Evgeniya Sergeyevna Karimova ( 1989-yil 12-iyun, Oʻzbekiston SSR ) — oʻzbek taekvondochisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi. XXIX yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati va Osiyo o‘yinlari sovrindori.

Evgeniya Sergeyevna Karimova
Евгения Сергеевна Каримова
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 12-iyun 1989-yil (1989-06-12) (35 yosh)
Oʻzbekiston SSR
Faoliyat yillari 2005-2011
Sport
Qaysi sport Taekvondo
Sport mukofotlari
Osio o‘yinlari
Kumush Doʻha 2006 72kg ortiq
Bronza Guanchjou 2010 73kg ortiq
Osio chempionati
Kumush Ostona 2010 73kg ortiq

Sport faoliyati

tahrir

U 2005-yildan boshlab u xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshladi. Ostonadagi o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritadi. 2006-yilda Dohada (Qatar) o‘tkazilgan yozgi Osiyo o‘yinlarida 72 kg dan yuqori vazn toifasida u finalda ikki karra Olimpiya chempioni xitoylik Chen Chjunga imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo‘ladi[1].

2007-yilda Xoshimindagi (Vetnam) tayekvondo bo‘yicha Osiyo mintaqasi uchun saralash turnirida bronza medalini va Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. U taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida omadsiz chiqish qiladi va medallar uchun kurasha olmaydi. 2008-yilda Pekinda (Xitoy) o‘tkazilgan Yozgi Olimpiya o‘yinlarida 67 kg dan yuqori vazn toifasida u birinchi raundda Malayziya vakili Che Chyu Changa mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi chiqishini yakunlaydi[2]. 2009-yilda Kopengagenda (Daniya) bo‘lib o‘tgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida unga yana omad kulib boqmaydi[3] . Bangkokdagi (Tailand) jang san’ati bo‘yicha Osiyo o‘yinlarida esa kumush medal sohibasiga aylanadi[4] .

2010-yilda Guanchjoudagi (Xitoy) yozgi Osiyo o‘yinlarida 73 kg dan yuqori vazn toifasida yarim finalda xitoylik Lyu Ruiga imkoniyatni boy berib, bronza medaliga erishadi[5] . Ostonada (Qozog‘iston) o‘tkazilgan taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida 73 kilogrammdan yuqori vazn toifasida u finalda koreyalik taekvondochi Ox Xey Riga yutqazib, kumush medal oladi[6].

2011-yilda Yevgeniya 2012-yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlari saralash turnirida taekvondo bo‘yicha jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz chiqishidan so‘ng, ya’ni, 1/16 final borib mag‘lubiyatga yuz tutadi [7] va sport faoliyatini nihoyalaydi.

Manbalar

tahrir
  1. MasTKD. „Resultados del tercer día de los XVI Juegos Asiáticos“ (en-US). mastkd.com (2010-yil 19-noyabr). 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  2. „2008 Beijing Summer Olympics - Taekwondo | Athlete Profiles, Videos & Photos | NBC Olympics“. web.archive.org (2012-yil 15-avgust). 2012-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  3. „16 общекомандное место на ЧМ по таэквондо“ (ru). UzReport.news. 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  4. „Азиатские игры по боевым искусствам“ (ru-RU). Национальный олимпийский комитет Узбекистана. 2021-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  5. MasTKD. „Resultados del último día de los XVI Juegos Asiáticos“ (en-US). mastkd.com (2010-yil 20-noyabr). 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  6. „World Taekwondo“. www.worldtaekwondo.org. 2021-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  7. „Архивированная копия“. 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.