Yakov Borisovich Zeldovich (1914.8. 3, Minsk — 1987) — rus nazariyotchi fizigi, akademik (1958). Sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasigga qarashli Kimyo fizikasi institutida (1931—64), Amaliy matematika institutida (1964-yildan) ishlagan. Fizikaviy kimyo, yonish, detonatsiya va zarba toʻlqinlarining zamonaviy nazariyasi yaratuvchilaridan biri. Yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi, astrofizika, hozirgi zamon relyativistik kosmologiyasiga oid asarlar muallifi. 1939-yilda uranning boʻlinishidagi zanjir reaksiyasini birinchi boʻlib hisoblab chiqdi (Yu. B. Hariton bilan hamkorlikda). [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil