Xumoyun dahasi — Mirzo Ulugbek tumanida, Axmad Yugnakiy dahasi, Qorasuv kanali va Toshkent viloyatining Geofizika shaharchasi oraligʻida joylashgan.

Tarixi

tahrir

1970-yilning 2-yarmida tashkil etilgan. 1990-yilgacha turli nomlarda atalgan.

Inshootlar

tahrir

Dahada 40 dan ziyod koʻp qavatli turar joy binolari, maʼmuriy binolar, savdo va umumiy ovqatlanish maskanlari, maishiy xizmat koʻrsatish va turli servis xizmatlari, oilaviy poliklinika, kichik va oʻrta biznes subyektlari, oʻquv muassasalari mavjud va shu dahada istiqomat qiluvchi aholiga xizmat koʻrsatib kelmoqda[1].

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent ensiklopediyasi 2009, s. 763.

Adabiyotlar

tahrir

Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780-bet.