Yeni Kale mayogʻi (ukraincha: Єnіkalskiy mayak, ruscha: Yenikalskiy mayak) Qrimning sharqiy qismidagi Kerch boʻgʻozi sohilida joylashgan Yeni-Kale qal’asi yaqinidagi Fonar burunida joylashgan mayoq. Mayoq yaqinida Ikkinchi jahon urushi yillarida Kerch shahrini ozod qilish uchun bo`lgan jangda halok bo‘lgan askarlar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik o‘rnatilgan. Mayoqga eng yaqin aholi punkti Podmayachniy qishlog‘i.

Yeni Kale Lighthouse

Yeni Kale mayog‘i
Map
Joylashuvi Kerch
Qrim
Koordinatalar 45°23′08″N 36°38′20″E / 45.3856°N 36.6389°E / 45.3856; 36.6389
Minora
Material tosh minora
Balandligi 27m
Operator Gosgidrograf[1]

Tarixi

tahrir
 
Fonar burni

1820-yilda Azov dengizidan Kerch boʻgʻoziga suzib oʻtayotgan kemalarni yoʻnaltirish uchun Fonar burni choʻqqisida mayoq qurilgan. Yorugʻlik manbai sifatida yogʻ chiroqlaridan foydalanilgan. 1861-yilda esa kerosin chiroqlari bilan jihozlangan Fresnel linzalari oʻrnatilgan[2].

Ikkinchi jahon urushiga qadar Yeni Kale mayogʻi Qrimdagi eng qadimgi mayoq hisoblanar edi. 1941-yilda, urush paytida, qorovul Mixail Yegorov mayoq uskunalarini Taman qirgʻogʻiga koʻchirdi. 1942-yilning may oyida Fonar buruni hududida chekinayotgan Sovet Armiyasi bilan Natsistik Olmoniya oʻrtasida jang boʻlib oʻtdi. Aleksandr Filimonov sovet harbiy-dengiz kuchlarini boshqargan. Nemis tanklari mayoqga yaqinlashganda, qizil armiya tomonidan minoraga Chushka qoyasidan oʻq otish uchun buyruq berildi. Ushbu jangda minora vayron boʻldi va mayoqda qurshovda qolgan gidrograflar halok boʻldi. 1943-yilda mayoq xarobalariga vaqtinchalik chiroq oʻrnatildi. 1944-yil aprelda Kerch shahri nemis qoʻshinlaridan ozod etilgach, mayoq jihozlari qaytarildi[3].

Urushdan soʻng 1946-yilda vaqtinchalik yogʻoch minora qurib bitkazildi. 1953-yilda yogʻoch minora zamonaviy tosh minoraga aylantirildi va elektr mayoq oʻrnatildi. 1957-yilda Yenikalskiy mayogʻiga EMV-3 optik tizimi oʻrnatildi. 2002-yilda esa mayoq zamonaviy GLONASS-GPS tizimi bilan jihozlandi[4]. Mayoq yaqinida Rossiya chegara xizmatining texnik kuzatuv posti joylashgan.

Galeriya

tahrir

Manbalar

tahrir