Yer resurslari
Yer resurslari — xalq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish mumkin boʻlgan yerlar. Oʻzbekistonda Ye.r. tarkibiga foydalanib kelinayotgan yerlar va istiqbolda foydalanish mumkin bulgan yerlar kiradi (jadvalga q.). Yer resurslari maydoni va sifati jihatidan baholanadi. Yer resurslaridan foydalanish darajasini tahlil (qarang Yerdan foydalanish tahlili) etish va ularning samaradorligini aniqlash natijasida yer maydoni birligiga toʻgʻri keladigan yalpi va sof daromad, mehnat unumdorligi aniqlanadi hamda yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilar faoliyatiga baho beriladi.
OʻzRda Yer resurslari shartli ravishda quyidagi tartibda taqsimot qilingan: yer turlarining toifalari boʻyicha (qishloq xoʻjaligi; aholi yashash joylari; sanoat, transport, mudofaa, aloqa va b. maqsadlar uchun; oʻrmon xoʻjaligi, gidrotexnika va b. suv xoʻjalik inshootlari uchun; tabiat muhofazasi, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy ahamiyatga ega yerlar; zaxira yerlari); yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilar boʻyicha; Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha (yana q. Yer tarkibi).[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |