Yangiobod tumani
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Yangiobod tumani — Jizzax viloyatidagi tuman. 1999-yil 30-aprelda tashkil qilingan. Gʻarbdan Zomin tumani, janubiy, sharq, shimolidan Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydon 0,72 ming km². Aholisi 22,7 ming kishi (2005). Tumanda 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Xovos, Sarmich, Xoʻjamushkent, Sovot, Xavotogʻ) mavjud. Markazi — Balandchaqir qishlogʻi.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Jizzax viloyati |
Maʼmuriy markazi | Balandchaqir |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Aholi | 24 825 |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
39°57′57.6″N 68°45′32.4″E / 39.966000°N 68.759000°E |
Tabiati
tahrirTumanning shimoliy qismi pasttekislik, janubiy qismi qiradir va togʻlardan iborat. Yer yuzasi janubiga tomon koʻtarilib boradi. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, qishi sovuqroq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 3°, iyulniki 28°. Yiliga 350 — 360 mm yogʻin tushadi. Tekislik va qirlarda boʻzqoʻngʻir tuproqlar, janubi-sharqida chaqirtosh, qumtosh bilan qoplangan tepaliklar uchraydi.
Tuman hududi, asosan, oʻrqirdan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, yantoq, shuvoq, kovrak, ismaloq, yalpiz, qoqi, lolaqizgʻaldoq, lola, chuchmoma va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, jayra, tipratikan, quyon; qushlardan burgut, bulbul, zogʻcha va boshqalar yashaydi. Yangiobod tumanining janubiy qismidagi qishloqlarda buloq suvlari chiqib turadi. Xoʻjamushkent va Sarmich suv omborlari bor. Ekinzorlar Mirzachoʻl kanalidan (nasoslar yordamida) sugʻoriladi.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km²ga 32,1 kishi.
Iqtisodiyoti
tahrirXoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan (gʻallachilik va chorvachilik yetakchi oʻrinda). Kichik, oʻrta va yirik biznes korxonalari, MTP, mikrofirmalar, qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. 380 ga yaqin fermer xoʻjaligi bor, shu jumladan, 350 tasi dehqonchilik, 27 tasi chorvachilik bilan shugʻullanadi. Shirkat xoʻjaliklari mavjud. Tumanda 28,9 ming gektardan ziyod yer maydonida dehqonchilik qilinadi, shundan sugʻoriladigan yerlar 4,1 ming ga, lalmikor yerlar 24,9 ming ga. Tokzorlar, bogʻlar va boshqalar koʻp yillik daraxtzorlar, Xoʻjamushkent oʻrmon xoʻjaligi mavjud. Umumiy taʼlim maktablari, litsey, kasbhunar kolleji, 5 klub, 7 kutubxona bor. Kasalxona (120 oʻrin), 8 qishloq vrachlik punkti, 3 dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi. Balandchaqir — Yangiyer, Julangar — Yangiyer, Xoʻjamushkent — Yangiyer yoʻnalishlarida avtobuslar va Dashtobod, Jizzax, Xovos, Yangiyer shahar va shaharchalariga marshrutli taksilar qatnaydi. Yangiobod tumani hududida Xoʻjamushkent bobo, Rustam bobo, Sayidon Aziz, Changaul ziyoratgohlari bor. 2000-yildan „Yangiobod hayoti“ tuman gaz. nashr etiladi. Faxriddin Abdusattorov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |