YG Entertainment

Janubiy Koreya ko'ngilochar kompaniyasi

37°32′55.9″N 126°54′29.5″E / 37.548861°N 126.908194°E / 37.548861; 126.908194

YG Entertainment Inc.

Logo 2013-yil mart oyidan beri ishlatiladi
Turi Ommaviy
Tarmogʻi
Qachon asos solingan 24-fevral, 1996-yil (28 yil avval) (1996-02-24)
Joylashuvi 397-5 Hapjeong-dong
Asoschi(lari) Yang Hyun-suk
Daromadi 266.645 milliard ₩ (2021)
Operatsion foydasi 37.316 milliard ₩ (2021)
Ishchilar soni 678 (2010-yil)
Vebsayti ygfamily.com

YG Entertainment Inc. (koreyscha: YG 엔터테인먼트) — 1996-yilda Yang Hyung-suk tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyaning millatlararo koʻngilochar agentligi[1]. Kompaniya ovoz yozish leybli, isteʼdodlar agentligi, musiqiy prodyuserlik korxonasi, tadbirlarni boshqarish va konsert tashkil qilish kompaniyasi sifatida ishlaydi. Bundan tashqari, shirkat kiyim-kechak liniyasi, golf boshqaruvi agentligi va kosmetika brendini oʻz ichiga olgan alohida ommaviy savdo kompaniyasi „YG Plus“ ostida bir qator shoʻba korxonalarini boshqaradi[2].

„YG Entertainment“ kompaniyasining hozirgi kundagi ijodkorlari tarkibiga "Sechs Kies", „Big Bang“, „Akdong Musician“, „Winner“, „iKon“, „Blackpink“ va „Treasure“ guruhlari shuningdek aktyor va aktrisalar, jumladan Kang Dong-won, Choi Ji-woo, Cha Seung-won, Li Sung-kyung, Jin Kyung, Jang Ki-yong, Yo In-na, Son Na-in va Yu Seung-ho kiradi. Boshqa bir taniqli ijodkor Jeon Somi „YG Entertainment“ shoʻba korxonasi „The Black Label“ kompaniyasi ostida faoliyat yuritadi.

Sobiq ijodkorlariga Wheesung, Epik High, 1TYM, Gummy, Seven, Minzy, Park Bom, 2NE1, Nam Tae-hyun, Li Jong-suk, Psy, Seungri, B.I, One, CL, Li Hi, Jinusean, Sandara kiradi.

Tarixi

tahrir

1996-yil mart oyida birinchi avlod K-pop guruhi „Seo Taiji and Boys“ guruhining sobiq aʼzosi Yang Hyun-suk oʻzining ukasi Yang Min-suk bilan birga „YG Entertainment“ kompaniyasiga asos solgan[1][3]. Kompaniya birinchi bor hip-hop triosi „Keep Six“ bilan shartnoma tuzgan. Trio mashhurlikka erisha olmagach, Yang diqqatini „Jinusean“ juftligiga va 1998-yilda „1TYM“ guruhi debyutiga qaratdi. Bular zafarli ijodkorlar boʻlib, Yang uchun YG muvaffaqiyatini va hip-hop janrini koreys musiqasiga olib kelgan.

1999-yilda YG sanʼatkorlari „YG Family“ nomi ostida hamkorlikda albom chiqarishdi. Leybl faoliyati Perry, Swi.T, Big Mama, Lexy, Gummy va Wheesung kabi qoʻshiqchilarning ijodlari bilan davom etdi. Shuningdek, kompaniya „45 RPM“ va „Stony Skunk“ guruhini oʻz ichiga olgan „YG Underground“ leyblini yaratdi. 2001-yilda YG Family ning ikkinchi albomi chiqdi. Oʻsha paytda leyblda stajyor boʻlgan ijodkorlar qatorida 13 yoshli G-Dragon ham bor edi[4].

Agentlik Koreyada ham, Yaponiyada ham 2003-yilda oʻzining birinchi „idol“ qoʻshiqchisi Seven bilan muvaffaqiyat qozongan[5][6].

Faoliyati

tahrir
 
„Big Bang“ YG ning eng muvaffaqiyatli guruhi boʻlib, 2014-yildan 2017-yilgacha Koreyada sotilgan YG albomlarining yarmidan koʻpi guruhga tegishli boʻlgan[7].

Seven muvaffaqiyatidan soʻng, YG 2006-yilda oʻzining birinchi „Big Bang“ nomli idol guruhini tuzdi. Dastlabki salbiy tanqidlarga qaramay, guruhning keyingi yildagi muvaffaqiyati va ularning doimiy mashhurligi guruhni dunyodagi eng katta va eng boy oʻgil bolalar guruhlaridan biriga aylantirdi[8]. Shundan so‘ng 2009-yilda YG ning zafarli boʻlgan „2NE1“ nomli birinchi qizlar guruhi paydo bo‘ldi, ular 2016-yilda bo‘linib ketishdan oldin Janubiy Koreyadagi eng mashhur qizlar guruhlaridan biri hisoblangan[9]. Sevenga oʻxshab, ikkala guruh ham Yaponiyada ham taniqli qoʻshiqchilarga aylangan[10][11][12].

 
„2NE1“ 2009-yilda

Xalqaro tan olinishi

tahrir

2012-yil YG agentligi bilan bilan shartnoma imzolagan Psy ning „Gangnam Style“ qoʻshigʻi virusli video sifatida dunyo boʻylab mashhurlikka erishdi. 21-avgust kuni video iTunes Music Video Charts xit-paradida birinchi oʻrinni egalladi. Janubiy koreyalik ijodkor bunday eʼtirofga birinchi bor erishgan edi[13]. 24-noyabrga kelib, „Gangnam Style“ YouTube tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan videoga va milliardlab tomoshadan oshgan birinchi videoga aylandi[14].

Oʻsha yili leybl tanaffusdan soʻng oʻz faoliyatini qaytadan boshlagan „Epik High“ hip-hop guruhi sardori reper va prodyuser Tablo bilan shartnoma imzoladi[15]. Keyinchalik „Epik High“ guruhi ham Tabloning muvaffaqiyatini koʻrib leyblga qoʻshildi[16].

 
„Winner“ guruhi 2014-yilda muvaffaqiyatli debyut qilgan. Ular debyutlaridan atigi olti kun oʻtgach, birinchi musiqiy shou gʻalabasini qoʻlga kiritganlar.

2015-yilda YG 2018 -yil dekabrigacha qurib bitkazilishi rejalashtirilgan Kyonnggido shahrida joylashgan yangi sanoat majmuasiga qariyb 100 million AQSh dollari sarmoya kiritdi[17]. Shuningdek, shtab-kvartirasini kengaytirish maqsadida Seuldagi 16 milliard (14 million AQSh dollari) qiymatidagi koʻchmas mulk sotib olindi[18]. Oʻsha yili kompaniya tomonidan ikkita sub-leybl yaratildi, birinchisi Tablo tomonidan[19], ikkinchisi YG prodyuserlari „1TYM“ guruhidan Teddy Park va Stony Skunk guruhi aʼzosi Kush tomonidan boshqarildi[20]. Bundan tashqari, „WIN: Who is Next“ realiti-shousida mag‘lubiyatga uchragan jamoa aʼzolari yangi aʼzo bilan birga qayta birlashib „iKon“ guruhi sifatida debyut qilishgan[21].

 
„iKon“ guruhi 2015-yilda debyut qilgan. Ularning 2018-yilgi „Love Scenario“ singli oʻsha paytda bir nechta rekordlarni yangilagan.

YG 2016-yilda „Blackpink“ nomli ikkinchi qizlar guruhinining debyutini uyushtirdi[22]. Keyingi yili yakkaxon reper One sahnada ilk chiqish qildi[23].

 
"Blackpink" 2016-yilda debyut qilib, Billboard’s World Digital Song Sales xit paradida to‘rt marta birinchi o‘rinni egallagan birinchi K-pop ayollar guruhiga aylangan.

Sakkiz yildan soʻng 2018-yil may oyida Psy kompaniyani tark etdi[24]. Epik High aʼzosi Tablo oʻzining hip-hop guruhi bilan 2018-yil oktabr oyida olti yillik hamkorlikdan soʻng YG bilan shartnomani bekor qilganini eʼlon qildi[25].

2022-yilda „YG Entertainment“ „Treasure“ guruhi oʻzining yangi albomi bilan sahnaga qaytishini eʼlon qildi[26], albom 2022-yil fevral oyida chiqadi[27]. Jinwoo va Seunghoon 2022-yil yanvar oyida majburiy harbiy xizmatni tugatgandan so‘ng va Seungyun va Mino guruh tanaffus vaqtida yakkaxon albomlarini faol ravishda chiqargandan so‘ng, „Winner“ guruhi yana to‘liq tarkib bilan birlashib, tez orada yangi albom bilan qaytishlarini eʼlon qilgan[28].

2022-yil 1-iyul kuni „YG Entertainment“ asoschisi Yang Hyun-sukning ukasi Yang Min-suk 3 yildan so‘ng agentlikka bosh direktor sifatida qaytgan[29].

Hamkorliklar

tahrir

"YG Entertainment" ijodlari quyidagilar orqali tarqatiladi:

Shoʻba korxonalari

tahrir

HIGHGRND

tahrir

"HIGHGRND"(talaffuzi: Hay Graund (baland zamin) deb oʻqiladi) — „Epik High“ guruhi aʼzosi Tablo boshchiligidagi mustaqil ochilgan sub leybl edi[30]. 2015-yil 21-iyun kuni Tablo Instagram orqali Hyukoh guruhini leyblning birinchi rasmiy guruhi sifatida tanishtirdgan[31]. Oʻshandan beri kompaniyada Millic, offonoff, Punchnello, Code Kunst, Way Ched, The Black Skirts, Idiotape va Incredivle stajyor sifatida faoliyat olib borgan. Biroq, 2018-yil 11-aprelda Tablo 2017-yili bosh direktor lavozimidan ketgani sababli, „HIGHGRND“ leybli endi faol emasligi haqida eʼlon qilingan[32].

2019-yil iyun oyida „YG Plus“ reklama kompaniyasi „HIGHGRND“ leyblining ijtimoiy media akkauntlarini egallab, ularni „ SEOUL MUSIC“ nomi bilan qayta ishga tushirdi.

Shining Star Culture

tahrir

"Shining Star Culture" leyblida qoʻshiqchilar Jane (제인/简) va Vicky (비키/維琪) stajyor boʻlib faoliyat yuritgan, shuningdek, leybl „YG China“ nomi bilan ham tanilgan. „Shining Star Culture“ leyblining tashkil etilgani birinchi boʻlib „Youth With You“ (2-mavsum) shousida eʼlon qilingan. 

Xayriya

tahrir

Kompaniya qishki mavsumda ehtiyojmand oilalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 4400 AQSh dollari miqdoridagi ko‘mir yetkazib beradi[33]. U 2011-yilda Tōhokudagi zilzila va tsunamidan keyin Yaponiyaga tabiiy ofatlarni bartaraf etish uchun 500 000 AQSh dollari atrofida xayriya qilishini eʼlon qilgan[34].

2015-yilda YG Nepaldagi zilziladan keyin tabiiy ofatlardan kelib chiqqan muammolarga yordam berish uchun UNICEFning Koreya qo‘mitasiga jami 100 million ₩ (92 450 AQSh dollari) xayriya qildi[35].

2022-yil mart oyida YG korxonasi Uljin, Gyonbuk, Samcheok va Gangvondagi o‘rmon yong‘inlaridan jabr ko‘rgan aholiga yordam berish uchun Hope Bridge Disaster Relief Association (Hope Bridge ofatlarga yordam berish uyushmasi) ga ₩500 million xayriya qildi[36].

Ijodkorlari

tahrir

„YG Entertainment“ ostidagi barcha musiqiy sanʼatkorlar va aktyorlar mos ravishda „YG Family“ va „YG Stage“ nomi bilan tanilgan[37][38].

Yozuvchi ijodkorlar

tahrir

Mustaqil ijodkorlar

tahrir

Aktyor va aktrisalar

tahrir

 

Sobiq sanʼatkor va aktyorlar

tahrir

Sobiq sanʼatkorlar

tahrir

 

Sobiq aktyor va aktrisalar

tahrir

 

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „YG is different“. The Korea Times (2015-yil 17-aprel). 2016-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-iyun.
  2. Song. „[KOSDAQ Star Strong Japanese partner to defend YG from THAAD risk“]. The Korea Herald (2016-yil 15-avgust). 2016-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-avgust.
  3. Kim. „KPOP NEWS - The History of Yang Hyun Suk and YG: From ′Boy′ to ′CEO′ (Pt. 1)“. Mwave (2012-yil 19-may). 2015-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-iyun.
  4. „G-Dragon - 내 나이 열셋 (My Age is 13) Full MV“. YouTube (2012-yil 25-aprel). 2014-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-mart.
  5. Lee. „KPOP NEWS - [K-Pop Battle Se7en vs. Rain“]. Mwave (2013-yil 21-mart). 2015-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-iyun.
  6. „K-Pop Idols And The Formidable American Debut - KultScene“ (en-US). KultScene (2014-yil 21-oktyabr). 2016-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-iyun.
  7. Park, Ga-young. „YG Entertainment, fly or fail?“ (en). The Investor (2018-yil 30-may). 2018-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-iyul.
  8. „Big Bang's Global Influence: How to Build a Boy Band That Lasts“. The Hollywood Reporter. 2016-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-dekabr.
  9. Liu, Marian. „K-pop's growing pains: Why Asia's biggest bands are splitting up“. CNN (2017-yil 17-fevral). 2019-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-oktyabr.
  10. „53rd Japan Record Award winners“. Tokyograph (2011-yil 20-noyabr). 2011-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-fevral.
  11. „AKB48 wins 53rd Japan Record Award“. Tokyograph (2011-yil 30-dekabr). 2014-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-fevral.
  12. Shamdasani, Pavan. „How to Crack Japan: The Big Bang Theory“. Time (2009-yil 9-noyabr). 2012-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-yanvar.
  13. „The world's first global Korean pop star“. 4Music.com. 2012-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-noyabr.
  14. „'Gangnam Style' Most Watched YouTube Video Ever“. ABC News (2012-yil 29-noyabr). 2012-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
  15. Kim. „KPOP NEWS - Why Did YG Entertainment Sign Tablo and Psy?“. Mwave (2011-yil 15-noyabr). 2016-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-avgust.
  16. small_smiley. „Epik High Signs with YG Entertainment“. Soompi (2012-yil 26-iyul). 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-iyun.
  17. Steven Koh. „YG Entertainment To Invest Nearly 3300 Million Into K-Pop Culture Venue“. Kpopstarz (2015-yil 17-yanvar). 2015-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-yanvar.
  18. „YG Entertainment Invests 16 Billion Won Into Expanding Headquarters“. news.nate.com (2015-yil 7-iyul). 2019-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-sentyabr.
  19. „Epik High to Start Their Own Label Backed By YG Entertainment and Headed by Tablo“. Naver. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-sentyabr.
  20. „[단독테디·쿠시, YG독립 레이블 만든다..양현석 직접 기획“]. entertain.naver.com. 2019-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-may.
  21. „YG Entertainment confirms iKON is indeed making their debut in September! | allkpop.com“. www.allkpop.com. 2015-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-iyun.
  22. „YG 새 걸그룹, '블랙 핑크' 이름의 뜻은?[YG 새 걸그룹 최종발표③“]. 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
  23. „YG's solo artist One debuts with 'One Day'“. 2017-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-oktyabr.
  24. „[공식입장 전문 YG, 싸이와 8년만에 전속계약 종료.."아름다운 이별"“]. entertain.naver.com. 2020-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-may.
  25. „Epik High on Going Independent and the State of the South Korean Music Industry“. www.forbes.com. Qaraldi: 2022-yil 12-mart.
  26. „트레저, YG 새해 첫 컴백 확정..'커밍순' 포스터 공개“ (ko). mosen.mt.co.kr. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  27. „From TREASURE to Apink, a wave of K-pop stars to drop new songs next month“. Korea Times (2022-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  28. „위너 완전체 예고에 팬들 환호“. gukjenews.com (2021-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  29. „YG Entertainment founder's younger brother reinstated as co-CEO“ (en). Yonhap News Agency (2022-yil 1-iyul).
  30. „HIGHGRND“. HIGHGRND. 2016-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-iyul.
  31. „타블로, SNS서 혁오 영입 환영 "첫 아티스트"“. Naver News (2015-yil 21-iyul). 2018-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-iyul.
  32. „YG 레이블 '하이그라운드' 간판 내리나?...혁오·검정치마 앞날 '주목'“. Naver News (2018-yil 11-aprel). 2018-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-iyul.
  33. „YG, 2년 연속 1억원+@ 금액 기부“ (ko). Newsen (2010-yil 28-dekabr). 2020-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-mart.
  34. Lee. „YG, 日대지진 피해에 5억원 기부 결정“ (ko). Naver News. NHN Corp (2011-yil 15-mart). 2013-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-mart.
  35. „YG, 네팔에 1억원 기부…어린이 구호물품·의약품에 사용“. Naver (2015-yil 4-may). 2018-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-avgust.
  36. Woo Bin. „YG, 경북·강원 산불 피해 복구 위해 5억 기부“ (ko). Ten Asia (2022-yil 10-mart). Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  37. „YG Family artists list“. YG Entertainment. 2020-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.
  38. „YG Family actors list“. YG Entertainment. 2020-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.
  39. „2NE1′s CL Reveals How She and Teddy Came Up With ′The Baddest Female′“. MWAVE (2013-yil 9-iyun). 2014-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-oktyabr.
  40. „Before the Album“. Complex (2013). 2017-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-oktyabr.
  41. „SECHSKIES's first new song was jointly written by TABLO and FUTURE BOUNCE who wrote BLACKPINK's "WHISTLE"“. Complex (2016-yil 31-avgust). 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-iyun.
  42. „iKON's New Title Song "B-DAY" is Composed and Written by B.I and BOBBY“. YG Life (2017-yil 19-may). 2019-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-iyun.
  43. „WINNER to Release New Songs Until the End of This Year and Its Second Title Track is "FOOL"“. YG Life (2017-yil 29-mart). 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-iyun.
  44. „Lydia Paek, songwriter for BigBang and 2NE1, is also a singer with a big voice“. Straits Times (2015-yil 10-iyul). 2019-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-iyun.
  45. „The Making of G-Dragon's "Coup D'Etat"“. Complex (2013-yil 10-sentyabr). 2017-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-iyun.
  46. „Update: YG Rapper ONE Announces Release Date Of First MV Teaser In New Teaser Image“. Soompi (2017-yil 25-iyun). 2017-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-iyul.
  47. „iKON confirmed "WHAT'S WRONG?" as one of the double title tracks for their new album… Written by B.I and BOBBY“. YG Life (2015-yil 18-dekabr). 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-iyul.
  48. „전소미, JYP 떠나 YG '더블랙레이블' 손잡나…"확인 중"“ (ko). Naver (2018-yil 23-sentyabr). 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-sentyabr.
  49. „Talented Producer Peejay to Join YG Entertainment's 'The Black Label'“ (2016-yil 27-iyul). 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-iyun.
  50. „Here Comes The Black Label“. thekhoployalist. 2018-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-iyun.
  51. „[Video] How Yang Hyun Suk Went from Being Dirt Poor to YG CEO“. 2017-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-iyun.
  52. „강성훈, YG 전속계약 해지+젝스키스 활동 종료 "진심으로 사과"(전문)“. entertain.naver.com. 2019-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-yanvar.
  53. „YG "최근 마스타우 떠났다, 향후 음악활동 응원" 공식입장“ (ko). xsportsnews (2016-yil 8-yanvar). 2019-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  54. „Yang Hyun Suk opens up about how his relationship with wife Lee Eun Joo began“. allkpop. 2019-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-may.
  55. „Dok2, Masta Wu, Sojin, and Digital Masta to release collaboration track, "Finale"“ (2014-yil 27-noyabr). 2019-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-may.
  56. „Wanted KPOP Star Profile & KPOP Music Video | Mwave“. 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-noyabr.
  57. „[공식 YG 측 "승리와 전속계약 종료..아티스트 관리 못한 점 인정·반성" [전문]“]. 다음 연예 (2019-yil 13-mart). 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-mart.
  58. „YG "빅뱅, 올봄 신곡 발표 예정…탑 전속계약 종료" [공식“]. Mydaily (2022-yil 7-fevral). Qaraldi: 2022-yil 7-fevral.
  59. „K-pop girl band 2NE1 breaks up“ (2016-yil 25-noyabr). 2018-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-dekabr.
  60. „'2NE1'에 대한 공식 입장“. YG Entertainment (2016-yil 5-aprel). 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-aprel.
  61. Doo, Rumy. „Member Minzy to leave 2NE1“. Kpop Herald (2016-yil 5-aprel). 2016-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-aprel.
  62. Son Ji-nah. „산다라박, YG엔터테인먼트와 전속계약 만료(전문)[공식“] (ko). Maekyung Sports (2021-yil 14-may). 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  63. „YG 측 "이하이와 전속계약 종료, 서로 앞날 응원하기로"(공식)“ (ko) (2019-yil 31-dekabr). 2019-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-dekabr.
  64. „YG "위너 남태현 탈퇴 확정, 4인조 재편"(공식입장 전문)“. Qaraldi: 2016-yil 5-dekabr.
  65. 박정선 기자.. „[인터뷰② '굿바이썸머' 정제원 "YG와 계약 만료..1인 기획사 계획"“] (ko). Naver (2019-yil 17-iyul). 2019-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-iyul.
  66. Yim, Hyun-su. „B.I quits iKON over attempted drug purchase“ (en). The Korea Herald (2019-yil 12-iyun). 2019-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.
  67. Kim, Soo-young. „승리·양현석이 찜했던 안다, YG 떠났다…"새로운 출발"“ (ko). Hankyung (2022-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 7-fevral.
  68. „[공식입장 스테파니 리, YNK엔터와 전속계약..임수정과 한솥밥“] (ko). OSEN (2017-yil 26-aprel). 2019-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-aprel.

Havolalar

tahrir