Yakov Sinay

rossiyalik-amerikalik matematik
(Yakov Sinaidan yoʻnaltirildi)

Yakov Grigoryevich Sinay (ruscha: Я́ков Григо́рьевич Сина́й) (1935-yil 21-sentyabrda tugʻilgan) — rossiyalik-amerikalik matematik. Dinamik tizimlar boʻyicha ishlari bilan tanilgan[1]. Xususan, Sinay dinamik tizimlarning zamonaviy metrik nazariyasiga hissa qoʻshgan hamda deterministik (dinamik) tizimlar olamini ehtimol (stoxastik) tizimlar olami bilan bogʻlagan. 1997-yil Wolf mukofoti, 2014-yil Abel mukofoti[2] bilan taqdirlangan.

Yakov Sinay
Tavalludi 21-sentyabr 1935-yil (1935-09-21) (89 yosh)
Moskva, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi Rossiya, AQSh
Sohasi Matematika
Informatika
Institutlar Moskva davlat universiteti, Landau nazariy fizika instituti, Princeton universiteti
Akademik rahbarlari Andrey Kolmogorov
Mashhur shogirdlari Leonid Bunimovich
Nikolay Chernov
Dmitriy Dolgopyat
Svetlana Jitomirskaya
Anatole Katok
Konstantin Xanin
Grigory Margulis
Leonid Polterovich
Marina Ratner
Corinna Ulcigrai
Mashhur ishlari dinamik tizimlar, matematik va statistik fizika, nisbiylik nazariyasi, matematik suyuqliklar dinamikasi
Mukofotlari Boltzmann medali (1986)
Dannie Heineman mukofoti (1990)
Dirac mukofoti (1992)
Wolf mukofoti (1997)
Nemmers mukofoti (2002)
Lagrange mukofoti (2008)
Henri Poincaré mukofoti (2009)
Leroy P. Steele mukofoti (2013)
Abel mukofoti (2014)
Marcel Grossmann mukofoti (2015)
Turmush oʻrtogʻi Yelena B. Vul

Sinay Moskva davlat universitetida tahsil olgan. 1960-yil Andrey Kolmogorov ilmiy rahbarligida ayni universitetdan fan doktori darajasini olgan. Sinay Kolmogorov bilan bashorat qilish mumkin boʻlmagan dinamik tizimlarda ham harakatni prognoz qilishning imkonsizlik darajasini matematik ifodalash mumkinligini koʻrsatib bergan.

Sinay boshida Moskva davlat universiteti hamda Landau nazariy fizika institutida ishlagan. 1993-yildan beri esa AQShdagi Princeton universitetida ishlab keladi[3]. Olim bugunga qadar oʻnlab mukofot va sovrinlar bilan taqdirlangan, 250 dan oshiq kitob va ilmiy maqola yozgan.

Manbalar

tahrir
  1. Ball, Philip. „Chaos-theory pioneer nabs Abel Prize“. Nature (2014-yil 26-mart). Qaraldi: 2014-yil 29-mart.
  2. https://www.nature.com/articles/nature.2014.14935
  3. „2014: Yakov G. Sinai“. www.abelprize.no. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.

Havolalar

tahrir