Yengil atletika 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida – erkaklar oʻrtasida 200 metrga yugurish

2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida 200 metrga yugurish bahslari 2024-yilning 5–8-avgust kunlari Fransiyaning Parij shahrida joylashgan Stade de France stadionida toʻrt turda boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqalar Yozgi Olimpiada oʻyinlari dasturidan 29-marotaba oʻrin oldi. Jami 48 nafar sportchi ushbu musobaqalarga yoʻllanmalarni va reyting natijalariga koʻra oʻyinlarda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Erkaklar oʻrtasida 200 metrga yugurish
Olimpiada oʻyinlari da
ArenaStade de France, Parij, Fransiya[1]
Sanalar
  • 5-avgust 2024-yil (saralash)
  • 6-avgust 2024-yil (takroriy tur)
  • 7-avgust 2024-yil (yarim final)
  • 8-avgust 2024-yil (final)
Gʻalaba vaqti19.46 WL
Medalchilar
1st Letsile Tebogo  Botsvana
2nd Kenneth Bednarek  AQSh
3rd Noah Lyles  AQSh
← 2020
2028 →

Umumiy maʼlumot

tahrir

Bundan avvalgi Olimpiadada ketma-ket 6 ta oʻrinni egallagan barcha sportchilar Parij Olimpiadasida ishtirok etdi. Jumladan, ketma-ket 3 ta jahon chempionatida gʻalaba qozongan sportchi, 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sohibi Noah Lyles ushbu musobaqa favoriti boʻldi. Amaldagi chempion Andre De Grasse 2016 va 2019-yilgi jahon chempionatlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan edi. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari kumush medali sohibi Kenny Bednarek ham 2022-yilda Lylecdan keyin 2-oʻrinni egallagan edi, ammo 2023-yilda 5-oʻringa qolib ketdi. 2021-yilda 4-oʻrinni egallagan, hozirda 20 yoshda boʻlishiga qaramay, ancha tajribali boʻlgan sportchi, 2022-yilda 3, 2023-yilda 2-oʻrinni egallagan atlet Erriyon Knighton ham musobaqalarda ishtirok etdi. Sportchi nafaqat 200 metrga yugurishda, balki 2023-yilda 100 metrga yugurish bahslarida ham gʻalaba qozondi. Parij Olimpiadasida esa atlet oʻzining eng yuqori natijasini qayd etdi. 2021-yilgi musobaqada 5-oʻrinni egallagan Jozeph Fahnbulleh bu musobaqada start chizigʻidan yomon chiqdi. 2023-yilda oʻtkazilgan yengil atletika musobaqasi bronza medali sohibi Letsile Tebogo marraga juda qisqa masofalar qolganda Lylesdan oʻzib ketishga va gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi. 400 metrga yugurish boʻyicha jahon rekordchisi va 2016-yilgi Olimpiya chempioni Wayde van Niekerk esa oʻyinlarga XOQ tomonidan berilgan maxsus wild card orqali ishtirok etdi.

Birinchi yarim finalda Bednarek masofani 20.00 soniyada bemalol bosib oʻtdi, Alexander Ogando esa De Grasseni quvib oʻtdi. Ikkinchi yarim finalda esa Tebogo Lylesni 19,96 soniya bilan magʻlub etdi. Knighton va Fahnbulleh 3-oʻrinni egallagan boʻlsa, van Niekerk soʻnggi oʻrinda qolib ketdi. Umumiy qayd etilgan vaqt koʻrsatkichlariga koʻra saralash bosqichidan oʻtgan har ikkala sportchilar ham Zimbabvedan Tapiwanashe Makarawu va Makanakaishe Charambalar edi[2].

Finalda eng tez startdan chiqqan sportchi Tebogo boʻldi, Lyles esa undan 0,1 soniyaga ortda qoldi. Bednarek Tebogo ustidan 0,05 soniya oldinga chiqib olish uchun aylanma boʻylab harakatlandi. Bednarek va Tebogo aylanma yoʻlak boʻylab toʻgʻridan-toʻgʻri yonma-yon kirib bordi, Lyles esa ulardan biroz orqada qoldi. Shundan keyin Tebogo tezlikni oshirdi. Finish chizigʻiga yetib borgunga qadar Lylesning tezligi tushib ketdi. Sportchi 3-oʻrinni egallash uchun Knighton bilan raqobat olib bordi. Ushbu musobaqada 2, 3 va 4-oʻrin sohiblari avvalgi Olimpiada oʻyinlarida ham aynan shu oʻrinlarni egallagan edi, biroq 1-oʻrin sohibi bu safar Tebogoga nasib qildi[3].

Tebogo Afrikaning yangi rekordini oʻrnatib, mintaqa tarixida eng yaxs eng yaxshi natijalarni qayd etgan beshinchi sportchiga aylandi. Shuningdek, Bednarek va Lyles Olimpiya tarixidagi 200 metrga yugurish bahslarida eng tez natija koʻrsatgan kuchli oʻntaligiga kiruvchi natijalarni qayd etdi[4].

Musobaqadan soʻng Lyles yoʻlakda yiqilib qoldi va uni nogironlar aravachasida olib ketishdi. Keyinchalik, ikki kun oldin COVID-19 uchun topshirgan analizlari ijobiy chiqqanligi maʼlum boʻldi. Bu esa sportchining natijalariga salbiy taʼsir oʻtkazmay qolmadi[5]. Keyinchalik Lyles 4x100 va 4x400 metga estafeta poygalarida qatnashmasligini maʼlum qildi[6].

Tavsifi

tahrir

Erkaklar oʻrtasida 200 metrga yugurish bahslari 1900-yildan beri Yozgi Olimpiya oʻyinlarining yengil atletika dasturidan oʻrin olib kelmoqda. Amaldagi Olimpiya chempioni esa kanadalik Andre De Grasse hisoblanadi.

2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan oldingi jahon rekordlari
Rekord Atlet (mamlakat) Vaqt (soniya) Manzil Sana
Jahon rekordi   Usain Bolt (JAM) 19.19[7] Berlin, Germaniya 20-avgust 2009
Olimpiya rekordi 19.30 Pekin, Xitoy 20-avgust 2008
Jahon yetakchisi   Noah Lyles (USA) 19.53[8] Eugene, AQSh 29-iyun 2024
2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan oldingi hudud rekordlari[9]
Hudud rekordlari Atlet (mamlakat) Vaqt (s)
Africa (records)   Letsile Tebogo (BOT) 19.50
Asia (records)   Xie Zhenye (CHN) 19.88
Europe (records)   Pietro Mennea (ITA) 19.72
North, Central America

and Caribbean (records)

  Usain Bolt (JAM) 19.19 WR
Oceania (records)   Peter Norman (AUS) 20.06
South America (records)   Alonso Edward (PAN) 19.81

Saralash

tahrir

Erkaklar oʻrtasida 200 metrga yugurish boʻyicha saralash musobaqalari 2023-yilning 1-iyulidan 2024-yilning 30-iyuniga qadar oʻtkazilgan[10]. Jami 48 nafar sportchi, jumladan, Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritish uchun shart boʻlgan 20.16 soniya yoki undan tezroq natijani qayd etgan, jahon reytingida yuqori oʻrinda turuvchi, har bir mamlakatda koʻpi bilan 3 nafar sportchi Parij Olimpiadasida ishtirok etdi[10].

Natijalar

tahrir

Saralash bahslari

tahrir

Saralash musobaqalari 5-avgust kuni kechki soat 19:55 da (UTC+2) boshlandi[1].

Saralash 1

tahrir
Reyting Yoʻlak Atlet Mamlakat Vaqt Izohlar
1 4 Joseph Fahnbulleh   Liberiya 20.20 Q
2 9 Eseosa Desalu   Italiya 20.26 Q
3 3 Wayde van Niekerk   Janubiy Afrika 20.42 Q
4 7 Ryan Zeze   Fransiya 20.49
5 8 Felix Svensson   Shveysariya 20.54 (.534)
6 2 Cheickna Traore   Kot-dʼIvuar 20.54 (.536)
7 5 Calab Law   Avstraliya 20.75
8 6 Albert Komański   Polsha 20.77
Shamol: +0.1 m/s

[11]

Saralash 2

tahrir
Reyting Yoʻlak Atlet Mamlakat Vaqt Izohlar
1 3 Tarsis Orogot   Uganda 20.32 Q
2 9 Wanya McCoy   Bagama orollari 20.35 Q
3 6 Renan Gallina   Braziliya 20.41 Q
4 7 Andrew Hudson   Yamayka 20.53
5 2 Udodi Onwuzurike   Nigeriya 20.55
6 8 César Almirón   Paragvay 20.87
7 4 Tomáš Němejc   Chexiya Respublikasi 21.03
5 José González   Dominikana Respublikasi DNS
Shamol: −0.1 m/s

[12]

Saralash 3

tahrir
Reyting Yoʻlak Atlet Mamlakat Vaqt Izohlar
1 3 Letsile Tebogo   Botsvana 20.10 Q
2 4 Makanakaishe Charamba   Zimbabve 20.27 Q
3 8 Filippo Tortu   Italiya 20.29 Q
4 2 Brendon Rodney   Kanada 20.30 SB
5 5 Timothé Mumenthaler   Shveysariya 20.63
6 7 Koki Ueyama   Yaponiya 20.84
7 6 Benjamin Richardson   Janubiy Afrika 51.86 jarohat olgan[13]
Shamol: −0.1 m/s

[14]

Saralash 4

tahrir
Reyting Yoʻlak Atlet Mamlakat Vaqt Izohlar
1 3 Kenneth Bednarek   AQSh 19.96 Q
2 5 Alexander Ogando   Dominikana Respublikasi 20.04 Q
3 2 Joshua Hartmann   Germaniya 20.30 Q
4 7 Diego Pettorossi   Italiya 20.63
5 4 Shota Iizuka   Yaponiya 20.67
6 6 Ondřej Macík   Chexiya Respublikasi 21.04
8 Zharnel Hughes   Buyuk Britaniya DNS
Shamol: +0.2 m/s

[15]

Saralash 5

tahrir
Reyting Yoʻlak Atlet Mamlakat Vaqt Izohlar
1 4 Erriyon Knighton   AQSh 19.99 Q
2 3 Tapiwanashe Makarawu   Zimbabve 20.07 Q
3 7 Shaun Maswanganyi   Janubiy Afrika 20.20 Q
4 2 Aaron Brown   Kanada 20.36
5 9 Ian Kerr   Bagama orollari 20.53
6 6 Pablo Mateo   Fransiya 20.58
7 8 Erik Erlandsson   Shvetsiya 20.65
8 5 Eduard Kubelík   Chexiya Respublikasi 21.14
Shamol: +0.2 m/s

[16]

Saralash 6

tahrir
Reyting Yoʻlak Atlet Mamlakat Vaqt Izohlar
1 6 Noah Lyles   AQSh 20.19 Q
2 7 Andre De Grasse   Kanada 20.30 Q
3 4 Towa Uzawa   Yaponiya 20.33 Q
4 5 Bryan Levell   Yamayka 20.47
5 2 Blessing Afrifah   Isroil 20.78
6 8 Chun-Han Yang   Xitoy Taypeyi 20.83
7 3 William Reais   Shveysariya 20.92
Shamol: +0.1 m/s

[17]

Takroriy tur

tahrir

Takroriy tur 6-avgust kuni kunduzgi soat 12:30 da (UTC+2) boshlandi[18].

Saralash 1

tahrir
Reyting Yoʻlak Atlet Mamlakat Vaqt Izohlar
1 6 Udodi Onwuzurike   Nigeriya 20.51 Q
2 8 Diego Pettorossi   Italiya 20.53
3 5 Timothé Mumenthaler   Shveysariya 20.67
4 7 Shota Iizuka   Yaponiya 20.72
5 4 Ondřej Macík   Chexiya Respublikasi 21.14
3 Cheickna Traore   Kot-dʼIvuar DNS
Shamol: +1.0 m/s

[19]

Saralash 2

tahrir
Reyting Yoʻlak Atlet Mamlakat Vaqt Izohlar
1 4 Brendon Rodney   Kanada 20.42 Q
2 5 Bryan Levell   Yamayka 20.47 q
3 8 Pablo Mateo   Fransiya 20.57
4 6 Koki Ueyama   Yaponiya 20.92
3 César Almirón   Paragvay DQ TR 17.3.3
7 Calab Law   Avstraliya DNS
Shamol: +0.6 m/s

[20]

Saralash 3

tahrir
Reyting Yoʻlak Atlet Mamlakat Vaqt Izohlar
1 7 Ryan Zeze   Fransiya 20.40 Q
2 4 Aaron Brown   Kanada 20.42 q
3 6 Chun-Han Yang   Xitoy Taypeyi 20.73
4 3 Blessing Afrifah   Isroil 20.88
5 2 Albert Komański   Polsha 20.90
6 8 Eduard Kubelík   Chexiya Respublikasi 21.20
5 William Reais   Shveysariya DNS
Shamol: 0.0 m/s

[21]

Heat 4

tahrir
Reyting Yoʻlak Atlet Mamlakat Vaqt Izohlar
1 6 Erik Erlandsson   Shvetsiya 20.49 Q, PB
2 7 Andrew Hudson   Yamayka 20.55
3 8 Ian Kerr   Bagama orollari 20.60
4 5 Felix Svensson   Shveysariya 20.65
5 3 Tomáš Němejc   Chexiya Respublikasi 20.84
4 Benjamin Richardson   Janubiy Afrika DNS
Shamol: +0.3 m/s

[22]

Yarim final bahslari

tahrir

Yarim final 7-avgust kuni kechki soat 20:02 da (UTC+2) oʻtkazildi[23].

1-yarim final

tahrir
Reyting Yoʻlak Atlet Mamlakat Vaqt Izohlar
1 7 Kenneth Bednarek   AQSh 20.00 Q
2 8 Alexander Ogando   Dominikana Respublikasi 20.09 Q
3 5 Andre De Grasse   Kanada 20.41
4 4 Shaun Maswanganyi   Janubiy Afrika 20.42
5 9 Wanya McCoy   Bagama orollari 20.61
6 6 Tarsis Gracious Orogot   Uganda 20.64
7 3 Ryan Zeze   Fransiya 20.81
8 2 Bryan Levell   Yamayka 20.93
Shamol: −0.1 m/s

[24]

2-yarim final

tahrir
Reyting Yoʻlak Atlet Mamlakat Vaqt Izohlar
1 8 Letsile Tebogo   Botsvana 19.96 Q
2 6 Noah Lyles   AQSh 20.08 Q
3 4 Makanakaishe Charamba   Zimbabve 20.31 q
4 7 Eseosa Fostine Desalu   Italiya 20.37
5 5 Joshua Hartmann   Germaniya 20.47
6 9 Towa Uzawa   Yaponiya 20.54
7 3 Aaron Brown   Kanada 20.57
8 2 Erik Erlandsson   Shvetsiya 20.93
Shamol: −0.2 m/s

[25]

3-yarim final

tahrir
Reyting Yoʻlak Atlet Mamlakat Vaqt Izohlar
1 8 Erriyon Knighton   AQSh 20.09 Q
2 6 Joseph Fahnbulleh   Liberiya 20.12 Q
3 7 Tapiwanashe Makarawu   Zimbabve 20.16 q
4 5 Filippo Tortu   Italiya 20.54
5 3 Brendon Rodney   Kanada 20.59
6 9 Renan Correa   Braziliya 20.60
7 2 Udodi Chudi Onwuzurike   Nigeriya 20.72 (.717)
7 4 Wayde van Niekerk   Janubiy Afrika 20.72 (.717)
Shamol: −0.6 m/s

[26]

Final bahslari 8-avgust kuni kechki soat 20:30 da (UTC+2) oʻtkazildi[27].

Reyting Yoʻlak Atlet Mamlakat Vaqt Izohlar
  7 Letsile Tebogo   Botsvana 19.46 AR, WL
  8 Kenneth Bednarek   AQSh 19.62
  5 Noah Lyles   AQSh 19.70 TR7.1[C]
4 6 Erriyon Knighton   AQSh 19.99
5 4 Alexander Ogando   Dominikana Respublikasi 20.02
6 2 Tapiwanashe Makarawu   Zimbabve 20.10
7 9 Joseph Fahnbulleh   Liberiya 20.15
8 3 Makanakaishe Charamba   Zimbabve 20.53
Source:[28] Shamol: +0.4 m/s

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 "Paris 2024 – Olympic Schedule – Athletics", Olympics.com. Retrieved 29 June 2024.
  2. „Men's 200m - Semi-Final results“. Olympics (2024-yil 7-avgust). Qaraldi: 2024-yil 8-avgust.
  3. „Men's 200m - Final race analysis“. Olympics (2024-yil 8-avgust). Qaraldi: 2024-yil 8-avgust.
  4. „Men's 200m“.
  5. Murray, Ewan. „'I do have Covid': Noah Lyles reveals positive test after taking 200m bronze“. The Guardian (2024-yil 8-avgust). Qaraldi: 2024-yil 9-avgust.
  6. „Noah Lyles: Paris 2024 Olympics sprint double bid wrecked by Covid-19“. BBC Sport (2024-yil 8-avgust). Qaraldi: 2024-yil 9-avgust.
  7. "All time Top lists – Senior – 200 Metres men", World Athletics, 29 June 2024. Retrieved 29 June 2024.
  8. "Season Top Lists – Senior 2024 – 200 Metres men", World Athletics, 2024. Retrieved 29 June 2024.
  9. „Records – 200 Metres men“. World Athletics (2024-yil 3-iyul). Qaraldi: 2024-yil 3-iyul.
  10. 10,0 10,1 Sean McAlister, „How to qualify for athletics at Paris 2024. The Olympics qualification system explained“, Olympics.com, 20 December 2022. Retrieved 29 June 2024.
  11. „Men's 200m - Round 1 - Heat 1/6 results“. Olympics (2024-yil 5-avgust). Qaraldi: 2024-yil 5-avgust.
  12. „Men's 200m - Round 1 - Heat 2/6 results“. Olympics (2024-yil 5-avgust). Qaraldi: 2024-yil 5-avgust.
  13. Isaacson, David. „Benjamin Richardson withdraws from 200m, but no word on fitness for relay“. TimesLIVE (2024-yil 6-avgust). Qaraldi: 2024-yil 12-avgust.
  14. „Men's 200m - Round 1 - Heat 3/6 results“. Olympics (2024-yil 5-avgust). Qaraldi: 2024-yil 5-avgust.
  15. „Men's 200m - Round 1 - Heat 4/6 results“. Olympics (2024-yil 5-avgust). Qaraldi: 2024-yil 5-avgust.
  16. „Men's 200m - Round 1 - Heat 5/6 results“. Olympics (2024-yil 5-avgust). Qaraldi: 2024-yil 5-avgust.
  17. „Men's 200m - Round 1 - Heat 5/6 results“. Olympics (2024-yil 5-avgust). Qaraldi: 2024-yil 5-avgust.
  18. "Paris 2024 – Olympic Schedule – Athletics", Olympics.com. Retrieved 29 June 2024.
  19. „Men's 200m - Repechage - Heat 1/4 results“. Olympics (2024-yil 6-avgust). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  20. „Men's 200m - Repechage - Heat 2/4 results“. Olympics (2024-yil 6-avgust). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  21. „Men's 200m - Repechage - Heat 3/4 results“. Olympics (2024-yil 6-avgust). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  22. „Men's 200m - Repechage - Heat 4/4 results“. Olympics (2024-yil 6-avgust). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  23. "Paris 2024 – Olympic Schedule – Athletics", Olympics.com. Retrieved 29 June 2024.
  24. „Men's 200m - Semi-Final 1/3 results“. Olympics (2024-yil 7-avgust). Qaraldi: 2024-yil 7-avgust.
  25. „Men's 200m - Semi-Final 2/3 results“. Olympics (2024-yil 7-avgust). Qaraldi: 2024-yil 7-avgust.
  26. „Men's 200m - Semi-Final 3/3 results“. Olympics (2024-yil 7-avgust). Qaraldi: 2024-yil 7-avgust.
  27. "Paris 2024 – Olympic Schedule – Athletics", Olympics.com. Retrieved 29 June 2024.
  28. „Men's 200m - Final results“. Olympics (2024-yil 8-avgust). Qaraldi: 2024-yil 8-avgust.