Xrabek qishlogʻi (Xirabek) — Andijon viloyati Andijon tumanidagi qadimiy qishloq. Qadimgi turkiy tilda „kara“, „xara“ tepalik, oʻrtacha baland doʻnglik maʼnosida keladi. Darhaqiqat, Xirabek qishlogʻi adirlar yonbagʻrida joylashgan. „Boburnoma“da „xarabuk“ deb yozilgan. „Xirabek“dagi „bek“, bizningcha, tepaliklarning balandrogʻi degan maʼnoda qoʻshilgan boʻlsa kerak. Xrabek qishlogʻi Andijon shahrining sharqiy tomonida, Yangi Andijon shahriga yaqin hududda joylashgan. Xrabek qishlogʻi tarkibiga Doʻngqishloq, Kengash, Saddatagi mahalla fuqarolar yigʻinlari kiradi. Xrabek qishlogʻining janubida Andijon-Janubiy stansiyasi mavjud.

Xrabek
Qishloq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Andijon viloyati
Tuman Andijon (tuman)
Avvalgi nomlari Xirabek
Rasmiy til(lar)i Oʻzbek
Milliy tarkib oʻzbeklar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 74 373
Pochta indeks(lar)i 170620
Avtomobil kodi 60

Manbalar

tahrir

[1] [2] [3]

  1. O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati, Birinchi nashr, Toshkent: Donishmand ziyosi — 624-bet. ISBN 978-9943-7673-7-9. [sayt ishlamaydi]
  2. „Xrabek qishlog'i“. https://www.youtube.com/watch?v=QaZcZ7p2Dxg.
  3. „O‘zbekiston Respublikasining pochta indekslari“. uz.post.