Yelizaveta Ivanovna Dmitriyeva (1887-yil 12-aprel, Sankt-Peterburg — 1928-yil 5-dekabr, Toshkent) – rus shoirasi, dramaturg, Cherubina de Gabriac taxallusi bilan mashhur.

Yelizaveta Ivanovna Dmitriyeva
Tavalludi 12-aprel 1887-yil
Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Vafoti 5-dekabr 1928-yil(1928-12-05)
(41 yoshda)[1]
Toshkent, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi Shoira

Hayoti tahrir

Yelizaveta Dmitriyeva 1887-yil 12-aprelda zodagonlar oilasida tugʻilgan. Otasi Ivan Vasilyevich Dmitriev xattotlikdan dars bergan (taxminan 1857—1901), sildan erta vafot etgan. Yelizavetaning katta akasi Valerian (1880-1965) dengiz zobiti, Port-Artur mudofaasida, Rus-yapon urushida qatnashgan. Singlisi Antonina (taxminan 1883—1908) oʻqituvchi boʻlgan. Yetti yoshdan oʻn olti yoshgacha Yelizaveta otasi kabi kasallikdan aziyat chekdi, toʻshakka mixlanib qoldi va umrining oxirigacha choʻloq boʻlib qoldi. 1904-yilda Vasileostrovskaya gimnaziyasini oltin medal bilan, 1908-yilda esa Imperator ayollar pedagogika institutini ikki mutaxassislik: oʻrta asrlar tarixi va fransuz oʻrta asr adabiyoti boʻyicha tamomlagan. Shu bilan birga, u Sankt-Peterburg davlat universitetida ispan adabiyoti va eski fransuz tili boʻyicha maʼruzalarda qatnashdi, soʻngra Sorbonnada qisqa muddat tahsil oldi. Sorbonnadaligida Nikolay Gumilyov bilan tanishgan.

Sankt-Peterburgga qaytgach, u Petrovskaya ayollar gimnaziyasida rus adabiyotidan dars berdi, teosofik jurnallarda ispan sheʼriyatidan tarjimalarni (Avliyo Tereza va boshqalar ijodi) nashr etdi[2].

"Cherubina de Gabriac" tahrir

1909-yil yozi Yelizaveta Dmitriyeva vaqtini Koktebelda, Voloshinning yozgi uyida oʻtkazdi. U yerda u oʻziga yangi taxallus oʻylab topdi. Voloshin uni qoʻllab-quvvatladi.

„Cherubina de Gabriac“ dindor katolik boʻlgan, 1877-yilda tugʻilgan va monastirda tarbiya olgan. Uning har bir harakatini kechayu kunduz iezuit rohiblari kuzatib turgan. Shuning uchun u odamlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qila olmagan[3]. 1909-yil 1-sentyabrda Yelizaveta Dmitriyeva „Cherubina de Gabriac“ taxallusi bilan imzolangan sheʼrlar toʻplamini „Apollon“ jurnalining noshiri Sergey Makovskiyga yubordi.

1926-yilning kuzida Dmitriyeva „Eʼtirof“ kitobini yozgan.

Xuddi shu yili rus antroposoflariga qarshi repressiyalar boshlandi.

1927-yilda Dmitriyevaning uyida tintuv oʻtkazildi, uning barcha kitoblari va arxivlari musodara qilindi va shoiraning oʻzi uch yilga Toshkentga yuborildi.

1927-yildan Toshkentda yashagan. U sheʼr yozishni davom ettirdi.

Toshkentda jigar saratonidan vafot etgan. U Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Asarlarining nashrlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. „2022. 5 декабря. Елизавета Дмитриева“. www.proza.ru. Qaraldi: 14-noyabr 2023-yil.
  2. „Портретная галерея Дмитрия Быкова в журнале «Дилетант»“. www.limonow.de. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  3. В письмах Маковскому Черубина неоднократно сообщала о своём решении уйти в монастырь и «выйти замуж за одного еврея», то есть стать Христовой невестой.

Havolalar tahrir