Yelimli birikma
Yelimli birikma - mashina detallari, qurilish konstruksiyalari, mebellar, yengil sanoat buyumlari va b.ning yelim yordamida tayyorlanadigan ajralmas birikmalari. Ye. b. turli xil materiallarni mahkamlashga imkon beradi. Poʻlat, alyuminiy, jez, tekstolit, getinaks, shisha, faner, yogʻoch, gazlama, plastmassa, rezina va b. materiallardan buyumlar tayyorlashda Ye. b. foydalaniladi. Jihozlarni yigʻish va inshootlarni qurishda Ye. b. payvandlash, parchinlash va b. usullarning oʻrnini qoplashi mumkin. Siljishga yoki bir tekis uzilishga duchor boʻladigan birikmalarda Ye. b. usuli qoʻllanadi. Ye. b. choki juda mustahkam boʻlib chiqadi. Mas, plastmassalarning yelimlangan choki mustahkamligi material mustahkamligidan ham yuqori boʻladi, lekin Ye. b. uzoqqa chidamaydi. Ye. b. uchun duradgorlik yelimlari, universal (hammabop) yelimlar, organik va anorganik yelimlar ishlatiladi (qarang Yelim).[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |