Yahyo at-Tabriziy
(Abu Zakaryo) Yahyo ibn Ali ibn Muhammad ibn al-Hasan ibn Bistom, ash-Shayboniy, at-Tabriziy (hijriy 431-yil (milodiy 1039-yil)da tug‘ilib, 502-yil (milodiy 1109-yil)da vafot etgan) — adib, nahvshunos, tilshunos va aruzshunos olim bo‘lgan. Xatib nomi bilan tanilgan. Bag‘dodda o‘sib-ulg‘aygan, so‘ngra Shom diyoriga ko‘chib o‘tib, u yerda Abulalo al-Maʼarriydan taʼlim olgan. Salim ibn Ayyub Basurdan hadis tinglagan, undan al-Xatib al-Bag‘dodiy, al-Hofiz ibn Nosir hadis rivoyat qilganlar. Ko‘pchilik unga shogird bo‘lib, tahsil olgan. U bir muddat Damashqda turgan, so‘ngra Misrga tashrif buyurgan. Undan yana Bag‘dodga qaytib borib, u yerda to umrining oxirigacha — jumaduloxir oyida to‘satdan vafot etguniga qadar „Nizomiya“ madrasasida kutubxona fondini boshqargan.
Yahyo at-Tabriziy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1039-yil (hijriy 431-yil) |
Vafoti |
milodiy 1109-yil (hijriy 502-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | adib, nahvshunos, tilshunos va aruzshunos olim |
Asarlari
tahrir- „Sharhu saqti-z-zand“ (Abulalo al-Maʼarriyning „Saqtuz-zand“ — „Alanga uchquni“ asariga sharh");
- „Sharhu devoni-l-hamosa“ ("Abu Tammomning „al-Hamosa“ devoniga sharh");
- „Tahzibu islohi-l-mantiq“ ("Ibn as-Sakiytning „Islohu-l-mantiq“ni tuzatish");
- „al-Mulaxxas fi iʼrobi-l-Qurʼon“ („Qurʼon ifodalari haqidagi moʻjaz izohlar“, to‘rt jildli);
- „al-Kofiy fi ilmayi-l-aruz va-l-qavofiy“ („Aruz va qofiya ilmlari xususida yetarli kitob“);
- „Mishkotu-l-masobih“ („Chiroqlar qo‘yiladigan joy“);
- „Ixtiyorotu-l-mufaddal“ ("al-Xatibat-Tabriziyning „Yoqimli tanlovlar“ asari);
- „Sharhu-l-muʼallaqot“ („Muallaqotlarga bag‘ishlangan sharh“).
Bundan tashqari uning sheʼrlari ham bor[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 96--bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |