Xuvaharzoda
Xuvaharzoda — (1090—yilda vafot etgan.) muhaddis, mufassir, faqih bo‘lgan.
Xuvaharzoda | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis, mufassir, faqih |
Abu Bakr Muhammad ibn Husayn Qudaydiy Buxoriy buxorolik taniqli muhaddis, mufassir va faqih olim. Samʼoniyning yozishicha, qozi va imom Abu Sobit Muhammad ibn Ahmad Buxoriyning jiyani boʻlgani uchun Xuvaharzoda deb laqab berilgan. 5 ustozi va 3 shogirdi borligi manbada qayd etib oʻtilgan. Xuvaharzoda fiqh va hadisga doir 6 asar yozgan. Ammo asarlari haqidagi maʼlumotlar saqlanmagan[1].
Adabiyotlar
tahrir- „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.
Manbalar
tahrir- ↑ Islom ensiklopediyasi. – B. 261.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |