Yelena Maksimova
Yelena Gennadiyevna Maksimova (1979-yil 9-avgust, Sevastopol[1]) — rossiyalik qoʻshiqchi, Birinchi kanaldagi The Voice shousining 2-mavsum finalchisi[2], boshlovchi[3], „Non Stop“ guruhining sobiq yakkaxoni[4], „Toch-v-toch“ loyihasining super mavsumi gʻolibi[5], Birinchi kanaldagi „Tri akkorda“ shousi ishtirokchisi, Eurovison 2012 tanlovi Rossiya milliy saralash bosqichi finalchisi[6], REFLEX guruhining sobiq yakakxoni[7], „New Wave 2008“ vokal tanlovining finalchisi[8]. „We will rock you“ rus myuziklida bosh rollardan birini oʻynagan.
Yelena Gennadiyevna Maksimova | |
---|---|
Tavalludi |
9-avgust 1979-yil |
Janrlar | pop, romans, jazz |
Kasbi | qoʻshiqchi, kompozitor |
Faoliyat yillari | 1990-yildan hozirgacha |
Fuqaroligi | SSSR Ukraina Rossiya |
Hayoti
tahrirYelena Maksimova 1979-yil avgust oyida Qrimda tugʻilgan. Xonandaning bolalik va oʻsmirlik yillari Sevastopol shahrida oʻtgan. Maksimovaning otasi Gennadiy Nikolayevich harbiy xizmatchi boʻlgan. Onasi Nina Mixaylovna oʻqituvchi, qizi borgan bolalar bogʻchasida tarbiyachi boʻlib ishlagan. Yelena bolaligidan qoʻshiq aytishni boshlaydi, sababi 4 yoshidayoq kuchli eshitish va yaxshi kuylash ovozigan eha edi. Maksimova doimo qoʻshiq kuylardii. Bolalar bogʻchasida har doim Qorqiz va Qizil qalpoqcha rolini oʻynagan[9]. Ota-onasi uning qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish maqsadida musiqa maktabiga berishadi va 11 yoshida Ukrainadagi eng mashhur bolalar jamoalaridan biri boʻlgan Multi-Maks ansamblida kuylay boshlaydi. Ushbu raqs guruhi tarkibida mamlakatning koʻplab shaharlariga tashrif buyuradi va koʻplab televizion tanlovlarning laureati boʻladi[10]. Onasining bir vaqtning oʻzida ishlashga va qizini musobaqalarga kuzatib borishga imkoni boʻlmagani uchun ishdan boʻshash majbur boʻladi. Maksimova musiqa maktabining fortepiano sinfini tamomlagan.
Faoliyati
tahrirYelena Maksimova bolaligidanoq qoʻshiqchi boʻlishni orzu qilgan boʻlsa-da, ota-onasi qizining taʼlim olishiga jiddiy qarashar, shu sababli Yelena oʻqishni tugatgandan soʻng Sevastopol davlat universitetining chet tillar fakultetiga hujjatlarni topshiradi. Ammo oʻrta maktabni tugatgach, oʻzining orzusini amalga oshirishga qaror qildi va GITISga, yaʼni uning Qoradengiz filialiga oʻqishga kiradi va bu yerda uch yil oʻqiydi. Ularning kursi Rossiya Qora dengiz floti tarkibiga kiruvchi Dengizchilar klubi teatrida joylashgan. Bu yerda uni flot shtab-kvartirasi orkestrining dirijyori payqab qoladi va uni Qora dengiz floti orkestrining yakkaxoni boʻlishga taklif qiladi. Ular „Kerch“ kemasida suzishgan. Bu qoʻshiqchiha katta qoʻshiq kuylash tajribasi olishga sabab boʻladi, chunki qoʻshiqchi tez-tez orkestr yirik tanlovlarda qatnashgan, 1998-yilda ushbu orkestr bilan Rossiya vakili sifatida Kanndagi Harbiy orkestrlar festivalida ishtirok etgan[11]. Shu bilan birga, qoʻshiqchi „Yalta-Moskva-Tranzit“ deb nomlangan festivalning gʻolibi ham boʻlgan[12].
2004-yilda „We Will Rock You“ myuzikilining ruscha spektaklida ishtirok etish uchun Yelena Maksimova 1000 dan ortiq nomzodlardan ustun kelib, kastingdan oʻtishga muvaffaq boʻladi. Queen gitarachisi Brian May esa unga murabbiy boʻladi[13]. Yosh vokalchi musiqachini tembri va talaffuzi bilan hayratda qoldiran. Brian Maydan keyin uning ikkinchi murabbiyi bas gitarist Danny Miranda boʻladi. Shuningdek, Miranda Maksimovaning boʻlajak albomidagi baʼzi qoʻshiqlarga basslar yozgan.
2006-yilda prodyuser Vyacheslav Tyurin yosh qoʻshiqchini „Non Stop“ guruhiga taklif qiladi[14]. Aynan shu yangi pop guruhining aʼzosi sifatida Maksimova 5 Stars musiqa festivalida ishtirok etadi[15][16].
2008-yilda qiz „New Wave“ yosh vokalchilar xalqaro tanlovining finalchisi boʻlib, finalda uzoq vaqt davomida internetda eng koʻp yuklab olingan kompozitsiyalardan biri „Krilya angela“ qoʻshigʻini ijro etadi. 2009-yilda REFLEX guruhining yakkaxonlaridan biriga aylandi[17] va bu guruhda deyarli ikki yil ishladi[18].
2009-yil mart oyida Moskvaning „Mir“ kontsert zalida bastakor Pavel Kashinning yangi loyihasi „Dekadans“ning premyerasi boʻlib oʻtdi, Yelena Maksimova ushbu guruhning ijrochisiga aylandi[19]. Ushbu loyiha doirasida Maksimova ingliz tilida 10 dan ortiq kompozitsiyalarni ijro etadi.
2012-yilda Maksimova shved mualliflari tomonidan yozilgan „Brave“ qoʻshigʻi bilan Eurovison 2012 tanlovining milliy saralash bosqichi ishtirokchisi aylanib, finalga chiqadi[20].
Siyosiy qarashlari
tahrir2022-yilda Yelena Maksimova Rossiyaning Ukrainaga hujumini qoʻllab-quvvatlaydi[21], Ukrainaga bostirib kirishda davolanayotgan jangchilar uchun kasalxonada konsert beradi[22].
Televizion loyihalarda ishtirok etishi
tahrir2013-yilda Yelena Maksimova The Voice shousining 2-mavsumi uchun " Run to You " qoʻshigʻini ijro etib, keyingi bosqichga oʻtadi. Oʻziga murabbiy sifatida Leonid Agutinni tanlaydi. Maksimova tanlovning yarim finaliga chiqadi va unda The Beatles guruhing Back in the U. S.S.R kaver shaklini ijro etadi[23].
Oʻsha yili Birinchi kanal uni Toch-v-toch transformatsion shousining ikkinchi mavsumiga taklif qiladi[24][25], shouda Maksimova 15 dan ortiq obrazlarda tomoshabinlar oldida paydo boʻladi. Ular orasida Black or White qoʻshigʻi bilan Maykl Jekson qiyofasida[26], My Heart Will Go On qoʻshigʻi bilan Celine Dion qiyofasida chiqish ham qilgan
2016-yilda Toch-vtoch. Supersezon shousida ham ishtirok etib, 2017-yil 22-yanvarda boʻlib oʻtgan finalda Maksimova eng yuqori ball (299) toʻplagan holda gʻolib boʻladi[27]. Shouning yakuniy qismida Maksimova tomoshabinlar oldida Zemfira qiyofasida paydo boʻldi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Певица из Севастополя Елена Максимова участвует в российском проекте «Голос» в команде Леонида Агутина“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „Участница проекта «Голос» Елена Максимова: В шоу-бизнесе я не содержанка“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „День города Москва на ВДНХ. Ведущие Елена Максимова и Глеб Матвейчук. Первый Канал. Выпуск от 07.09.2019“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „Как сейчас выглядят солистки группы Reflex и Non stop“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „Елена Максимова слала победительницей проекта "Точь в точь"“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „Лена Максимова хочет выиграть путевку на «Евровидение» с лирической песней о любви“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „20 лет спустя: как сейчас выглядят и чем занимаются Нельсон, Малахова и другие солистки группы Reflex“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „Биография Елены Максимовой Woman,ru“. 2020-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „Участница проекта «Голос» Елена Максимова“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „Севастополь. Быть искренним и не сдаваться: Елена Максимова об альма-матер и секретах успеха“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ Festival `Spasskaya bashnya`[sayt ishlamaydi]
- ↑ „YouTube. Певица Елена Максимова в Шоу "Вечерний Завтрак" (запись эфира 22.06.2015)“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „Участник шоу «Голос» в мюзикле We will rock you“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „Рефлекс и Ирина Нельсон - Селяви“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „Финалистки Всероссийского конкурса молодых исполнителей «Пять звезд-2006» группа «Non-Stop»“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „Non Stop - Я на всё согласна (5 звёзд), 2006“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.
- ↑ „Елена Максимова простилась с «Reflex»“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „Елена Максимова завершила свою карьеру в REFLEX“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „Елена Максимова и Павел Кашин проект «Декаданс»“. 2020-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „Лена Максимова начнет с "Евровидения" сольную карьеру“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „Из Севастополя с любовью: «От сердца к сердцу» для бойцов СВО звучат слова поддержки“ (ru). https://a4.news. 2023-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-may.
- ↑ Ирина Елагина. „Елена Максимова поддержала концертом участников специальной военной операции“ (ru). Телеканал «Звезда» (2022-yil 17-avgust). 2023-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-may.
- ↑ „Елена Максимова. «Back in USSR». Голос-2. Полуфинал. Фрагмент выпуска от 20.12.2013“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „Участница проекта Точь в Точь Елена Максимова. Первый канал“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „Певица Елена Максимова упала со сцены на съемках нового сезона шоу «Точь-в-точь»“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „«Точь-в-точь». То ли девочка, а то ли виденье“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ „«Точь-в-точь. Суперсезон»: Елена Максимова стала победительницей“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.