Ya svoboden!“ (ruscha: Я свободен!, yaʼni „Men ozodman!“) — rus qoʻshiqchisi Valeriy Kipelov yozgan heavy metal janridagi qoʻshiq. Qoʻshiq matnini Kipelov Margarita Pushkina bilan hamkorlikda yozgan. Qoʻshiq ilk bor 1997-yil Kipelov hamda gitarachi Sergey Mavrin hamkorlikda chiqargan „Smutnoye vremya“ albomida eʼlon qilingan. Ashula keyinchalik bir necha marta Kipelovning oʻzi, u tuzgan „Kipelov“ guruhi hamda Mavrin tuzgan „Mavrin“ guruhlari tomonidan qayta yozilgan va turli albom va singllar bilan eʼlon qilingan. Xususan, Mavrin „Krilya“ nomi bilan qoʻshiqning instrumental versiyasini yozgan.

„Ya svoboden!“
qoʻshigʻi
„Smutnoye vremya“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1997
Yozib olingan 1997
Janr heavy metal
Davomiyligi 07:29
Leybl Moroz records
Matn muallif(lar)i
Bastakor(lar) Valeriy Kipelov
Prodyuser(lar) Rina Li
„Smutnoye vremya“ xronologiyasi
„Vot i vse dela!“ Ya svoboden! „Smutnoye vremya“
Klipi
„Ya svoboden!“ YouTubeda

„Ya svoboden!“ „Kipelov“ guruhining eng taniqli qoʻshiqlaridan biridir. Kipelov aynan shu qoʻshiq tufayli yakkaxon karyerasida muvaffaqiyatga erishganini aytgan[1]. 2015-yilda „Russkiy reportyor“ jurnali tomonidan Rossiyadagi eng mashhur 100 ta sheʼrni aniqlash uchun oʻtkazilgan ijtimoiy tadqiqotda „Ya svoboden!“ matni 15-oʻrinni egallagan[2]. Roʻyxatga ham rus, ham xorijiy tillardagi sheʼrlar kiritilgan.

Qoʻshiqning lirik qahramoni suyuklisi hamda oʻtmishi bilan xayrlashib, oʻzini taqdirdan hamda odamlarning gap-soʻzlaridan ozod his qiladi. Kipelovning soʻzlariga koʻra, „Ya svoboden!“ qoʻshigʻi uning ijodiy va shaxsiy hayotining maʼlum bir davrida yozilgan boʻlib, har doim ham uning hozirgi holatini aks ettirmaydi. Margarita Pushkinaning soʻzlariga koʻra, u yozgan matnning ilk versiyasi yakuniy versiyadan keskin farq qiladi. Pushkina boshida urushda halok boʻlgan askar haqida sheʼr yozgan boʻlgan.

Manbalar tahrir

  1. Valeriy Kipelov: "Mi eщe mojem sigrat s „Ariey“ (Wayback Machine saytida 2009-01-18 sanasida arxivlangan) — Mail.ru
  2. Виталий Лейбин, Наталья Кузнецова. „Слова не выкинешь. Какие песни мы поем в душе и какими стихами говорим“. rusrep.ru (2015-yil 26-iyun). 2016-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-aprel.

Havolalar tahrir