signala zbog smetnji iz Italije“ (hr). Odašiljači i veze (2011-yil 8-fevral). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „Riješen problem ometanja digitalnog signala hrvatskih televizija iz odašiljača s područja Italije“ (hr). Novi list (2011-yil 26-avgust). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „Smetnje u Istri – rješenje na vidiku?“. Croatian Radiotelevision (2011-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „Vodič do boljeg TV signala“ (hr). Glas Istre (2011-yil 22-avgust). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „Popis programa i servisa digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. 2011-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-oktyabr.
- ↑ „O name“ (hr). Doma TV. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „Mjerač gledanosti programa“ (hr). Jutarnji list (2007-yil 12-iyul). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „TAM Overview“. Nielsen Company. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „Što nam donosi jesen na televiziji?“ (hr). t-portal.hr (2010-yil 27-avgust). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
- ↑ „Prihvaćen Zakon o HRT-u“ (hr). Croatian Radiotelevision (2010-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
- ↑ Božena Matijević; Andro Bernardić; Damir Mrvec. „Ništa novo na pet novih programa“ (hr). Večernji list (2010-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
- ↑ „Popis programa i servisa digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. 2011-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-oktyabr.
- ↑ „The Evolution of Croatian Radio and Television“. Croatian Radiotelevision (2009-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Popis programa i servisa digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. 2011-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Mjerač gledanosti programa“ (hr). Jutarnji list (2007-yil 12-iyul). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „TAM Overview“. Nielsen Company. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „Popis programa i servisa digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. 2011-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-oktyabr.
- ↑ „DVB-T – Television of the New Era“. Odašiljači i veze. 2019-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „DVB-T odašiljanje u HDTV kvaliteti“ (hr). Croatian Radiotelevision (2011-yil 4-fevral). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „Produkcija Nove TV u posljednjem kriku HD tehnologije“ (hr). Nova TV (Croatia) (2010-yil 6-avgust). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „DVB-T2 experimental broadcasting“. Odašiljači i veze (2011-yil 14-oktyabr). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „Popis programa i servisa digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. 2011-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-oktyabr.
- ↑ Božena Matijević; Antonio Mandir. „Na dvije nove televizije u početku tek tri nove domaće emisije“ (hr). Večernji list (2010-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 8-yanvar.
- ↑ „Popis programa i servisa digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. 2011-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Programska mjesta HRT3 i HRT4 u mreži MUX B“ (hr). Croatian Radiotelevision (2011-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 8-yanvar.
- ↑ „Popis programa i servisa digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. 2011-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-dekabr.
- ↑ Marinko Petković. „Telekomi u minusu zbog smanjene potrošnje korisnika“ (hr). Vjesnik (2011-yil 27-fevral). 2012-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „Tromjesečni usporedni podaci tržišta elektroničkih komunikacija u Republici Hrvatskoj, treće tromjesečje 2011. godine“ (hr). Croatian Regulatory Authority for Network Industries. 2013-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ Merita Arslani. „Udar na HT: Vipnet kupio B.net za 93 milijuna eura i ušao na novo tržište“ (hr). Jutarnji list (2011-yil 8-iyun). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „Započinje komercijalno korištenje MAXtv HD usluge“ (hr). PC Chip (2009-yil 3-aprel). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „Osnovni Extra paket“ (hr). T-Hrvatski Telekom. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „Sportski paket“ (hr). T-Hrvatski Telekom. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „Ponuda programa“ (hr). B.net. 2014-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „Mjerač gledanosti programa“ (hr). Jutarnji list (2007-yil 12-iyul). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „TAM Overview“. Nielsen Company. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „Osnovni Extra paket“ (hr). T-Hrvatski Telekom. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „Sportski paket“ (hr). T-Hrvatski Telekom. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
- ↑ „Ponuda programa“ (hr). B.net. 2014-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „OIDC Form_Post Response“. sso.hrvatskitelekom.hr. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
- ↑ „HRT broadcasting via satellite“. Croatian Radiotelevision. 2013-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „Broadcasting via satellite for Europe and Middle East“. Croatian Radiotelevision (2012-yil 1-yanvar).
- ↑ „Broadcasting via satellite for Europe and Middle East“. Croatian Radiotelevision (2012-yil 1-yanvar).
- ↑ „Broadcasting HRT programmes via satellite for Australia and New Zealand“. Croatian Radiotelevision (2012-yil 1-yanvar). 2009-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „Broadcasting HRT programmes via satellite for North America“. Croatian Radiotelevision (2012-yil 1-yanvar).
- ↑ „Hrvati najviše koriste televiziju kao izvor informiranja“ (hr). Poslovni dnevnik (2011-yil 15-mart). 2011-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
- ↑ „Zakon o elektroničkim komunikacijama“ (hr). Narodne Novine (2008-yil 26-iyun). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „Mission, values, goals“. Croatian Regulatory Authority for Network Industries. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „Pravilnik o zaštiti maloljetnika“ (hr). Narodne novine (2010-yil 13-may). Qaraldi: 2012-yil 4-iyul.
- ↑ „Zakon o elektroničkim komunikacijama“ (hr). Narodne Novine (2008-yil 26-iyun). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ Siniša Pavić. „Švarci (ne)će "šprehati" hrvatski“ (hr). Slobodna Dalmacija (2006-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
- ↑ Milena Zajović. „'Ko nas bre prevodi?' – Vijeće zna da je zakon loš, ali ga ipak provodi“ (hr). Večernji list (2012-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
- ↑ „Eureka! HRT našao rješenje za sporno titlovanje srpskih filmova“ (hr). Slobodna Dalmacija (2012-yil 2-fevral). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
- ↑ Stjepan Malović (2005) "Odnos masovnih medija i kulture [Relationship of mass media and culture]" (hr) Kolo (magazine) (Matica hrvatska) (2) ISSN 1331-0992 archived from the original on 2009-04-13 https://web.archive.org/web/20090413080710/http://www.matica.hr/Kolo/kolo2005_2.nsf/AllWebDocs/smalovic. Qaraldi: 5 July 2012.Xorvatiya televideniyesi]]
- ↑ Ivana Čerkez (March 2009) "Osnovna obilježja medijske komunikacije u demokratskoj kulturi [The basic characteristics of media communications in a democratic culture]" (hr) Socijalna Ekologija: Journal for Environmental Thought and Sociological Research (Croatian Sociological Society, Institute of Sociology at Faculty of Philosophy, University of Zagreb) 18 (1): 28–45 ISSN 1330-0113 http://hrcak.srce.hr/index.php?show=clanak&id_clanak_jezik=64293&lang=en. Qaraldi: 5 July 2012.Xorvatiya televideniyesi]]
- ↑ „Prihvaćen Zakon o HRT-u“ (hr). Croatian Radiotelevision (2010-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
- ↑ „Zakon o Hrvatskoj radioteleviziji“ (hr). Narodne novine (2003-yil 19-fevral). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
- ↑ „Odobreni veći prosvjedi; Milanović: Brodogradnja će opstati; HRT ostaje na 80 kn“ (hr). Slobodna Dalmacija (2012-yil 15-mart). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
- ↑ Lidija Kiseljak. „Država HRT-u dala više nego što su svi drugi zaradili na oglasima“ (hr). Večernji list (2010-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
- ↑ Ivana Čerkez (March 2009) "Osnovna obilježja medijske komunikacije u demokratskoj kulturi [The basic characteristics of media communications in a democratic culture]" (hr) Socijalna Ekologija: Journal for Environmental Thought and Sociological Research (Croatian Sociological Society, Institute of Sociology at Faculty of Philosophy, University of Zagreb) 18 (1): 28–45 ISSN 1330-0113 http://hrcak.srce.hr/index.php?show=clanak&id_clanak_jezik=64293&lang=en. Qaraldi: 5 July 2012.Xorvatiya televideniyesi]]
- ↑ 87,0 87,1 „Hrvati najviše koriste televiziju kao izvor informiranja“ (hr). Poslovni dnevnik (2011-yil 15-mart). 2011-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.