Usain St. Leo Bolt 1986-yil 21-avgustda tugʻilgan nafaqadagi yamaykalik sprinter boʻlib, u barcha davrlarning eng buyuk sprinteri hisoblanadi. U 100 metr, 200 metr va 4 × 100 metrga estafeta boʻyicha jahon rekordchisi hisoblanadi. Sakkiz karra Olimpiya oltin medali sohibi Bolt, ketma-ket uchta Olimpiyadada (2008-2012—2016-yillarda), Usain Bolt 100 m va 200 m masofaga yugurish boʻyicha Olimpiada chempioni unvonini qoʻlga kiritgan yagona sprinter hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, u ikkita 4 × 100 estafetada yugurush orqali oltin medalini qoʻlga kiritgan. U 2008-yilgi Pekin Olimpiyadasida oʻzining ikki karra sprint boʻyicha jahon rekordidagi gʻalabasi tufayli Bolt dunyo miqyosida shuhrat qozondi.

Usain Bolt

Bolt 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 21-avgust 1986-yil (1986-08-21) (38 yosh)
Yamayka Sherwood Content,
Boʻyi 1.95 m[1]
Vazni 94 kg[2]
Sport
Qaysi sport Yengil atletika
Murabbiy(lar)i Glen Mills[3]

Usain Bolt 2009-yilda 100 m masofani 9,58 soniyada bosib oʻtgan — bu elektron vaqtni hisoblash boshlanganidan beri eng yaxshi natija hisoblanadi. Shu bilan birgalikda Usain Bolt ikki marta 200 metrga yugurish boʻyicha jahon rekordini yangiladi, 2008-yilda 200 m masofani 19.30 soniyada va 2009-yilda esa 19.19 soniyada bosib oʻtgan. U yamayka terma jamoasiga 4 × 100 metrga estafeta yugurish boʻyicha uchta jahon rekordini oʻrnatishga yordam berdi, hozirgi rekord 2012-yilda oʻrnatilgan boʻlib 36.84 soniyani tashkil etadi. Boltning eng muvaffaqiyatli musobaqasi 200 m masofaga yugurush uchta Olimpiya va toʻrtta jahon chempioni. 2008-yilgi Olimpiada uning 100 m dan oshiq xalqaro debyuti edi; U avvalroq 200 m masofada koʻplab medallarni qoʻlga kiritgan (jumladan, 2007-yilgi Jahon chempionati kumushi) va 2021-yilda Erriyon Knightondan oʻzib ketgunga qadar 20 yoshgacha va 18 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida jahon rekordlarini oʻrnatgan.

Uning sprinter sifatida erishgan yutuqlari unga OAVda „Chaqmoq“ laqabini berdi va uning mukofotlari orasida IAAF (xalqaro havaskor atletika federatsiyasi) tomonidan yilning eng yaxshi sportchisi mukofotini qoʻlga kiritdi shu bilan birgalikda Bolt yilning eng yaxshi yengil atletikachisi, BBC xorijdagi yilning eng yaxshi sport shaxsi mulofotini ham (uch marotaba) qoʻlga kiritdi. Yilning eng yaxshi sportchisi uchun Laureus World Sport mukofotiga (toʻrt marotaba) erishdi. Bolt Time jurnalining 2016-yilning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritilgan[4]. Bolt 2017-yilgi Jahon chempionatidan soʻng nafaqaga chiqishga qaror qildi, u oʻzining soʻnggi yakkaxon 100 m poygasida uchinchi oʻrinni egallaganidan soʻng 200 m masofaga yugurishni toʻxtatgan va shu yili 4 × 100 m estafetaning final bosqichida yugurayotga paytida jarohat olgan va shu bilan nafaqaga chiqdi.

Dastlabki yillar

tahrir

Bolt 1986-yil 21-avgustda Yamaykaning kichik shaharchasi boʻlmish Shervud Kontentda tugʻilgan. Uning ota-onasi Wellesley va Jennifer Bolt, oilada Boltning akasi Sadiki va Sherin isimli opasi bor[5][6]. Uning ota-onasi qishloqda mahalliy oziq-ovqat doʻkonini boshqargan va Bolt asosiy vaqtini akasi bilan koʻchada kriket va futbol oʻynab oʻtkazgan[7]. Boltning aytishicha yoshligida u sportdan boshqa hech narsa haqida oʻylamagan ekan. Bolaligida Bolt Valdensiya boshlangʻich maktabiga qatnagan va u yerda oʻzining sprint salohiyatini namoyon qila boshlagan. Oʻn ikki yoshida Bolt 100 metr masofaga maktabning eng tez yuguruvchisiga aylangan[8].

William Knibb Memorial oʻrta maktabiga kirganida ham Bolt eʼtiborini boshqa sport turlariga qaratishda davom etdi, ammo uning kriket murabbiyi Boltning maydondagi tezligini payqab, uni yengil atletika musobaqalarida oʻzini sinab koʻrishiga undadi[9]. Sobiq Olimpiya oʻyinlarining sprint sportchisi Pablo McNeil va Dueyn Jarrett Boltga murabbiylik qilishgan, Boltning murabbiylari uning kuchini sport qobiliyatini yaxshilashga qaratishga undashgan. 2001-yilda Bolt oʻzining birinchi medalini, har yili oʻtkaziladigan oʻrta maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan chempionatda qoʻlga kiritdi u bu musobaqada 200 metr masofaga yugurishda 22,04 soniya natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi. Tez orada McNeil uning asosiy murabbiyiga aylandi va ikkalasi ham ijobiy hamkorlik qilishdi.

Musobaqalaridagi natijalari

tahrir

Yamaykani oʻzining birinchi Karib dengizi mintaqaviy tadbirida vakillik qilgan Bolt 2001-yilgi CARIFTA oʻyinlarida 400 metrga yugurishda 48,28 soniya bilan eng yaxshi shaxsiy natijani koʻrsatdi va kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bolt 200 metr masofani 21,81 soniyada bosib oʻtib kumush medalga sazovor boʻldi[10].

U jahon sahnasiga ilk bor 2001-yilda Vengriyaning Debretsen shahrida boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga chiqdi ammo 200 m masofaga yugurishda Bolt final bosqichiga oʻta olmadi, shunga qaramasdan Bolt 200 metr masofaga 21,73 soniya bilan eng yaxshi shaxsiy natijasini qayd etdi[11]. Biroq, Bolt oʻsha onlarda ham yengil atletika sport turiga jiddiy eʼtibor bermadi, keyinchalik Bolt va uning murabbiyi CARIFTA oʻyinlariga yoʻl olishdi, u yerda Bolt 200 metr masofani 21,12 soniya va 400 metr masofani 47,33 soniyada bosib oʻtish orqali chempionlik rekordini oʻrnatdi. Biroz muddatdan soʻng Bolt Markaziy Amerika va Karib dengizi o‘smirlar chempionatida 200 metr masofaga 20,61 soniya va 400 metr masofa 47,12 soniya natija bilan rekord oʻrnatishda davom etdi[12].

Yangi murabbiy Fits Koulman rahbarligida Bolt 2004-yilda Bermudadagi CARIFTA oʻyinlaridan boshlab professionalga aylandi. Bolt 200 m masofani yigirma soniyadan kamroq vaqt ichida yugurgan birinchi oʻsmir sprinter boʻldi va 19,93 soniya bilan jahon rekordini oʻrnatdi[13]. Ketma-ket ikkinchi marta u 2004-yilgi CARIFTA oʻyinlarining eng zoʻr sportchisi uchun Ostin Sili kubogi bilan taqdirlandi[14]. May oyida tizzasidan olgan jarohati Boltning 2004-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashish imkoniyatini yoʻqqa chiqardi, ammo u baribir Yamayka olimpiya terma jamoasiga tanlangan edi[15]. Bolt 2004-yilgi Afina Olimpiadasida ishonch qatnashdi va Boltning oʻz yangi rekord oʻrnatdi. Biroq, unga oyogʻidagi jarohat toʻsqinlik qildi va 200 metrga yugurishning birinchi raundida 21,05 soniyalik natija bilan musobaqadan chiqdi[16]. Amerika kollejlari Usain boltga turli xil takliflar bilan chiqishgan Amerikada mashgʻulotlarga qatnashi uchun, AQSHda oʻqish uchun Boltga stipendiyalar (grand) ham taklif qilishdi, ammo Trelawny oʻsmiri oʻzining vatani Yamaykada qolishdan mamnun ekanligini aytib, barchasini rad etgan. Buning oʻrniga Bolt oʻzining professional mashgʻulot maydoni sifatida Yamayka Texnologiya Universitetining sport maydonini tanladi va havaskorlik yillarida unga yaxshi xizmat qilgan universitetning yengil atletika zalida qoldi[17].

2005-yilda Bolt uchun yangi murabbiy, Glen Mills mashgʻulotlarni oʻta boshladi. Shu tariqa Bolt yengil atletikaga jiddiy munosabat bildirdi. Mills Boltning salohiyatini tan oldi Bolt, Kim Kollinz va Dven Chambers kabi tajribali sprinterlar bilan hamkorlik qilib, yaqinlashib kelayotgan yengil atletika mavsumiga tayyorgarlik koʻrish uchun Mills bilan mashgʻulotlarni boshladi. Mashgʻulotlar yaxshi boshlandi va iyul oyida u 20,03 soniya yugurish bilan 200 m CAC chempionati rekordini yangiladi, soʻng Londonning Kristal Pelasida 200 metr masofaga 19,99 soniyda yugurish bilan 200 m mavsumdagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

 
Bolt 200 m masofagayugurishning yakuniy bosqichida Geydan orqada qolmoqda, 2007-yil

Manbalar

tahrir
  1. Thomas, Claire. „Built for speed: what makes Usain Bolt so fast?“ (26-iyul 2016-yil). 2016-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2016-yil.
  2. „Usain BOLT“. usainbolt.com. 19-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2015-yil.
  3. Thomas, Claire „Glen Mills: the man behind Usain Bolt's record-shattering career“. The Daily Telegraph (25-iyul 2016-yil). 11-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-yanvar 2019-yil.
  4. „Usain Bolt“. Time (inglizcha). 2016. Qaraldi: 2021-09-18.{{cite magazine}}: CS1 maint: url-status ()
  5. Foster, Anthony (24 November 2008). „Bolt tops them again (Wayback Machine saytida 12-dekabr 2013-yil sanasida arxivlangan)“. Jamaica Gleaner. Retrieved 3 February 2009.
  6. Helps, Horace. „Bolt's gold down to yam power, father says“. Reuters (16-avgust 2008-yil). 18-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-mart 2011-yil.
  7. Sinclair, Glenroy „Bolts bonded“. Jamaica Gleaner (15-avgust 2008-yil). 24-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2008-yil.
  8. Frater, Adrian „Bolt's Sherwood on 'gold alert'“. Jamaica Gleaner (5-avgust 2008-yil). 14-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2008-yil.
  9. Williams, Ollie. „Ten to watch: Usain Bolt“. BBC Sport (5-avgust 2008-yil). Qaraldi: 18-avgust 2008-yil.
  10. „Carifta Games (Under 17 boys)“. GBR Athletics. 17-sentabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-avgust 2008-yil.
  11. „Official Results – 200 metres – Men – semi-final“. IAAF (14-iyul 2001-yil). 16-sentabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-avgust 2008-yil.
  12. „Central American and Caribbean Junior Championships“. GBR Athletics. 19-sentabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-avgust 2008-yil.
  13. Longmore, Andrew. „9.69 – and Usain Bolt didn't even try“. The Times (16-avgust 2008-yil). 2012-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-avgust 2008-yil.
  14. „Bolt dashes to 19.93 – World Junior 200m record!“. IAAF (12-aprel 2004-yil). 28-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-fevral 2012-yil.
  15. „Jamaica names Bolt, Fenton to Olympic athletics team“. Caribbean Net News (4-iyul 2004-yil). 26-may 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2008-yil.
  16. „Usain Bolt IAAF profile“. IAAF. 18-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-avgust 2008-yil.
  17. Channer, Colin. „'Cool Runnings' Are Heating Up“. The Wall Street Journal (9-avgust 2008-yil). 12-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-avgust 2008-yil.