Yakkalangan xalqlar

jahon hamjamiyati bilan uzluksiz aloqada boʻlmagan xalqlar

Yakkalangan xalqlar — tashqi dunyo va zamonaviy sivilizatsiya bilan aloqada boʻlmagan xalqlar boʻlib, hozirda bunday xalqlar juda kam qolgan. Bugungi kunda ular haqida maʼlumotlar asosan qoʻshni xalqlarning hikoyalari yoki aerofotosuratlardan orqali maʼlum[1].

Hozirgi kunga qadar yakkalangan xalqlar yashovchi mamlakatlar

Ilmiy hamjamiyatda yakkalangan xalqlarning kelajakdagi taqdiri haqida turli xil fikrlar mavjud: baʼzi olimlar ular bilan aloqa oʻrnatish zarur deb hisoblasalar, boshqalari esa ular izolyatsiya (ihota)da qolishlari kerak degan nuqtayi nazarga oʻrtaga tashlaydilar. Zamonaviy sivilizatsiya bilan aloqa oʻrnatishga qarshi dalillardan biri sifatida, bunday xalqlar aloqaga kirishgandan soʻng, ularning vakillari ilgari ularga maʼlum boʻlmagan kasalliklar (chunki ularda bunday kasalliklarga qarshi immunitet mavjud emas)dan halok boʻlishlari yoxud turli xil zamonaviy sivilizatsiyalarga xos boʻlgan tamaki hamda spirtli ichimliklarga ruju qoʻyishlari sanab oʻtiladi[2][3].

Braziliyaning Akre mintaqasidagi yakkalangan xalqlar

Yakkalangan xalqlar bilan toʻliq aloqalar yoʻqligi bois ular haqida juda kam maʼlumot mavjud, koʻpincha ular oʻzlarini qanday nom bilan atashlari ham nomaʼlumligicha qolmoqda. Zamonaviy dunyoda qancha yakkalangan xalqlar qolganligi aniq emas. Biroq, baʼzi hisob-kitoblarga koʻra, bugungi kunda ularning taxminan 100 tasi saqlanib qolgan boʻlishi ehtimoli bor[1][4]. Yana bir maʼlumotga koʻra BMTdagi Inson huquqlari boʻyicha Amerikalararo komissiyasi va Xalqaro qutqaruv notijorat guruhining hisob-kitoblariga koʻra, 100 dan 200 gacha qabilalar mavjud boʻlib, undagilarning soni 10 000 kishigacha boʻlishi mumkin[5][6]. Ularning koʻpchiligi Janubiy Amerikada, xususan Braziliyada yashaydi, Braziliya hukumati va en:National Geographic maʼlumotlariga koʻra, 77 dan 84 gacha qabilalar u yerda yashaydi[7].

Shimoliy Sentinel orolining havodan olingan surati

Bularga, xususan, quyidagi qabilalar kiradi (ularning baʼzilari dunyo bilan aloqaga kirishgan):

Bundan tashqari, ilgari izolyatsiya qilingan, ammo keyinchalik dunyo sivilizatsiyasi bilan aloqa qila boshlagan koʻplab xalqlar va qabilalar mavjud. Masalan, 1990-yillarning oxirida oʻziga xos sayyohlik markaziga aylangan Andaman orollarining jarava aholisi shular jumlasidandir.

Zamonaviy sivilizatsiya bilan tanishuv ijobiy jihatdan tashqari salbiy oqibatlarga ham olib keldi — ilgari nomaʼlum boʻlgan kasalliklar va giyohvandlikning tarqalishi, buning natijasida koʻpchilik yakkalangan xalqlardagi kishilar vafot etishi bilan oʻzini koʻrsatdi. Yana bir misol „Toʻqqiz pintubi“, ehtimol ular butunlay anʼanaviy turmush tarzini olib borgan soʻnggi avstraliyalik aborigenlar boʻlishgan[10]. Keyinchalik toʻqqizovlon sivilizatsiya va zamonaviy aholi punktlari bilan aloqalarga oʻtishga qaror qilishgan.

Aloqada boʻlgan xalqlarning hududi keyinchalik oʻziga xos madaniyatini himoya qilish uchun oʻziga xos etnik qoʻriqxonaga aylantiriladi. Bu, xususan, baʼzi guruhlari toʻliq izolyatsiyada yashashni davom ettiradigan vaorani hindulari shular toifasidandir.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „How many uncontacted tribes are left in the world?“ (en). en:New Scientist (2013-yil 22-avgust).
  2. Ostatni nomadowie Amazonii
  3. Ponad 100 plemion nie nawiązało kontaktu
  4. 4,0 4,1 „First contact with isolated tribes?“ (en). BBC (2007-yil 25-yanvar).
  5. Holmes, Bob (22-avgust 2013-yil). „How many uncontacted tribes are left in the world?“. New Scientist. Retrieved 3-iyul 2016-yil.
  6. Amazoniya havzasi va El Chako ixtiyoriy ravishda izolyatsiya qilingan va dastlabki yakkalangan mahalliy xalqlar boʻyicha mintaqaviy seminarining hisoboti, Santa-Kruz de la Sierra, Boliviya, (2006-yil 20-22-noyabr), Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oliy Komissari boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan. Inson huquqlari (OHCHR) va mahalliy aholi ishlari boʻyicha xalqaro ishchi guruhi (IWGIA), E/C.19/2007/CRP.1, 28-mart 2007-yil, 1-band.
  7. „More than 100 tribes exist totally isolated from global society“. The Independent. 8-mart 2018-yil.
  8. „The life of the world’s most mysterious tribe in Vietnam“. 2021-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-yanvar.
  9. MacQuarrie, Kim. „Last Uncontacted South American Indians Flee Forest Destruction in Paraguay | Kim MacQuarrie Author and Filmmaker“ (en). Kim MacQuarrie Author and Filmmaker (2008-yil 23-noyabr).
  10. „Lost tribe happy in modern world“ (en). en:Herald Sun (2007-yil 3-fevral). [sayt ishlamaydi]

Havolalar tahrir