Xronik alkogolizm — spirtli ichimliklarni uzoq vaqt, surunkasiga meʼyoridan ortiq ichish natijasida sekin-asta avj oladigan kasallik. Dastlab odam koʻp ichgani bilan o'zini zaharlangandek his qilmaydi, qusmaydi, „ichkilikni koʻtaradigan“ boʻlib qoladi; u ichkilikka xirs qoʻyib butun fikri-zikriichib, mast boʻlishga moyil boʻlib qoladi, faqat mastlik holidagina u orom topgandek boʻladi. Boshqa paytlarda oʻzini lanj sezib, noxush bo;lib yuradi. Avzoyi buzilib, mehnat qobiliyati pasayib ketadi. Kerakli ichkiligini ichib olgandan keyin chehrasi ochilib, koʻngli joyiga tushadi, ruhan tetiklashib qoladi.

Alkogolizmga mukkasidan ketish

Surunkali alkogolizmning rivojlanishi bilan qaram odamda salbiy fazilatlar kuchayadi, u xudbin, qattiqqoʻl va boshqalarga toqat qilmay qoladi. U oʻz nuqtai nazarini har qanday qarshilikni gʻazab va tajovuz bilan qabul qiladi, shuning uchun uni turmush tarzini oʻzgartirishga harakat qilish juda mushkul. Uning uchun hamma narsaning markazida alkogol va u bilan bogʻliq narsalar turadi. Asta-sekin, qaram odam oʻz ishiga, oilasiga qiziqishni yoʻqotadi, u yaqinlarining ehtiyojlari haqida qaygʻurishdan toʻxtaydi[1].

Vaqt oʻtishi bilan ichkilikka xirs qoʻyish tobora kuchayib, kishi huddi haddan tashqari ochqolgan, chanqagan odam koʻyiga tushadi, shunda uning koʻz qorachiqlari kengayib, aʼzoyi badanini ter bosadi. Mastlikning birinchi holatdagi beradigan rohati ham kamayadi, u edni insonni boʻshashtirmaydi, tinchlantirmaydi ham, aksincha serharakat, tinib-tinchimas qilib qoʻyadi. Bemor ichkilik ichmagan vaqti lanj, paishonxotir ahvolda boʻladi, ammo ichib olgach jonlanib, harakatlari chaqqonlashadi. Lekin bunday koʻngil hushlikdan u tezgina tajanglik, gʻazabga tushadigan, yigʻlayveradigan holatga oʻtib qolishi, shuningdek, unda oʻrinsiz rashk, janjalkashlik, bosqinchilik ruhi paydo boʻlishi mumkin[2].


Dunyo miqyosida tarqalishi tahrir

Xronik alkogolizm — bu kasallikning xalqaro tasnifidan (ICD) chiqarib tashlangan tashxisning eskirgan nomi. ICD — 10 ning yangi versiyasida „alkogolga qaramlik sindromi“ atamasi qoʻllaniladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining hisobotiga koʻra, sayyoramizda 70 millionga yaqin odam alkogolizmdan aziyat chekmoqda. Bugungi kunda Rossiyada ogʻir ichuvchilar toifasiga aholining 10 foizi kiradi, ularda erkaklarning ulushi ayollarnikidan 5-10 baravar ortiq.

 
Alkagol taʼsirida kuzatilgan oʻlim holatlari (1990-2019)

1950-yillarga qadar Yevropa va Amerika mamlakatlaridagi jamiyat va shifokorlar ongida alkogolizm kasallik sifatida emas, balki insonning axloqiy zaifligi, buzuqligi, irodasizligi natijasida paydo boʻladigan illat sifatida qaralgan.Keyingi yillarda ilmiy tadqiqotlar natijasida ushbu kasallik biologik, psixologik va ijtimoiy kabi koʻplab omillarni oʻz ichiga olganligi koʻrsatildi[3].

Sabablari tahrir

Surunkali alkogolizm bu kimyoviy qaramlikdir. Tana etanolning yana bir dozasini talab qiladi, shuning uchun bemor doimiy alkogol, spirtli ichimliklar isteʼmolidan oʻzini toʻxtata olmaydi. Ammo kasallikka olib keladigan predispozitsiya qiluvchi omillar ham mavjud:

  • Yangi jamoada moslashishdagi qiyinchiliklar.
  • Oʻzaro munosabatlarni buzmaslik uchun hamkasblar bilan birga ichish majburiyadi.
  • Irsiyat (agar oilada allaqachon ichkilikbozliklar avjiga olgan boʻlsa).
  • Oiladagi muammolar yoki toʻliq yolgʻizlik.
  • Spirtli degidrogenaza deb ataladigan fermentning minimal miqdori.
  • Doimiy stress va ruhiy azob.

Belgilari tahrir

Koʻp ichadigan odam sogʻligʻida quyidagi holatlar kuzatiladi:

  • shamollash;
  • yaralar va jarohatlar;
  • surunkali bosh ogʻrigʻi;
  • oshqozon-ichak traktining buzilishi;
  • uyqu buzilishi haqida tez-tez shikoyatlar.

Tashqi belgilar:

  • yuzning qizarishi;
  • qizargan koʻzlar;
  • barmoqlarning titrashi (ayniqsa ertalab);
  • chekish;
  • koʻz qovog'idagi doimiy koʻkarishlar;
  • toʻgʻri harakatlana olmaslik;
  • mushaklar kuchsizligi, oyoq va toʻpiqda ogʻriq;

Manbalar tahrir

  1. „Syrynkali alkogolizm“. Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
  2. Salomatlik ensiklopediyasi, 1985-yil — 450 bet. 
  3. „Chronic alcoholism“. Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.