Yettixoʻja qoʻzgʻoloni - Qashqarda Ofoqxoʻja avlodlaridan yettita xoʻja (Kattaxontoʻra, Kichikxontoʻra, Valixontoʻra, Tavakkalxontoʻra va b.) rahbarligida manjur hokimlarining zulmiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon (184647). Bu qoʻzgʻolonga Tangritogʻ qirgʻizlari ham qatnashgan. Gʻalayonchilar 30 kunlik jangdan soʻng 1846 y.ning kuzida Qashqar sh.ni egallab, mustaqil hokimiyat oʻrnatdilar. Kattaxontoʻra Qashqar hokimi deb eʼlon qilindi. Xoʻjalar Qashqarda Qoʻqon xonligining idora tartibini qoʻlladilar, katta lavozimlarga Qoʻqondan kelgan shaxslarni tayinladilar. Ayrim beklarning mol-mulki musodara qilingan. Bu hol qoʻzgʻolonning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Yangi hokimiyatni Yorkent, Xoʻtan viloyatlari qoʻllabquvvatlamadi. Bundan foydalangan manjur qoʻshinlari xoʻjalar ustidan osonlik bilan gʻalaba qozondi (1847). Xoʻjalar bilan Qoʻqonga qochgan 20 ming kishining koʻpchiligi Tirak dovoni (Qashqar — Oʻsh yoʻli) dan oʻtishda sovuqdan halok boʻldi.

Adabiyot

tahrir
  • Valixanov Ch. Ch., Sobr. soch. [v 5ti t.], t.2, Alma-Ata, 1962.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil