Yaxna (fors-tojik — sovutilgan) — qadimiy taomlardan biri. Dastlab olov kashf qilinib, qozon paydo boʻlganidan keyin suvda qaynatib pishirib sovitilgan holda isteʼmol qilinadigan taomlar; sovitilgan ichimliklar. Yaxna taomlarga hayvonot masalliqlaridan tayyorlanadigan qazi, qarta, qorin, xasip, dumba-jigar, kalla-pocha, sutli oʻpka, liqliq, yaxna goʻsht va boshqalar kiradi. Yaxna ovqatlarni sabzavotlardan ham tayyorlash mumkin. Yaxna goʻsht tayyorlash uchun yaxlit goʻsht boʻlaklari qaynab turgan suvga yoki shoʻrvaga solinadi, 1 — 1,5 soat mildiratib qaynatiladi, qozonga tuz, archilgan butun piyoz, sabzi, sarimsoq va boshqa solinadi. Goʻsht pishgach, suvdan olinib, havoda sovitiladi, qalamlab yoki yaproqlab kesib, murchli piyoz yoki sabzavotlar bilan dasturxonga tortiladi.

Manbalar

tahrir