YaYa Gosselin

amerikalik aktrisa

Felisita LeonYaYaGosselin (2009-yil 26-yanvarda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U oʻz faoliyatini reklama roliklari uchun model sifatida suratga tushishdan boshlagan va After Omelas (2017) filmida aktrisalik debyutini amalga oshirgan. Shundan soʻng, Felisita Peppermint (2018), The Purge (2018), 13 Reasons Why (2019—2020) hamda FBI (2019—2020) kabi teleseriallarda ikkinchi darajali rollarda koʻrinish beradi. Aktrisa oʻzining FBI: Most Wanted (2020-yildan hozirgi kungacha) ikkinchi mavsumida doimiy ishtirok etgan Tali LaCroix rolini qayta takrorlaydi. Gosselin Netflixning We can be Heroes (2020) filmida Missy Moreno rolini ijro etgani uchun keng eʼtirofga sazovor boʻlgan.

YaYa Gosselin
Tavalludi
Felisita Leon Gosselin[1]

26-yanvar 2009-yil (2009-01-26) (15 yosh)[2]
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa, model
Faoliyat yillari 2017-hozirgacha

Yoshligi tahrir

Gosselin 2009-yil 26-yanvarda Dallasda Monica Mendez-Gosselin oilasida tugʻilgan. Gosselinning ismini Felisita deya uning katta buvisi Felisita Chavesga atab qoʻyishgan. Uch yoshida u Dallas bolalar teatrida aktyorlik faoliyatini boshlaydi, shuningdek, DTV studiyasida aktrisalik mahoratidan tahsil oladi. Gosselin Ohlook Performing Arts Centerda balet boʻyicha tahsil olgan. Uning ikkita kichik singlisi bor va ularha Gosselin singari lotin millatiga mansubdirlar.

Faoliyati tahrir

Besh yoshida Gosselin agentlik bilan shartnoma tuzadi va bir oy oʻtgach, JCPenney, Famous Footwear, Hasbro va Connʼs HomePlus kabi reklama roliklari uchun modellik qilish maqsadida oʻzining dastlabki ishini boshlashga qaror qiladi. 2017-yilda u After Omelas filmida paydo boʻladi[4]. 2018-yilda esa Peppermint jangovar triller filmida va The Purge antologiya kabi teleseriallarda kichik rollarda ishtirok etadi[5]. Gosselin „Lord Finn“ filmida Jenni Finley rolini oʻynagan va u 2020-yilda „Sunny Side Up“ kinofestivalida „Eng yaxshi bola aktrisasi“ mukofotini qoʻlga kiritgan[4].

Filmografiyasi tahrir

Yil Sarlavha Rol
2017 After Omelas Lauren
2018 Peppermint Ana
The Purge yosh Penelope
Laugh Till It Hurts Tiara
Law and Order: Sting Unit Officer Olivia
Day 13 Gabby Rae
2019 Lord Finn Jenny Finley
2019–2020 FBI Natalia „Tali“ Skye LaCroix
13 Reasons Why Graciella Padilla
2020–present FBI: Most Wanted Natalia „Tali“ Skye LaCroix
2020 We Can Be Heroes Missy Moreno
2021 Dr. Bird's Advice for Sad Poets yosh Jorie
2022 Surfside Girls Sam

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „YaYa Gosselin Biography, Celebrity Facts and Awards“ (inglizcha). TV Guide. Qaraldi: 13-fevral 2021-yil.
  2. Andoza:Cite instagram
  3. Burns, Brooks „Young Dallas actress stars in "We Can Be Heroes"“. WFAA (31-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 21-yanvar 2021-yil.
  4. 4,0 4,1 Gomes. „'FBI Most Wanted' Season 2: Meet Julian McMahon, Terry O'Quinn and the rest of the cast of the CBS crime drama“ (inglizcha). MEAWW (16-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2021-yil.
  5. Petski. „'FBI: Most Wanted': YaYa Gosselin Upped To Series Regular For Season 2 Of CBS Drama Series“. Deadline (28-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2021-yil.

Havolalar tahrir