Yangikent
Yangikent (ruscha: Янгикент) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda shaharcha maqomi berilgan[2].
Yangikent | |
---|---|
Shaharcha | |
38°42′9″N 66°3′37″E / 38.70250°N 66.06028°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Gʻuzor tumani |
Hukumat | |
• Rais | Mahalla raisi |
Asos solingan | 1800-yil |
Ilk eslatilishi | Kirov sovxozi |
Avvalgi nomlari | Yangikent qishlogʻi |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek tili |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeks(lar)i | 180321[1] |
|
Etimologiyasi
tahrirShaharcha nomi yangi va kent soʻzlarining birikishidan tarkib topgan. Yangi soʻzining asl soʻgʻdiycha kent soʻzi bilan birikib hudud nomiga berilishi oʻlka hududi uchun kamyob holat hisoblanadi. Kent soʻzi odatda eroniy soʻzlar bilan birikkan holda joy nomlariga nisbatan qoʻllanadi. Yangi soʻzi esa davr nuqtai nazaridan olib qaraganda kyeingi vaqt, kelajakka yaqin davr maʼnosini beradi. Ayni shu maʼnonini ifodalash maqsadida bu ikki soʻz yigʻindisidan Yangikent nomi yaratilgan. Yangikent bu atrofdagi boshqa aholi yashash punktlaridan koʻra yoshroq, yangiroq davrda bunyod etilgan hudud, yangiqishloq maʼnosini beradi. Shuningdek mazkur nom aholi tomonidan emas, rasmiy maʼmuriy tarzda nomlangan boʻlish ehtimoli ham mavjud[3].
Joylashuvi
tahrirYangikent shaharchasi Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanining shimoliy qismida joylashgan. Shaharchaga eng yaqin aholi yashash punktlari: Kaprin (gʻarb), Mash’al (janubi-gʻarb), Toshguzar (janubi-sharq) shaharchalaridir. Shaharchaga eng yaqin avtomobil yoʻli E-60 yoʻnalishi hisoblanadi.
Yangikent shaharchasida 37-sonli maktab joylashgan. Shaharcha yaqinidan Kamrat kanali oqib oʻtadi.
Aholisi
tahrirYangikent shaharchasi Sobiq ittifoq davrida tashkil etilganligi sababli ham bu hudud etnik tarkibi oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, tojik millati vakillaridan tarkib topgan. Aholini roʻyhatga olish maʼlumotlarida qayd etilishicha bu hududa 2013-yil 1-yanvarda 3211 nafar, 2016-yil 1-yanvar holatiga koʻra esa 3200 tadan biroz ortiqroq aholi istiqomat qilgan. Yani shaharchada aholining oʻsish koʻrsatkichlari juda past[4].
Iqlimi
tahrirYangikent shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, oʻrtacha yillik harorat 16° C ni tashkil etadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Qashqadaryo viloyati“. goldenpages.uz. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 339-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
- ↑ Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 160-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |