Yevgeniy Kochnev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yevgeniy Gennadyevich Kochnev
Tavallud sanasi 3-dekabr 1992-yil (1992-12-03) (31 yosh)
Tavallud joyi Buxoro,
Oʻzbekiston
Boʻyi 1,77 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008 Mash’al Akademiya
2009 Mash’al (50)
2011—2015 Buxoro
2017 Nurafshon-Buxoro
2017 Shoʻrtan
2018 Tyurkisher Oldenburg
2018 Gokulam Kerala
2019—2020 Shoʻrtan
2020—2021 Utar Baridxara
2022 Buxoro
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Yevgeniy Gennadyevich Kochnev (1992-yil 3-dekabr, Buxoro) – oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi.

Futbolchilik faoliyati tahrir

2006—2008-yillarda „Mashal“ futbol klubi akademiyasi bitiruvchisi. 2009-yilda „Mash’al“ asosiy tarkibga oʻtib, yoshlar jamoasida 15 ta oʻyin oʻtkazdi. 2010-yilda birinchi ligada toʻp surgan „Buxoro“ klubiga oʻtdi. 2010-yilda klub Oʻzbekiston birinchi divizionida birinchi oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatiga chiqdi. 2015-yilda klubni tark etgan. 2015-yilgi mavsumda Muborakning „mash’al“ klubida oʻynagan[1].

Keyin birinchi ligadagi „Nurafshon“ klubiga oʻtib, 2017-yilgacha bir yarim yil shu klubda toʻp surdi.[2] 2017-yilgi mavsumning ikkinchi yarmini Oʻzbekiston oliy divizioni Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida oʻtkazdi. 2018-yilda u klubni tark etib, Hindistonning Gokulam Kerala klubi bilan shartnoma imzoladi[3].

2022-yilda kelishilgan oʻyinlardan ishtirok etganligi aniqlanib 3 yil muddatga futbolning harqanday faoliyatidan chetlatilgan[4].

Xalqaro oʻyinlar tahrir

2012-yilda Oʻzbekiston U-23 yoshlar terma jamoasi mashgʻulotlarida boʻlgan. Nepaldagi Osiyo saralash bosqichida oʻynagan. Guruhda ikkinchi oʻrinni egallab, Osiyo oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Shaxsiy hayot tahrir

Yevgeniy taniqli murabbiy Gennadiy Kochnevning farzandi hisoblanadi.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir