Yelena Nerazik
Yelena Yevdokimovna Nerazik (1927- yil 17-noyabrda tugʻilgan; Vitebsk, Belarus SSR, SSSR) – arxeolog, tarixchi, sharqshunos, tarix fanlari doktori[1], SSSR Fanlar akademiyasining Etnologiya va antropologiya instituti ilmiy xodimi.
Yelena Yevdokimovna Nerazik | |
---|---|
Tavalludi |
17-noyabr 1927-yil Vitebsk, Belorus |
Istiqomat joylari | SSSR, Rossiya |
Fuqaroligi |
SSSR Rossiya |
Kasbi | Arxeolog, sharqshunos |
Sohasi | arxeologiya, sharqshunoslik |
Ish joylari | SSSR Fanlar akademiyasining Etnologiya va antropologiya instituti |
Taʼlimi | Moskva davlat universiteti (1930) |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrirYelena Yevdokimovna Nerazik 1927-yilda Belarussiyaning Vitebsk shahrida tugʻilgan. 1945-yilda M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining tarix fakultetiga oʻqishga kiradi. 1950-yilda universitetni tugatgach, aspiranturaga oʻqishni davom ettiradi. Yelena Nerazik 1954-yilda „Afrigidskie pamyatniki Drevnego Xorezma“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi himoya qiladi. Nerazik 1954-yildan – N. N. Mikluxo-Maklay nomidagi SSSR Fanlar akademiyasi Etnografiya instituti ilmiy xodimi. 1969-yildan – katta ilmiy xodim. 20-asrning 50-yillaridan boshlab Nerazik S. P. Tolstov boshchiligida Janubiy Orolboʻyining oʻrta asr yodgorliklarini (shahar va qishloq aholi punktlari) oʻrgangan. Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi tarkibida ilk oʻrta asrlar aholi punktlari boʻyicha mutaxassis sifatida ishlagan[2]. Yakka Porson yodgorligini oʻrgangan[3].
1978-yilda „Selskoe jiliщe v Xorezme (I—XIV vv.): Iz istorii jiliщa i semi“ (1976) tadqiqoti orqali doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1990-yilda u YuNESKO medali bilan taqdirlangan.
Ilmiy faoliyati
tahrirYelena Nerazik tadqiqotning asosiy ob’ekti arxeolog va tarixchi sifatida ilk oʻrta asrlar davridagi Xorazmi, uning arxeologik yodgorliklari, ularni rekonstruksiya qilish, 4—8-asrlarda Xorazm jamiyatining iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tuzilishini oʻrganish edi.
Ushbu masalaga nomzodlik dissertatsiyasi va monografiyasi bagʻishlangan boʻlib, unda „Selskie poseleniya afrigidskogo Xorezma“ (1966) mavzusi yuzasidan tadqiqot olib boradi. Bu tadqiqotlar Xorazm tarixidagi afrigʻiylar sulolasi davriga bagʻishlangan. Bu davrda eski qadimiy shaharlar allaqachon yemirilib, yangi aristokratiya qal’alari yonida yangi shahar posyolkalari endigina shakllana boshlagan edi. Yelena Nerazik oʻtish davridagi, yaʼni, antik davrdan oʻrta asrlar va feodalizm muammolarini eramizning 7-8-asrlaridagi turar-joy va diniy binolar, Burgut qal’a vohasidagi aholi punktlari, misolida koʻrib chiqadi.
„Formirovanie rannesrednevekovogo obshestva v nizovyax Amudari“ (2013) monografiyasi Nerazikning avvalgi asarlarining aksariyatini umumlashtirishdir.
Manbalar
tahrir- ↑ „Елена Евдокимовна Неразик“. orientalstudies.ru. Qaraldi: 16-oktabr 2023-yil.
- ↑ Аржанцева И. А.. Хорезм. История открытий и исследований. по материалам архивов Хорезмской экспедиции 1937—1959 гг. Этнографический альбом, Ульяновск, 2016.
- ↑ Miliband S. D. Неразик Елена Евдокимовна. In: Востоковеды России. XX—XXI вв, 24, «Восточная литература» РАН, Moskau 2008.