Yelin
Yelin (uber) — urgʻochi hayvonlarning sut bezlari. Choʻchqalarda yakka-yakka, boshqa chorva mollarida tashqi tomondan umumlashgan, ammo ichki tomondan pardalar bilan ajralgan. Sigirlarda toʻrt, qoʻy va echkilarda ikki pallali va shuncha soʻrgʻichli boʻladi. Har qaysi sut bezi qon tomirlari, nerv, yogʻ toʻqimalari va bezli parenximalardan iborat. Soʻrgʻich kanallarini xalqasimon mushak toʻqima berkitib turadi. Ye. terisi mayin jun bilan qoplangan. Ye. hajmi, shakli, uzunligi va kengligi boʻyicha baholanadi. Kosasimon Ye.li sigirlar mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Massaj qilish orqali Ye.ni rivojlantirish mumkin (Ye.da sut hosil boʻlishi haqida Sut, Sogʻim davri; Ye. kasalliklari haqida Mastit maqolalariga q.). [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |