Bechke Yelena Yuriyevna (ruscha: Бечке Елена Юрьевна; 1966-yil 7-yanvar, Leningrad) — SSR va Rossiya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan figurali uchuvchi, Denis Petrov bilan juftlikda 1992-yilda Albertvilleda oʻtkazilgan Olimpiadaning kumush medali sovrindori boʻlgan. Bechke SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1992).

Yelena Bechke
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Bechke Yuriyevna
Davlat Birlashgan jamoa
Andoza:CIS
Sovet Ittifoqi
Tavalludi Leningrad, SSSR
Boʻyi 1.58 m
Oldingi murabbiylari Tamara Moskvina

Faoliyati

tahrir
Valeriy Kornienko bilan
tahrir

Bechke 1984-yildan 1987-yilgacha Valeriy Kornienko bilan juftlikda musobaqalarda chiqish qilgan. Ular oʻzlarining eng oliy yutugʻiga 1986-yilda oʻtkazilgan Yevropa chempionatida uchinchi oʻrinni egallaganlarida erishgan.

Denis Petrov bilan

tahrir

Yelena Bechke 1987-yilda Denis Petrov bilan juftlikda afsonaviy murabbiy Tamara Moskvina qoʻl ostida mashq qila boshladilar. Ularning birinchi yirik muvaffaqiyati Trophée Lalique turnirida oltin medalni qoʻlga kiritganida yuz bergan. Keyin juftlik 1989-yilgi jahon chempionatida bronza, 1991 va 1992-yilgi Yevropa chempionatlarida va 1992-yilgi Olimpiada oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdilar.

Olimpiadadan soʻng juftlik havaskor sifatidagi sport faoliyatini tark etib, professional sportga oʻtishdi. Juftlik toʻrt marta professionallar oʻrtasidagi jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi va faqat 1996-yilda gʻalaba qozondi. Bundan tashqari, Bechke va Petrov „Stars on Ice“ guruhi bilan Amerika Qoʻshma Shtatlarida (1994-yildan 2000-yilgacha) gastrol safarlarida boʻlishdi[1].

Bechke va Petrov 1990-yilda turmush qurishgan va turmush 1995-yilda ajrim bilan tugagan. Ajrashgandan soʻng, ular sport juftligi sifatida faoliyatini davom ettirdilar va Virjiniyada birga figurali uchuvchilarni mashq qildirdilar.

Yelena 1999—2000-yillar mavsumidan soʻng nihoyat sportni tark etdi, ikkinchi marta turmushga chiqdi va 2002-yilda oʻgʻil farzand dunyoga keltirdi. 2005-yil holatiga koʻra Yelena Shimoliy Karolinada murabbiy boʻlib ishlagan[2].

Sport yutuqlari

tahrir

(Denis Petrov bilan)

Musobaqa 1988 1989 1990 1991 1992 1993 1994 1995 1996 1997 1998 1999
Qishki Olimpiya oʻyinlari 2
Figurali uchish boʻyicha jahon chempionati 3 4 4
Yevropa chempionati 2 2
SSSR chempionati 4 1
Trophee Lalique 1 1 3
NHK Trophy 2 1
Yaxshi niyat oʻyinlari 3
Professional jahon chempionati 2 2 2 2 1 2

(Valeriy Kornienko bilan)

Musobaqa 1984 ㅤ 1985 ㅤ 1986 ㅤ 1987 ㅤ
Yevropa chempionati 3
Skate America 2
Skate Canada 1
Qishki Universiada 2
Praga Skate 2

Manbalar

tahrir
  1. „Paris on Ice“. 2007-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Chen Lu Married Denis Petrov, Posted By: Judy Tseng (Wayback Machine saytida 15-dekabr 2005-yil sanasida arxivlangan), accessed 20 July 2006.