Yantiq (qrim tatarcha: Yantıq) - Qrim-tatar oshxonasining asosiy milliy taomlaridan biri boʻlib, qoʻy yoki maydalangan mol goʻshti, achchiq ziravorlar bilan xamirturushsiz xamirdan tayyorlangan, cheburekdan farqli oʻlaroq, tovada qovurilgan, yogʻsiz taom.

Tayyorlanishi

tahrir

Un, suv va tuzdan qattiq xamir tayyorlab, 30 daqiqa ushlab turiladi va 2 mm qalinlikda yoyiladi. Xamirdan doira shakllar kesilib, chetlari tuxum bilan surtiladi va oʻrtasiga qiyma qoʻyiladi. Bir qirrasi buklanib, yarim oy shakli beriladi. Qiyma uchun yogʻli qoʻy suyak va paylardan tozalanib, qovurilgan piyoz bilan birga goʻsht maydalagichdan oʻtkazilib, tuz, murch, suv qoʻshiladi va barchasi yaxshilab aralashtiriladi. Mahsulot yogʻsiz qovuriladi. Tayyor va issiq yantiqning 2 tomoni sariyogʻ bilan surtiladi.

Yantiq sanchiq, pichoqlarsiz isteʼmol qilinadi.

Pishloq bilan toʻldirilgan penirli yantiq deb ham ataladi (qrim tatarcha: penirli - "pishloqdan").

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir