Yachiyo (yaponcha: 八千代町 Yachiyo-machi?) Yaponiyaning Ibaraki prefekturasidagi shaharcha. 2020-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, shaharchaning 7,176 xonadonida 20,882 kishi istiqomat qiladi va shaharchaning har 1 km² maydoniga 354 kishi toʻgʻri keladi. 65 yoshdan oshganlar aholining 30.7% ini tashkil etadi[1]. Shaharcha hududi 58.99 km² hisoblanadi.

Yachiyo
八千代町
shaharcha
Skyline of Yachiyo 八千代町
Yachiyo 八千代町
Bayroq
Yachiyo 八千代町
Gerb
36°10′53.8″N 139°53′28.0″E / 36.181611°N 139.891111°E / 36.181611; 139.891111 G OKoordinatalari: 36°10′53.8″N 139°53′28.0″E / 36.181611°N 139.891111°E / 36.181611; 139.891111 G O
Mamlakat Yaponiya
Prefektura Ibaraki
Tuman Yuki
Maydon 58.99 km2 (22.78 mi²)
Iqlim turi nam tropik
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020, oktyabr)
20 882 kishi
Vaqt mintaqasi UTC+9
Telefon kodi 0296-48-1111
Yachiyo 八千代町 xaritada
Yachiyo 八千代町
Yachiyo
八千代町
Yachiyo 八千代町 xaritada
Yachiyo 八千代町
Yachiyo
八千代町

Geografiyasi tahrir

Yachiyo Ibaraki prefekturasining gʻarbiy qismida, deyarli Kanto tekisligining markazida joylashgan. Tokiodan taxminan 60 kilometr va Mito shahridagi prefektura markazidan taxminan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan. Shahardan hududidan Kinugava daryosi oqib oʻtadi.

Qoʻshni munitsiplalitetlar tahrir

  Ibaraki prefekturasi

Iqlimi tahrir

Yachiyo nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq va qishi salqin boʻlib, qorning kam yogʻishi bilan ajralib turadi. Yachiyoda oʻrtacha yillik harorat 14,9 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1394 mm, sentyabr yilning eng nam oyi hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,5°C atrofida , eng pasti esa yanvarda, 4,5°C atrofida  boʻladi[2].

Demografiyasi tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Yachiyo aholisi soʻnggi 70 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib kelmoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
195026,486—    
196024,438−7.7%
197021,945−10.2%
198022,845+4.1%
199024,351+6.6%
200024,352+0.0%
201023,106−5.1%
202022,026−4.7%

Tarixi tahrir

Edo davrida Yachiyo atrofidagi hudud Shimosa provinsiyasining bir qismi boʻlgan. 1875-yilda Hitachi provinsiyasiga koʻchirildi.

1889-yil 1-aprelda Meydzi islohotidan keyin munitsipalitetlar tizimining yaratilishi bilan Ibaraki prefekturasining Yuki tumanida Nakayuki va Shimoyuki qishloqlari, shuningdek Okada tumanidagi Anjo, Makabe tumanidagi Kavanishi, Toyoda tumanida Nishitoyoda qishloqlari tashkil etildi. Bu besh qishloq birlashib, 1955-yil 1-yanvarda Yachiyo qishlogʻini tashkil etadi. Yachiyo 1972-yil 1-fevralda shaharcha maqomiga koʻtarildi.

Hukumati tahrir

Yachiyo toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 14 aʼzodan iborat bir palatali shaharcha kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Yachiyo qoʻshni Joso bilan birgalikda Ibaraki prefekturasi assambleyasiga ikki a’zodan hissa qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Ibaraki 7-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti tahrir

Mahalliy iqtisodiyotda qishloq xoʻjaligi ustunlik qiladi. Shaharcha oʻzining Xitoy karamini ishlab chiqarish bilan mashhur.

Taʼlimi tahrir

Yachiyoda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 5 ta davlat boshlangʻich maktabi va 2 ta davlat oʻrta maktabi va Ibaraki prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi mavjud.

Transporti tahrir

Temir yoʻl tahrir

  • Yachiyoda yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻq.

Magistral yoʻl tahrir

  •   125-milliy yoʻnalish

Taniqli yachiyoliklar tahrir

  • Sigeo Nakadzima, bokschi
  • Hiroyuki Takasaki, professional futbolchi

Galereya tahrir

 
Yachiyo munitsipal kutubxonasi
 
Yachiyo, qishloq
 
Yachiyo qishlogʻi, 1911-yil

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir