Xromtov (tuman)
Xromtov tumani — Oqtoʻbe viloyatining shimoliy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 12,9 ming km2. Tuman 1935-yilda tashkil topgan. Aholisi 41 334 (2013);[1] kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 3,2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Xromtov shahri[4].
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Oqtoʻbe viloyati |
Maʼmuriy markazi | Xromtov |
Asos solingan sanasi | 1935-yil |
Akim | Oʻralmagʻambetov Jetkergen Tileulesuli |
Rasmiy tillar | qozoq |
Aholi (2013) | 41,334[1] |
Zichligi | 3,2 kishi./km² |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar |
Maydoni | 12,900 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 71336[2] |
Pochta indeksi | 031100-031120[3] |
Avtomobil raqami kodi | D, 04 |
Rasmiy sayti | http://hromtau.aktobe.gov.kz/ |
Xaritada | |
50°15′28″N 58°26′8″E / 50.25778°N 58.43556°E |
Iqlimi
tahrirTuman iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –16 – 18 °С ayrim vaqtlarda -44 °С gacha sovub ketadi. Iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 21 – 23°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 250 – 300 mm.
Aholi punktlari
tahrirOqjor (Novorossiyskoe), Boʻgetsoy, Koʻktov, Qoʻpa, Oqquduq (Kredikovka), Qudiqsoy, Qizilsuv, Maytoʻbe, Molodejnoye, Nikeltov, Oʻysilqora, Prostornoe, Sorisoy, Susanovka, Suxinovka, Tabantol, Tasoʻtkel, Troitskoe, Xromtov.
Ijtimoiy soha
tahrirTumanda 38 ta maktab, 1 kasbiy-texnik maktab, 3 ta bolalar bogʻchasi, madaniyat uyi, kutubxonalar, stadionlar aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida kasalxona, 29 feld.-akusherlik punkt, “Mugʻaljar” xordiq maskani aholi uchun xizmatda[5].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Население Республики Казахстан“ (Russian). Департамент социальной и демографической статистики. Qaraldi: 2013-yil 27-dekabr.
- ↑ Телефонные коды
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ www.geonames.de Subdivisions of Kazakhstan in local languages
- ↑ Qozoq Ensilopediyasi, II tom