Yangibozor — Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi shaharcha (1983-yildan), tuman markazi. Xorazm viloyatining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Viloyat markazi (Urganch shahri) gacha 20 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Urganch (20 km). Aholisi 6,3 ming kishi (2005). Yangibozorda paxta tozalash, gʻisht zavodlari, qurilish korxonalari, yirik, oʻrta biznes, kichik korxonalar, mikrofirmalar, avtokorxona, MTP ishlab turibdi. Umumiy talim, bolalar musiqa va sport maktablari, litsey, kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, amfiteatr, klub muassasalari, stadion, Xotira maydoni bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, dorixona va boşqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangibozordan Urganch shahri va Gurlan shaharchasiga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.

Yangibozor
tuman markazi
41°42′39″N 60°32′21″E / 41.71083°N 60.53917°E / 41.71083; 60.53917
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Xorazm viloyati
tuman Yangibozor tumani
Rasmiy til(lar)i Oʻzbek
Aholisi
6 300
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998-; 4190-
Avtomobil kodi 90
Yangibozor xaritada